Kontent qismiga oʻtish

Foziljon Otaxonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Otaxonov Foziljon Xaydarovichdan yoʻnaltirildi)
Otaxonov Foziljon Xaydarovich
Отахонов Фозилжон Хайдарович

Rasmiy portret (2022)
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori
Mansab davri
2020-yil 30-iyul – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Xakimov Raxim Rasuljonovich
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisi
Mansab davri
2011-yildan – 2022-yilgacha
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Adliya vaziri
Mansab davri
2006-yildan – 2007-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mustafoyev Boʻritosh Mustafoyevich
Vorisi Muxitdinov Ravshan Abdulatifovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari
Mansab davri
2005-yildan – 2006-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori
Mansab davri
2005-yildan – 2006-yilgacha
Toshkent shahar xoʻjalik sudining raisi
Mansab davri
1997-yildan – 2004-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-aprel 1959-yil (1959-04-18) (65 yosh)
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani markazi Yaypan shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlim (aspirantura)
Kasbi
Faoliyati Institut direktori
Ilmiy unvoni Professor
Yuridik fanlar doktori
Mukofotlari
Vebsayti mediator.uz
Unvoni 1-darajali adliya maslahatchisi
1-malaka darajali sudya

Otaxonov Foziljon Xaydarovich – 1959-yil 18-aprelda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani markazi Yaypan shahrida tugʻilgan, oʻzbek huquqshunos olimi, “yuridik xizmat” fani asoschisi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori.

Oʻqish davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy-pedagogik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foziljon Otaxonov mehnat faoliyatini, shu jumladan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan uygʻun holda olib borgan. Jumladan:

  • 1982–1995-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Tayyorlash vazirligi (“Oʻzdonmahsulot”) Toshkent texnologiya texnikumi va Don mahsulotlari tizimi rahbarlari malakasini oshirish kursida oʻqituvchi;
  • 1992–2002-yillar – Toshkent davlat yuridik institutida oʻqituvchi, dotsent, 2002–2007-yillar – “Xoʻjalik va mehnat huquqi” kafedrasi mudiri;
  • 1996–2004-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida oʻqituvchi;
  • 2014–2018-yillar – M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent filialida kafedra dotsenti;
  • 2014–2021-yillar – Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish oʻquv kursi oʻqituvchisi;
  • 2019–2021-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti professori v.b.
  • 2017-yildan hozirga qadar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari mavzusida ma’ruzalar oʻqib, magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib keladi.
  • 2019-yildan hozirga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida mediatsiya va yuridik xizmat modullari boʻyicha dars berib kelmoqda.

Jamoatchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1996–2002-yillar – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti huzuridagi Yarashtirish va arbitraj sudi arbitri;
  • 1997–2002-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud-huquq tizimini isloh qilishga oid takliflar tayyorlash boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiya a’zosi;
  • 1997–2004-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Malaka hay’ati raisining oʻrinbosari, 1996–2017-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zosi;
  • 1998–2004-yillar – “Oʻzbekiston–Yaponiya” doʻstlik jamiyati a’zosi;
  • 1998–2008-yillar – “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” gazetasi, 2002–2004-yillar – “Huquq-Pravo-Law” hamda 2002–2007-yillar – “Xoʻjalik va huquq” jurnallari tahrir hay’atlari a’zosi;
  • 2004–2007-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zosi;
  • 2005–2007-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash a’zosi;
  • 2005–2007-yillar – “Falsafa va huquq” jurnali tahrir hay’ati a’zosi, 2006–2007-yillar – “Huquq va burch” jurnali tahrir kengashi a’zosi, 2006–2007-yillar – “Fuqarolik jamiyati” jurnali tahrir hay’ati a’zosi, bosh muharriri, 2010–2013-yillar “Arbitraj va huquq” gazetasi tahrir hay’ati a’zosi;
  • 2012–2018-yillar – “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi raisi;
  • 2013–2019-yillar – “Kapitalsugʻurta” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi raisi;
  • 2017–2019-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Apellyatsiya kengashi a’zosi;
  • 2017–2020-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi;
  • 2017-yildan hozirga qadar – “Demokratiya va inson huquqlari instituti” nodavlat notijorat tashkilotining tadbirkorlar huquqlari boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari, boshqaruv a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zosi;
  • 2018-yildan hozirga qadar – Qirgʻiziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro hakamlik sudi arbitri;
  • 2019-yildan hozirga qadar – Moldova Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi arbitri;
  • 2019–2020-yillar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi;
  • 2019–2021-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi;
  • 2020-yildan hozirga qadar – Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi, Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar a’zosi;
  • 2021-yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi raisi, “Qonunchilik muammolari axborotnomasi” davriy nashri bosh muharriri.

