Kontent qismiga oʻtish

PIRLS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Tadqiqot davriy ravishda – har besh yilda bir marta oʻtkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda oʻtkazilgan.

PIRLS 2016

PIRLS oʻqish taʼlimini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

  • global miqyosida taʼlim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;
  • yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan taʼlim siyosatining taʼsirini kuzatib borish;
  • taʼlimning zaif nuqtalarini belgilash va oʻquv islohotini amalga oshirish;
  • PIRLS maʼlumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali oʻqitish va oʻqishni takomillashtirish;
  • adolatlilikni kuzatish yoki qoʻshimcha sinflarda oʻquvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;
  • oʻqishni va oʻqitishni oʻrganish.

PIRLS loyihasi Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA – International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas’ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) maʼlumotlar markazida amalga oshiriladi.

Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Wayback Machine saytida 2022-06-30 sanasida arxivlangan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tadqiqot uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda taʼlim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS taʼrifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda maʼno hosil qila olish qobiliyati hamdir[1].

Tadqiqot doirasida asosiy eʼtibor tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan maʼlumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qoʻllay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.

Oʻquvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi boʻlib, maʼno yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali oʻqish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qoʻllaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda oʻquvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega boʻlishi mumkin. Bular anʼanaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli koʻrinishdagi yozma shakllarni ham oʻz ichiga oladi.

PIRLS tadqiqotida oʻquvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida oʻqishini ikki turi baholanadi:

  1. Oʻquvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida oʻqish;
  2. Maʼlumotni oʻzlashtirish va undan foydalanish maqsadida oʻqish.

Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni oʻqiyotganda oʻqish qobiliyatining toʻrtta guruhi baholanadi:

  • aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni topish;
  • xulosalarni shakllantirish;
  • maʼlumotlarni talqin va sintez qilish;
  • mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga koʻra, oʻrtacha 500 dan 800 tagacha, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi darajasi past boʻlgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta soʻzdan iborat boʻladi.

Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi oʻquvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos boʻlgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda oʻquvchiga unchalik tanish boʻlmaydi.

PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – Oʻquvchilar matnni yaxlit oʻzlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bogʻliq holda tushunadi. Muallifning gʻoyasini izohlashda oʻz fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.

Yuqori daraja (550 ball) – Oʻquvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib oʻz xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga eʼtibor qarata oladi.

Oʻrta daraja (475 ball) – Oʻquvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining baʼzi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan oʻz xulosalarini chiqaradi.

Quyi daraja (400 ball) – Oʻquvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson boʻlgan xabarni ajratib oladi.

Natijalarni baholash tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qoʻllanadi:

- javobni tanlash usulidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi toʻgʻri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- erkin javob berishg kerak boʻlgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.

Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qoʻllanadi.

Tadqiqot natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etgan[2]. Tadqiqotda 4-sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi baholangan.

Reyting Mamlakat Oʻrtacha
balli
1  Shvetsiya 561
2  Niderlandiya 554
3  Angliya 553
4  Bolgariya 550
5  Latviya 545
6  Kanada 544
7  Litva 543
7  Vengriya 543
9  AQSh 542
10  Italiya 541
11  Germaniya 539
12  Chexiya 537
13  Yangi Zelandiya 529
14  Shotlandiya 528
14  Singapur 528
14  Rossiya 528
14 Gonkong 528
18  Fransiya 525
19  Gretsiya 524
20  Slovakiya 518
21  Islandiya 512
21  Ruminiya 512
23  Isroil 509
24  Sloveniya 502
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
25  Norvegiya 499
26  Kipr Respublikasi 494
27 Moldova 492
28  Turkiya 449
29  Shimoliy Makedoniya 442
30  Kolumbiya 422
31  Argentina 420
32  Eron 414
33 Quvayt 396
34  Marokash 350
35  Beliz 327

PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etgan[3].

