Kontent qismiga oʻtish

Mirzo ota (Otamozor) qabristoni

Koordinatalari: 41°28′41″N 69°37′55″E / 41.47806°N 69.63194°E / 41.47806; 69.63194
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Otamozor qabristonidan yoʻnaltirildi)
Mirzo ota qabristoni
Joylashuv “Go‘zal” mahallasi, Yashnobod tumani, Toshkent
Turi Qabriston
Ochilish sanasi XVII-XVIII asrlar
Xarita
Map
Koordinatalari 41°28′41″N 69°37′55″E / 41.47806°N 69.63194°E / 41.47806; 69.63194

Mirzo ota qabristoni yoki Otamozor — Toshkent shahrining Yashnobod tumani „Go‘zal“ mahallasi hududida joylashgan qabriston[1].

Qabriston xalq orasida Otamozor nomi mashhur boʻlib, XVII-XVIII asrlarda tashkil topgan.

Qabristonning umumiy maydoni 21,40 gektarni tashkil qiladi va ushbu hududdagi katta qabriston hisoblanadi[1]. Qabristonga ikkita joydan kirish mumkin. Birinchisi qabristonning shimoliy qismidagi Goʻzal 5-tor koʻchasida joylashgan darvoza orqali[2]. Ikkichisi esa janub tomonida joylashgan darvoza orqali[3]. Bu yerga Ilgʻor Shoh koʻchasi orqali kirib kelinadi. Aynan shu koʻchada „Dorul Islom“ jomeʼ masjidi joylashgan.

Obodonlashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek Yashnobod tumanida joylashgan Joʻrabek qabristonini 2018—2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 946,5 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan[1].

Qabristonning gʻarbiy qismidagi „Olmos“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida Prezident Shavkat Mirziyoyevning „2017—2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qaroriga asosida umumiy maydoni 31.1 gektarni tashkil qiladigan 1440 ta xonadondan iborat 48 ta besh qavatli binolardan iborat turar joy mavzesi qurilgan[4][5]. Bu uylar harbiy shaharcha hisoblanib, mavzeda bolalar bog‘chasi, 339-maktab (1200 o'rinli), 67-sonli oilaviy poliklinika va boshqa ijtimoiy ob’ektlar mavjud[6][7][8].

Qabristonning janubiy qismida 20 ta 16 qavatli turar joy binolari qurilmoqda.