Oʻzbekiston 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Olimpiada oʻyinlarida
Oʻyinlarda foydalanilgan bayroq
XOQ kodi:UZB
MOQ:Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi
'
Sportsmenlar 3 ta 2 sport turlarida
Bayroqdor Oleg Shamayev
Medallar Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Hammasi
0
Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtiroki
1996  • 2000  • 2004  • 2008  • 2012  • 2016  • 2020 • 2024
Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtiroki
1994  • 1998  • 2002  • 2006  • 2010  • 2014  • 2018  • 2022 • 2026
Sh. qarang

Oʻzbekiston 2010-yil 12-28-fevral kunlari Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlariga delegatsiya yubordi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi beshinchi ishtiroki edi. Delegatsiya tarkibida uch nafar sportchi bor boʻlib, bular: togʻ changʻi sporti boʻyicha Kseniya Grigoreva va Oleg Shamayev, figurali uchish boʻyicha Anastasiya Gimazetdinova. Ushbu Olimpiadada oʻzbekistonlik ishtirokchilardan hech biri medal qoʻlga kirita olmadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng mustaqil davlat boʻldi va 1992-yilgi qishki va yozgi Olimpiada oʻyinlarida bir qancha sobiq ittifoq respublikalaridan tashkil topgan yagona terma jamoa tarkibida ishtirok etdi[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan va 1994-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridan boshlab Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida ishtirok eta boshlagan[2]. Mamlakat 1994-yildan beri har Yozgi va Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda[3]. Oʻzbekistonning yagona Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi medalini 1994-yili Norvegiyaning Lillexammer shahrida boʻlib oʻtgan changʻi sporti boʻyicha musobaqa ishtirokchisi Lina Cheryazova qoʻlga kiritgan[4]. Bu yilgi musobaqada Oleg Shamayev ochilish hamda yopilish marosimlarida bayroqdor etib tayinlangan edi[5][6].

Togʻ changʻi sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kseniya Grigoreva Vankuverdagi Olimpiadada qatnashganida 22 yoshda edi[4]. U ayollar oʻrtasida slalom va buyuk slalom boʻyicha, jami ikki yoʻnalishdagi musobaqada qatnashdi[7]. Yomon ob-havo tufayli 24-25-fevral kunlari boʻlib oʻtgan buyuk slalomda u 1 daqiqa 31 soniya natija qayd etdi[8], ertasi kuni esa 1 daqiqa 25 soniya natija qayd etib[9], umumiy hisobda 2 daqiqayu 57 soniya natija bilan ikkala urunishni yakunlagan 60 nafar ishtirokchi orasida 58-oʻrinni egalladi[10]. 26-fevral kuni u slalomning birinchi bosqichida yiqilib tushdi va musobaqaning birinchi bosqichini yakunlay olmadi[11].

Oʻsha paytda 27 yoshda boʻlgan Oleg Shamayev buyuk slalom va slalom musobaqalarida ishtirok etdi[12]. 23-fevral kuni boʻlib oʻtgan buyuk slalom musobaqasida Shamayev 1-urinishda 1 daqiqa 32 soniya, 2-urinishda 1 daqiqa 36 soniya natijani qayd etdi[13][14]. Va umumiy hisobda 3 daqiqa 8 soniya natija bilan musobaqaning ikkala bosqichini yakunlagan 81 nafar ishtirokchi orasida 77-oʻrinni egalladi[15]. 27-fevral kuni u slalomda qatnashib, 1-urinishda 57 soniya, 2-urinishda 1 daqiqa natijani qayd etdi[16][17]. Umumiy hisobda 1 daqiqa 57 soniya natija bilan 48 nafar ishtirokchi orasidan 42-oʻrinni egalladi[18].

Sportchi Musobaqa 1-urinish 2-urinish Umumiy Oʻrni
Kseniya Grigoreva Ayollar oʻrtasida slalom Yakunlanmagan
Ayollar oʻrtasida buyuk slalom 1:31.59 1:25.63 2:57.22 58
Oleg Shamayev Erkaklar oʻrtasida buyuk slalom 1:32.20 1:36.98 3:09.18 77
Ayollar oʻrtasida slalom 57.65 1:00.40 1:58.05 42

Figurali uchish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vankuverdagi Olimpiada paytida Anastasiya Gimazetdinova 29 yoshda boʻlib, ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida eng keksa ishtirokchi edi[19][4]. U, avvalroq, 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston nomidan qatnashib, qisqa dastur boʻyicha 29-oʻrinni egallagan va Olimpiada musobaqasining ikkinchi yoʻnalishi, erkin konkida uchish boʻyicha, qatnasha olmagan edi[20]. Vankuverda u qisqa dastur boʻyicha 49,02 ball bilan 24-oʻrin, yaʼni, oxirgi oʻrinni qoʻlga kiritdi[21]. Gimazetdinova erkin konkida 82,63 ball bilan bu raund hisobi boʻyicha 23-oʻrinni qoʻlga kiritdi[22]. Umumiy hisobda qisqa va erkin dasturlar boʻyicha 131,65 ball bilan 23-oʻrinni qoʻlga kiritdi[23].

Musobaqa Sportchilar Qisqa dastur Erkin dastur Jami
Natija Oʻrin Natija Oʻrin Natija Oʻrin
Ayollar oʻrtasida yakka holda figurali uchish Anastasiya Gimazetdinova 49.02 24 82.63 23 131,65 23

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mallon, Bill; Heijmans, Jeroen. Historical Dictionary of the Olympic Movement. Scarecrow Press, 2011 — 367 bet. ISBN 9780810875227. 
  2. „Uzbekistan – National Olympic Committee (NOC)“. International Olympic Committee. 2018-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  3. „Uzbekistan“. Sports Reference. 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Uzbekistan at the 2010 Vancouver Winter Games“. Sports Reference. 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  5. „Complete list of 2010 Vancouver Winter Olympic flag-bearers“. The Vancouver Sun (2010-yil 12-fevral). 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  6. „The Flagbearers for the Vancouver 2010 Closing Ceremony“. International Olympic Committee (2010-yil 28-fevral). 2010-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-aprel.
  7. „Kseniya Grigoryeva Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  8. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Women's Giant Slalom Run 1“. Sports Reference. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  9. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Women's Giant Slalom Run 2“. Sports Reference. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  10. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Women's Giant Slalom“. Sports Reference. 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  11. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Women's Slalom Run 1“. Sports Reference. 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  12. „Oleg Shamayev Bio, Stats, and Results“. Sports Reference. 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  13. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Men's Giant Slalom Run 1“. Sports Reference. 2018-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  14. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Men's Giant Slalom Run 2“. Sports Reference. 2018-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  15. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Men's Giant Slalom“. Sports Reference. 2018-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  16. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Men's Slalom Run 1“. Sports Reference. 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  17. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Men's Slalom Run 2“. Sports Reference. 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  18. „Alpine Skiing at the 2010 Vancouver Winter Games: Men's Slalom“. Sports Reference. 2018-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  19. Thomas, Katie. „Live Blog: Kim Yu-na Dominates Short Program“. The New York Times (2010-yil 23-fevral). Qaraldi: 2018-yil 13-may.
  20. „Anastasiya Gimazetdinova“. Sports Reference. 2017-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  21. „Figure Skating at the 2010 Vancouver Winter Games: Women's Singles Short Program“. Sports Reference. 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  22. „Figure Skating at the 2010 Vancouver Winter Games: Women's Singles Free Skating“. Sports Reference. 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.
  23. „XXI Olympic Winter Games 2010 – Ladies“. International Skating Union. 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-may.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]