2006-yildagi tadqiqotda baholash testi toʻrtta jarayonni koʻrib chiqdi:

  • aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni olish
  • toʻgʻri xulosalar qilish
  • gʻoyalar va maʼlumotlarni talqin qilish va umumlashtirish
  • tarkib, til va matn elementlarini tekshirish va baholash
Reyting Mamlakat Oʻrtacha
ball
1  Rossiya 565
2 Gon Kong 564
3  Kanada (Alberta) 560
4  Singapur 558
4  Kanada (Britaniya Kolumbiyasi) 558
6  Lyuksemburg 557
7  Kanada (Ontario) 555
8  Italiya 551
8  Vengriya 551
10  Shvetsiya 549
11  Germaniya 548
12  Niderlandiya 547
12  Belgiya 547
12  Bolgariya 547
15  Daniya 546
16  Kanada (Yangi shotlandiya) 542
17  Latviya 541
18  AQSh 540
19  Angliya 539
20  Avstriya 538
21  Litva 537
22  Xitoy Taypeyi 535
23  Kanada (Kvebek) 533
24  Yangi Zelandiya 532
24  Slovakiya 532
26  Shotlandiya 527
27  Fransiya 522
27  Sloveniya 522
29  Polsha 519
30 Ispaniya 513
31  Isroil 512
32  Islandiya 511
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
33 Moldova 500
33  Belgiya (French) 500
35  Norvegiya 498
36  Ruminiya 489
37  Gruziya 471
38  Shimoliy Makedoniya 442
39 Trinidad va Tobago 436
40  Eron 421
41  Indoneziya 405
42  Qatar 353
43 Quvayt 330
44  Marokash 323
45 Janubiy Afrika 302

PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 oʻquvchi qatnashdi. Anʼanaga koʻra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning taʼlim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin oʻquvchilar qatnashgan[4].

2011-yil maʼlumotlariga koʻra Gonkong, Rossiya, Finlandiya va Singapurda oʻquvchilar oʻqishni yaxshi oʻzlashtiradilar. Ushbu davlatlarning toʻrtinchi sinf oʻquvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni koʻrsatdilar. Ushbu mamlakatlarning oʻrtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi toʻrt mamlakatning natijalaridan ancha past.

Reyting Mamlakat Oʻrtacha
ball
1 Gonkong 571
2  Rossiya 568
2  Finlandiya 568
4  Singapur 567
5 Shimoliy Irlandiya 558
6  AQSh 556
7  Daniya 554
8 Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 553
8  Xitoy Taypeyi 553
10  Irlandiya 552
10  Angliya 552
12  Kanada 548
13  Niderlandiya 546
14  Chexiya 545
15  Shvetsiya 542
16  Italiya 541
16  Germaniya 541
16  Isroil 541
16  Portugaliya 541
20  Vengriya 539
21  Slovakiya 535
22  Bolgariya 532
23  Yangi Zelandiya 531
24  Sloveniya 530
25  Avstriya 529
26  Litva 528
27  Avstraliya 527
28  Polsha 526
29  Fransiya 520
30 Ispaniya 513
31  Norvegiya 507
32  Belgiya (French) 506
33  Ruminiya 502
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
34  Gruziya 488
35  Malta 477
36 Trinidad 471
37  Ozarbayjon 462
38  Eron 457
39  Kolumbiya 448
40  Birlashgan Arab Amirliklari 439
41  Saudiya Arabistoni 430
42  Indoneziya 428
43  Qatar 425
44  Ummon 391
45  Marokash 310

PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildi[5]. Ushbu siklda ikkita qoʻshimcha tashabbus qoʻllandi:

1) PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllangan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi.

2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS – oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida maʼlumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar boʻyicha maktabga oʻxshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini oʻz ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn oʻqish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining onlayn oʻqish koʻrsatkichlarini PIRLS oʻqish yutuqlari shkalasidagi koʻrsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan[6][7]

PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga koʻra, oʻrtacha oʻqish darajasi eng yuqori boʻlgan oʻnta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridir[8].

