Kontent qismiga oʻtish

Prezident maktablari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Piimadan yoʻnaltirildi)

Prezident maktablari — Oʻzbekistonda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalari. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019—2021-yillarda tashkil etilgan 14 ta maxsus maktablar.

Prezident maktablarining roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida, Nukus shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida, Oʻzbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi toʻgʻrisida eʼlon qildi[16] va 4 oydan soʻng „Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qarorni imzoladi[17].

2019-yilning iyun oyida „Prezident maktablari toʻgʻrisida nizom“ tasdiqlanib[18], sentabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida“ Prezident farmoni eʼlon qilindi[19]. Prezidentning 2021-yilda imzolagan qaroriga muvofiq, agentlik nomi „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ga oʻzgartirildi[20].

Ilk Prezident maktablari 2019-yilda Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida oʻz faoliyatini boshladi[1]. Prezident maktablariga 2020-yilgi qabul imtihonlari COVID-19 pandemiyasi sababli kelgusi yilga qoldirildi[21]. 2021-yilda Qarshi[22], Samarqand[23], Andijon[24], Fargʻona[25], Termiz[26], Buxoro[27], Navoiy[28], Jizzax[29], Nurafshon[30] va Guliston[31] shaharlarida Prezident maktablari oʻz faoliyatini boshladi.

Qabul qilish tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi[32]. Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim[33].

Har bir alohida Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi[34]. Unga qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi[32]:

Hujjatlarni qabul qilish bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabul komissiyasiga oʻquvchining quyidagi hujjatlari elektron tarzda „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ sayti orqali onlayn topshiriladi: tugʻilganlik haqida guvohnoma (kinder pasport) nusxasi, tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi[sharh 1], 3x4 o'lchamdagi rasm[sharh 2], baholar tabelining nusxasi[sharh 3], oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasporti ma'lumotlari[32][35]. Agarda hujjatlarni topshirishda kamchiliklar kuzatilsa, ularni 48 soat ichida tuzatib, qayta joʻnatish talab etiladi[36].

Kirish imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident maktablariga kirish imtihonlarini oʻtkazish muddati va joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalar qoʻllangan holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish, talabgorlarga kirish imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar[34].

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich saralash imtihoni hisoblanib, matematika fanidan 30 ta test topshirigʻidan iborat. 2-bosqich tanqidiy fikrlash (16 ta masala), muammoni yechish boʻyicha (24 ta masala) va ingliz tilidan test savollaridan iborat[sharh 4][32].

Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi[34]. Oʻtgan yillarga tegishli boʻlgan baʼzi bir test namunalari „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytiga yuklab borilishi mumkin[37].

Nomzodlarning umumiy ballari boʻyicha roʻyxatini eʼlon qilish bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot „Cambridge Assessment“ tomonidan amalga oshiriladi[34].

Kirish imtihonlari (1—2 bosqich) natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.[34].

Talabgor oʻquvchi Prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy vakillari oʻquvchining Prezident maktablarida haftada 5 kun davomida internat shaklida taʼlim olishiga rozilik bildirishi talab etiladi[33].

Prezident maktablariga imtihon topshirib, kerakli ballni toʻplay olmagan, ammo yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olishni davom ettirishlari mumkin.

Bu toʻgʻrida turli yillarda quyidagilar

„Prezident ta’lim muassasalari agentligi“ axborot xizmati rahbari 2022-yilda ma’lum qilishicha Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi[38].

Oʻquv jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident maktablarida STEAM fanlar (Science-fan) matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter taʼlimi ingliz tilida olib boriladi[33].

Sharhlar
  1. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan hujjatning nusxasi
  2. Oʻquvchi rasmga soʻnggi 2 oy davomida tushgan boʻlishi kerak
  3. soʻnggi oʻquv yili natijalariga koʻra, baholar tabeli maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak
  4. Ingliz tilidan test savollarining soni „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida ochiqlanmagan
Manbalar
  1. 1,0 1,1 „Prezident maktablari“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. „Nukus shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  3. „Toshkent shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  4. „Namangan shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  5. „Xiva shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  6. „Andijon shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  7. „Fargʻona shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  8. „Nurafshon shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  9. „Guliston shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  10. „Jizzah shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  11. „Samarqand shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  12. „Qarshi shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  13. „Termiz shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  14. „Buhoro shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  15. „Navoiy shahridagi Prezident maktabi“. Portal.piima.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  16. „Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi“. President.uz (2018-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  17. „Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori“. President.uz (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  18. „Prezident maktablari toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori“. Lex.uz (2019-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  19. „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni“. President.uz (2019-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  20. „Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori“. Lex.uz (2019-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  21. „Prezident maktablariga bu yilgi qabul qoldirildi“. Uza.uz (2020-yil 17-iyun). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  22. „Bu hayotlaringizdagi birinchi eng katta gʻalabangiz — Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilar bilan suhbatlashdi“. Xs.uz (2021-yil 11-oktyabr). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  23. „Samarqandda Prezident maktabi foydalanishga topshirildi“. Xs.uz (2021-yil 18-oktyabr). 2023-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  24. „Andijonda Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi“. Xs.uz (2021-yil 28-oktyabr). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  25. „Fargʻonada Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi“. Xs.uz (2021-yil 29-oktyabr). 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  26. „Termizda Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi“. Xs.uz (2021-yil 1-noyabr). 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  27. „Bu dargohda ulugʻ ajdodlarimizning munosib vorislari kamol topadi“. Xs.uz (2021-yil 2-noyabr). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  28. „Navoiyda ham Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi“. Xs.uz (2021-yil 2-noyabr). 2023-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  29. „Jizzax shahrida Prezident maktabi ochildi“. Xs.uz (2021-yil 15-noyabr). 2023-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  30. „Nurafshon shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi“. Toshvil.uz (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  31. „Sirdaryoda Prezident maktabi ochildi“. Kun.uz (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  32. 32,0 32,1 32,2 32,3 „Prezident maktablariga qabul qilish tartibi“. Piima.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  33. 33,0 33,1 33,2 „Prezident maktabida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilarning baholari qaysi fanlardan aʼlo boʻlishi kerak?“. Uza.uz (2021-yil 24-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  34. 34,0 34,1 34,2 34,3 34,4 „Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkaziladi?“. Uza.uz (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  35. „Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish boʻyicha videoqoʻllanma“. Piima.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  36. „Hujjatlar namunasi“. Piima.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  37. „Test namunalari“. Piima.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  38. „Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi“. Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.