Kontent qismiga oʻtish

Toʻrtkoʻl

Koordinatalari: 41°33′0″N 61°0′0″E / 41.55000°N 61.00000°E / 41.55000; 61.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Petroaleksandrovskdan yoʻnaltirildi)
Toʻrtkoʻl

qoraqalpoqcha: Tórtkúl
shahar
41°33′0″N 61°0′0″E / 41.55000°N 61.00000°E / 41.55000; 61.00000
Mamlakat Oʻzbekiston
Respublika Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Avvalgi nomlari Petroaleksandrovsk
Qachondan beri shahar 1873
Aholisi
 (2023)
224 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Toʻrtkoʻl xaritada
Toʻrtkoʻl
Toʻrtkoʻl
Toʻrtkoʻl xaritada
Toʻrtkoʻl
Toʻrtkoʻl

Toʻrtkoʻl (qoraqalpoqcha: Tórtkúl, oʻzbekcha: To‘rtko‘l, 1873—1918-yillarda Petro-Aleksandrovsk) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi shahar, tuman markazi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan shahar. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Toʻrtkoʻl (4 km). Aholisi – 224,7 ming kishi (2023).

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195910 500—    
197018 300+74.3%
197522 000+20.2%
199040 000+81.8%
199545 000+12.5%
200048 600+8.0%
201658 200+19.8%

Toʻrtkoʻl Amudaryoning oʻng sohilida oʻrnashib olgan mustamlakachi rus harbiylari tomonidan qadimgi Toʻrtkoʻl qishlogʻi oʻrnida 1873-yil 13-avgustda qalʼa sifatida barpo qilingan va rus podsholari sharafiga Petro-Aleksandrovsk deb nomlangan. Shahar qurish uchun xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz)ga qarashli yerlarning 3227 tanobi (Amudaryo sohilidan 12 chaqirim narida) tortib olingan. Shahar qatʼiy plan asosida toʻrtburchak (toʻrt gul – kvadrat) shaklida qurilgan (Toʻrtkoʻl nomi shundan). Mahalliy rivoyatlardan birida shahar nomi „Durgil“ forsiy „Durri gil“ – serhosil, oltin tuproq maʼnosida talqin etiladi. Shaharda rus harbiy qoʻshinlari joylashgan, strategik jihatidan qulay yerdagi bu shahar podsho Rossiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimining siyosiy-maʼmuriy va harbiy boshqarmasi qarorgohiga aylantirildi. 1920 yilda Petroaleksandrovsk Toʻrtkoʻl deb oʻzgartirildi.

1925-yildan Toʻrtkoʻl Qoraqalpogʻiston Muxtor viloyatining maʼmuriy markazi, 1932-yildan Qoraqalpogʻiston ASSRning birinchi poytaxti boʻldi. Daryo suvining qirgʻoqni yuvishi natijasida oʻng qirgʻoq yemirilib Amudaryo Toʻrtkoʻlga yaqinlashib kela boshladi. 1925-yilda Amudaryo Toʻrtkoʻldan 8 km uzoqlikda oqib oʻtgan boʻlsa, 1934-yilda suv shahardan atigi 500–800 m naridan oqib oʻta boshladi. 19381940-yillar mobaynida daryo qirgʻogʻining yuvilishiga qarshi olib borilgan choralarga qaramay shaharni suv yuvib ketdi va 1949-yilda shahar yangi joyga koʻchirildi. 1932-yilda Qoraqalpogʻiston ASSR poytaxti Toʻrtkoʻldan Nukusga koʻchirilgan.

Qadimda Qanqa shahri aholisi Janadaryo boʻylab hozirgi Toʻrtkoʻl hududi hududiga suzib oʻtgan boʻlish ehtimoli bor. Shu sababli mahalliy sheva (oʻzbekcha: шева) Xorazm xalqining boshqa shevalaridan farq qiladi.

Hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrtkoʻl iqtisodiy va madaniy jihatdan Qoraqalpogʻistonning rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda „Agromashtaʼmir“, paxta tozalash zavodi, „Toʻrtkoʻlteks“, „Toʻrtkoʻlyogʻ“, „Toʻrtkoʻlmoy“ qoʻshma korxonalari, temirbeton zavodi, „OsiyoToʻrtkoʻl“ korxonasi, 2 avtokorxona, Yonbosh suvqurilish, 1 qurilish boshqarmalari, 3 qurilish koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 3 MTP bor. Shuningdek, tuman hokimiyati binosi, supermarket, „Nihol“, „Navbahor“, „Zarafshon“, „Orom“ kafelari, „Yusupota“ choyxonasi, Tantanalar uyi, avtovokzal va temir yoʻl vokzali, madaniyat saroyi, „Yoshlik“ madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 uy-muzeyi, 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, markaziy maydonda „Mustaqillik“, „Motamsaro ona“, „Baynalminal jangchilarga“ yodgorliklari mavjud. 11 umumiy taʼlim, biznes, sanʼat maktablari va boshqa, sanatoriy, maktab-internat, tibbiyot, bank, qilshloq xoʻjalik maishiy xizmat, yengil sanoat kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Toʻrtkoʻlda Toshkent iqtisodiyot universitetining oʻquv konsultativ punkti ishlab turibdi.