Ilmiy, oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-ommabop va publitsistik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 2 ta dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik, 4 ta yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) va 2 ta yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarga rasmiy opponentlik qilgan. Olimning 562 ta ilmiy, oʻquv, amaliy, uslubiy ishlari, ommabop maqolalari, shu jumladan 100 ta kitobi (monografiya, darslik, risola, oʻquv qoʻllanma, amaliy qoʻllanma, uslubiy dasturlar) chop etilgan. Turli jurnal, gazeta va internet nashrlarda 369 ta, xalqaro va respublika konferensiyalari materiallari toʻplamlarida 93 ta maqolasi oʻzbek, ingliz, rus, koreys, yapon, tojik, qoraqalpoq tillarida e’lon qilingan. U tomonidan 22 ta yuridik adabiyot (kitoblar, toʻplamlar)ga mas’ul muharrirlik qilingan, 19 ta yuridik adabiyotlarga taqriz berilgan.

Asosiy ilmiy, oʻquv ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1. Problemy yuridicheskoy slujby organov upravleniya Respubliki Uzbekistan. Monografiya. – Toshkent, “Adolat”, 1993-yil, – 174 b.).
  • 2. Xalq xoʻjaligida yuridik xizmat: talabnoma-da’vo ishlarini yuritish. – Toshkent, “Adolat’, 1997-yil, 200 b. (oʻzbek va rus tillarida)
  • 3. Kontraktatsiya shartnomalari: talabnoma va da’vo arizalari. – Toshkent, “Adolat”, 1998, – 224 b. (M.Abdusalomov bilan hammualliflikda).
  • 4. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik prosessual kodeksiga sharhlar // mualliflar jamoasi. – Toshkent, “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 002. – 416 b. (oʻzbek va rus tillarida)
  • 5. Xozyaystvennoye protsessualnoye pravo. Uchebnoye posobiye. – Toshkent, TDYI, 2003.– 264 b.
  • 6. Xoʻjalik (tadbirkorlik) huquqi. Darslik. – Toshkent, TDYI, 2003.– 435 b. (hammualliflikda) / Mas’ul muharrir Otaxonov F.X.
  • 7. Uchastiye advokata v xozyaystvennom protsesse. Uchebnoye posobiye. – Toshkent, TGYI, 2005. – 197 s.
  • 8. Sudebno-pravovaya reforma. – Toshkent, “Oʻzbekiston”, 2006. – 16 b.
  • 9. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmat. Darslik. – Toshkent, TDYI, 2006. – 279 b.
  • 10. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmat. Yuridik kollejlar uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO” nashriyot uyi, 2006. – 160 b.
  • 11. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmat – nazariy va amaliy muammolar. Monografiya. – Toshkent, “Adolat”, 2007. – 279 b.
  • 12. Advokatskaya deyatelnost v Respublike Uzbekistan. Uchebnik dlya studentov bakalavriata: V 2-x t. T. 2. – T.: “Konsauditinform-Nashr”, 2007. – Advokat i xozyaystvennoye sudoproizvodstvo // S. 72-137 (§1-9 gl. VIII).
  • 13. Oʻzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati. Darslik.: 2 jildlik. J. 2. – T.: “Konsauditinform-Nashr”, 2007. – 472 b. – 72-157 (YIII bob, 1-9-§.) Advokat va xo‘jalik sudida sud ishlarini yuritish // A.A.Aripjanov bilan hamkorlikda.
  • 14. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmat. Oliy yuridik o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik – 2-qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashr. – T.: “Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, 2007.– 192 b.
  • 15. Xo‘jalik (tadbirkorlik) huquqi. Darslik. – T.: TDYI, 2007. – 466 b. (Ibratov B.I., Nasriyev I.I., Burhanxo‘jayeva X.V. ba boshq.: Mas’ul muharrir: Otaxonov F.X.)
  • 16. Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga sharhlar // III bob. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni xoʻjalik sudida koʻrish. – B. 122-193), Mualliflar jamoasi: M.Azimov va boshq. – T.: “Sharq”, 2007. – 640 b. (oʻzbek va rus tillarida)
  • 17. Kommentariy k Zakonu Respubliki Uzbekistan “O bankrotstve” (glava III. Rassmotreniye del o bankrotstve v xozyaystvennom sude – S. 119-188. // avt.kollektiv: M.Azimov i dr. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2007. – 608 s. (na angliyskom i yaponskom yazykax)