Reyting Mamalakat Oʻrtacha
ball
1  Rossiya 581
2  Singapur 576
3 Gonkong 569
4  Irlandiya 567
5  Finlandiya 566
6  Polsha 565
6 Shimoliy Irlandiya 565
8  Norvegiya 559
8  Xitoy Taypeyi 559
8  Angliya 559
11  Latviya 558
12  Shvetsiya 555
13  Vengriya 554
14  Bolgariya 552
15  AQSh 549
16  Litva 548
16  Italiya 548
18  Daniya 547
19 Makao 546
20  Niderlandiya 545
21  Avstraliya 544
22  Chexiya 543
22  Kanada 543
24  Sloveniya 542
25  Avstriya 541
26  Germaniya 537
27  Qozogʻiston 536
28  Slovakiya 535
29  Isroil 530
30  Portugaliya 528
30 Ispaniya 528
32  Belgiya 525
33  Yangi Zelandiya 523
34  Fransiya 511
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
35  Belgiya (French) 497
36  Chili 494
37  Gruziya 488
38 Trinidad 479
39  Ozarbayjon 472
40  Malta 452
41  Birlashgan Arab Amirliklari 450
42  Bahrayn 446
43  Qatar 442
44  Saudiya Arabistoni 430
45  Eron 428
46  Ummon 418
47 Quvayt 393
48  Marokash 358
49  Misr 330
50 Janubiy Afrika 320
Reyting Mamalakat Oʻrtacha
ball
1  Singapur 587
2  Irlandiya 577
3 Gonkong 573
4  Rossiya 567
5  Shimoliy Irlandiya 566
6  Angliya 558
7 [[Shimoliy Irlandiya| Xorvatiya]] 557
8  Litva 552
9  Finlandiya 549
9  Polsha 549
11  AQSh 548
12  Xitoy Taypeyi 544
12  Shvetsiya 544
14  Bolgariya 540
14  Avstraliya 540
14  Chexiya 540
17  Vengriya 539
17  Daniya 539
17 [[Norvegiya| Norvegiya]] 539
20  Italiya 537
21  Makao 536
22  Avstriya 530
23  Slovakiya 529
24  Latviya 528
25  Niderlandiya 527
26  Germaniya 524
27  Yangi Zelandiya 521
27  Ispaniya 521
29  Portugaliya 520
29  Sloveniya 520
31 [[Malta| Malta]] 515
32  Fransiya 514
32  Serbiya 514
34  Albaniya 513
35  Kipr Respublikasi 511
35  Belgiya (flamand) 511
37  Isroil 510
38  Qozogʻiston 504
Oʻrtacha xalqaro koʻrsatkichlar 500
39  Turkiya 496
40  Gruziya 494
40  Belgiya (French) 494
42  Chernogoriya 487
43 [[Qatar| Qatar]] 485
44  Birlashgan Arab Amirliklari 483
45  Bahrayn 458
46  Saudiya Arabistoni 449
47  Shimoliy Makedoniya 442
48  Ozarbayjon 440
49  Oʻzbekiston 437
50  Ummon 429
51  Kosovo 421
52 [[Braziliya| Braziliya]] 419
53  Eron 413
54  Iordaniya 381
55 [[Misr| Misr]] 378
56 [[Marokash| Marokash]] 372
57 [[Janubiy Afrika Respublikasi| Janubiy Afrika]] 288

PIRLS 2021 tadqiqotida Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi oʻrin Irlandiya, uchinchi oʻrin Gonkong mamlakati yuqori oʻrinlarni egallagan. Maʼlumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-oʻrin, Qozogʻiston 38-oʻrin, Gruziya 41-oʻrin va Ozarbayjon 48-oʻrinlarni egallagan.[9]

  1. PIRLS xalqaro baholash dasturi
  2. PIRLS 2001 International Report
  3. PIRLS 2006 International Report
  4. PIRLS 2011 International Report
  5. PIRLS 2016
  6. [PIRLS 2016 natijalari]
  7. PIRLS 2016 oʻqish yutuqlari tendentsiyalari
  8. Oʻquvchilar natijalari haqida umumiy maʼlumot
  9. „PIRLS 2021 natijalari“.