Stadion (20 ming oʻrin), markaziy kasalxona (625 oʻrin), tez tibbiy yordam markazi boʻlimi, sil va teritanosil kasalliklari dispanserlari, bolalar va ayollar konsultatsiyasi, poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, „Doridarmon“ va boshqa dorixonalar mavjud. Toʻrtkoʻl respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Toshkent—Nukus yoʻnalishidagi poyezdlar Toʻrtkoʻl orqali oʻtadi. Havo transporti Toʻrtkoʻlni Nukus, Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlari bilan bogʻlaydi. Elektr energiyasi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan olinadi[1].

Hozirgi vaqtda Toʻrtkoʻl – Qoraqalpogʻistonning yirik shaharlaridan biri. 2010-yil yozida shaharda yirik oziq-ovqat-buyum bozori ochildi. Shahar oʻz TVsiga ega. Toʻrtkoʻl tumanida 6 ta kollej mavjud: Toʻrtkoʻl bank kolleji, Toʻrtkoʻl sanoat-pedagogika kolleji, Toʻrtkoʻl tibbiyot kolleji, Toʻrtkoʻl qishloq xoʻjalik kolleji, Toʻrtkoʻl sanoat-qurilish kolleji va Toʻrtkoʻl akademik litseyi.

Petroaleksandrovsk tuman shahrining gerbi Sirdaryo viloyatining boshqa gerblari qatori 1909-yil 21-aprelda tasdiqlangan. „Qora yerdagi qip-qizil qalqon ichida 3 ta minora va ochiq darvozali kumush qal’a devori, tepasida 3 ta uzum klasteri bor. Boshqa qismida Sirdaryo viloyati gerbi tasvirlangan“. Qalqon oltin uzum shoxlari bilan oʻralgan, Iskandar lentasi bilan bogʻlangan va kumush devor toji bilan qoplangan.

Ijtimoiy-iqtisodiy holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda Toʻrtkoʻl Qoraqalpogʻistonning yirik shaharlaridan biri hisoblanadi. Uning oʻz telekanali ham bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Kengashining 1994-yil 6-avgustdagi 304-sonli Qaroriga muvofiq Toshkent—Samarqand, Navoiy—Uchquduq, Miskin, Sultanmuztogʻ, Nukus temir yoʻli Amudaryo tomonlardan yurgizilib, uning qurilishi 2000-yili toʻliq tamomlanib foydalanishga topshirildi[2].

Shahar aeroporti 1999-yilgacha ishlagan. Aksariyat reyslar mamlakatimiz ichida Toshkent-Toʻrtkoʻl-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirildi. 1996-yilda temir yoʻl stansiyasi qurildi. 2010-yilning yozida yirik oziq-ovqat va kiyim-kechak bozori ochildi[3].

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xudayshukurov, Otajon (Otajon Xudoyshukurov) – oʻzbek xalq xonandasi, sozanda, shoir, bastakor va aktyor. U Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist (1967), Qoraqalpogʻiston xalq artisti (1969) mukofotlarini olgan.

Raxmanov, Sulton Saburovich – Sovet ogʻir atletikachisi, Yevropa chempioni, jahon chempioni, Olimpiya chempioni. U SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1979) unvonini olgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ilmlar Akademiyasining akademigi M.K.Nurmuhammedov, Oʻzbekiston Respublikasi Ilmlar Akademiyasining xabarchi aʼzolari Ya.M.Dosumov va I.T.Sagʻitovlar, ilm-fan direktori Yuldash Jumabaev, ekonomika ilmlarining doktori Raxman Radjapov, meditsina ilmlarining doktorlari A.M.Xudaybergenov, Qaqaboy Amannepesov, texnika ilmlarining direktori Rafik Matchanov, qishloq xoʻjaligi ilmlarining kandidati Zaripbay Toxtabaev va tuman raislari boʻlgan Qalender Tayrovlar ham yetishib chiqqan.

Toʻrtkoʻl sovuq choʻl iqlimiga ega (Köppen iqlim tasnifi BWk). Iqlimi kontinental, quruq va issiq. Eng sovuq oy – yanvar, oʻrtacha harorat −25 °C (−13 °F) va eng issiq oy iyuldir, oʻrtacha harorat 45 °C (113 °F)[4][5].

Shaharda paxtani qayta ishlash, temir-beton, asfalt zavodlari va Nukus tibbiyot bilim yurtining tashqi uchastkasi mavjud.

„Qirq qiz“ kinoteatri, mehmonxona, restoran, gastronom, 20 ming kishilik stadion, toʻqimachilik fabrikasi, shahar kuranti, madaniyat saroyi, Toʻrtkoʻl beton zavodi, tipografiya, maktablar, bogʻchalar, shifoxona va turar joylar qurildi.

  1. O kraje turkmenami imuщestva karakalpakov (usl.) (Wayback Machine saytida 2009-09-17 sanasida arxivlangan) Pismo nachalnika Amu-Darinskogo otdela Turkestanskogo voennogo okruga Xanu Xivinskomu. 28 noyabrya 1874 goda, № 3579.
  2. К.Қунназаров. Бес қала. Теңиздиң әтирапы елим. Нөкис. 2010.
  3. O vozdelivanii vodki v Xive (usl.) (Wayback Machine saytida 2009-02-11 sanasida arxivlangan). Pismo nachalnika Amu-Darinskogo otdela Turkestanskogo voennogo okruga Xanu Xivinskomu. 4 noyabrya 1874 goda, № 420.
  4. Maria Shahgedanova (2002) The physical geography of northern Eurasia, Volume 3 of Oxford regional environments, Oxford University Press, ISBN 0-19-823384-1 p. 269
  5. Robert E. Gabler et al. (2008) Physical Geography, ISBN 0-495-55506-1 p. 246