  • 18. Yuridicheskaya slujba v Respublike Uzbekistan. Uchebnik. – T.: “Adolat”, 2008. – 308 s.
  • 19. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmat. Darslik. – T.: TDYI, 2008. 407 b. (Yuldasheva G. bilan hammualliflikda) /qoraqalpoq tilida/.
  • 20. Konstitutsionno-pravovaya otvetstvennost. – T.: Izd-vo Instituta filosofii i prava, 2008. – 40 s. (soavtor Fayziyev M.M.)
  • 21. Tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash muammolari. Monografiya. – T.: TDYI nashriyoti, 2010. (O.Oqyulov bilan hammualliflikda)
  • 22. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmat. Darslik. Qayta ishlangan va toʻldirilgan toʻrtinchi nashri. – T.: TDYI, 2010. – 312 b.
  • 23. Oʻzbekistonda lokal norma ijodkorligi. Monografiya. – T.: Falsafa va huquq instituti noshirlik boʻlimi, 2011. – 136 b. (D.Maqsudov bilan hammualliflikda).
  • 24. Xoʻjalik protsessual qonunchiligini takomillashtirish muammolari. Monografiya. Mas’ul muharrir: y.f.d., prof. O.Oqyulov. – T.: TDYI nashriyoti, 2011. – 177 b. (O.Oqyulov, X.Burxanxodjayeva, U.Doʻstov, B.Xodjayev, M.Xaitbayev bilan hammulliflikda)
  • 25. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning va inson taraqqiyoti prinsiplarini amalga oshirishning parlament tomonidan ta’minlanishi. Oʻzbekiston: Amaliy qoʻllanma. – T.: 2011. – 122 b. (I.Sobirov, S.Safayev, O.Oqilov, F.Kim, M.Tillabayev bilan hammualliflikda) /oʻzbek va rus tillarida/
  • 26. Xalqaro tijorat arbitraj sudi va yuridik shaxslarning lokal hujjatlari. – T.: Falsafa va huquq instituti, 2011. – 160 b.
  • 27. Ocherki istorii formirovaniya i razvitiya predprinimatelstva v Uzbekistane / Glava VII. Vozrojdeniye i razvitiye predprinimatelstva v period nezavizimosti (pravovye osnovy i gosudarstvennaya politika) – T.: 2011, 145 s. (S. 129-141)
  • 28. Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni: amaliy qoʻllanma – sharh va hujjatlar namunalari / F.X.Otaxonov, I.I.Tadjiyev, B.U.Pulatov, Z.A.Ergasheva. – T.: “Sharq”. 2013, – 928 b. (oʻzbek va rus tillarida)
  • 29. Shartnomalar, da’vo arizalari va hakamlik sudlari / Amaliy qoʻllanma / – T.: “Adolat”, 2016. – 440 b.
  • 30. Law and practice of international arbitraion in the CIS region. – Printed in the United Kindom.: Wolters Kluwer, 2017. – 650 b. – hammualiflikda (Oʻzbekistonga oid bobi A.Umirdinov bilan hamkorlikda).
  • 31. Tadbirkorlar huquqlari va yuridik xizmat / Amaliy qoʻllanma / – T.: “Adolat”, 2018. – 84 b.
  • 32. Tadbirkorlik (biznes) huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. (XI bob – F.Otaxonov) Mas’ul muharrir: y.f.n., dots. X.Azizov – T.: TDYU, 2018. – 296 b.
  • 33. Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik /Mas’ul muharrir y.f.d. Z.N.Esanova. – Toshkent: TDYU, 2019. – 524 b. (F.Otakhonov, O.Okyulov, E.Egamberdiyev, X.Azizov, M.Mamasiddiqov va boshqalar bilan hamkorlikda)
  • 34. Yuridik xizmatning nazariy-huquqiy muammolari. Monografiya / Mas’ul muharrir – y.f.d., prof. J.Toshqulov. – Toshkent: Yuristlar malakasini oshirish markazi, 2019. – 289 b.
  • 35. Tadbirkorlik (biznes) huquqi. Darslik. (qayta 2-nashr) Mualliflar jamoasi. (VI bob – F.Otaxonov) Mas’ul muharrir: X.Azizov. – T.: TDYU, 2019. – 268 b.
  • 36. Kommentariy k Zakonu Respubliki Uzbekistan “Ob obщyestvennom kontrole”. // IDiPCh, Tashkent, 2020, – 71 s. (soavtor Karimov D.A.).
  • 37. Davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda yuridik xizmat rolini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish: monografiya / F.Otaxonov. X.Fayziyev – Toshkent: “Tafakkur” MChJ. 2020. –144 b.
  • 38. Harakatlar strategiyasi Yangi Oʻzbekistonning mustahkam zamini / Strategiya deystviy – prochnaya osnova Novogo Uzbekistana // Maqolalar toʻplami. – T: Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti. 2022. – 280 b.
  • 39. Nizolarni muqobil hal qilish / Alternativnoye razresheniye sporov // Maqolalar toʻplami. – T: Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, 2022. – 338 b.

Xalqaro anjumanlardagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Latviya (1990 y.), Litva (1990 y.), Estoniya (1990 y.), Belarus (1990, 2000, 2016 y.y.), Germaniya (2002, 2007 y.y.), Rossiya (2004, 2019 y.y.), Yaponiya (2004, 2006, 2015 y.y.), Turkiya (2004, 2019 y.y.), Belgiya (2006 y.), Xitoy (2015 y.), Qirgʻiziston (2017, 2018 y.y.), Qozogʻiston (2018, 2019 y.y.), Moldova (2018 y.), Polsha (2019 y.), Ukraina (2019 y.), Armaniston (2019 y.), Singapur (2020 y.) kabi mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan. Shuningdek, Angliya, Niderlandiya, Fransiya, Misr va Janubiy Koreya davlatlarida xizmat safarida boʻlib, davlat konsernlari va uyushmalarini tashkil etishning huquqiy asoslari bilan tanishgan, huquq akademiyalari va institutlarining faoliyatini oʻrganib, tajriba almashgan.
  • Xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda “Oʻzbekistonda xoʻjalik sudlari tomonidan sud buyruqlari berish amaliyoti”, “Tadbirkorlik faoliyatidagi toʻsiqlarni bartaraf qilish masalalari”, “Xalqaro arbitrajlar hal qiluv qarorlarini ijro qilish muammolari”, “Oʻzbekistonda oʻlim jazosini bekor qilish va qamoqqa olish boʻyicha sanksiyalarni sudlar vakolatiga oʻtkazish masalalari”, “Oʻzbekistonning turizm sohasidagi salohiyati”, “Oʻzbekistonning zamonaviy huquqiy tizimida hakamlik muhokamasini takomillashtirishning dolzarb masalalari”, “Oʻzbekistonda xalqaro tijorat arbitrajini rivojlantirish istiqbollari”, “Oʻzbekistonda mediatsiyaning huquqiy asoslari va rivojlanish istiqbollari” kabi oʻnlab huquq sohasiga oid mavzularda ma’ruza qilgan.
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qoʻmitasining 26-majlisi va Bosh Assambleyasining 17-majlisida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining rahbari sifatida ishtirok etgan.

Ilmiy daraja, ilmiy va maxsus unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1992-yil – yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari yuridik xizmati muammolari” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan.
  • 1993-yil – yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
  • 2004-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Xoʻjalik va mehnat huquqi” kafedrasi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.
  • 2004-yil – sudyalarning Birinchi malaka darajasi berilgan.
  • 2019-yil – yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik xizmatning nazariy-huquqiy muammolari” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.
  • 2019-yil – yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasi berilgan.
  • 2020-yil – 1-darajali adliya maslahatchisi maxsus unvoni – martaba darajasi berilgan.
  • 2021-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Konstitutsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berilgan.

Davlat va boshqa mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 4 nafar farzandi, 5 nafar nabirasi bor.