Qabaqli ota maqbarasi
Qabaqli ota maqbarasi | |
---|---|
Qabaqli ata maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy yodgorlik |
Turi | Maqbara |
Manzili | “Qorauzyak” ovuli, Qabaqli ata qabristoni |
Shahar | Qoraoʻzak tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 43°29′56″N 60°15′16″E / 43.49877508108713°N 60.25439035226014°E |
Qurilishi boshlangan | XVIII asr |
Qurilishi tugagan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Qabaqli ota maqbarasi (yoki Qabaqli ata maqbarasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumaniga qarashli „Qorauzyak“ OFY, Qabaqli ata qabristonida joylashgan tarixiy yodgorlik. Maqbara XVIII—XIX asrlarga tegishli boʻlib, hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].
Tarixi va etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadim zamonlarda Orol dengizi sohillari boʻyida yashagan turkiy qavmlarining muqaddas qabristonlaridan biri boʻlgan. „Qabaqli ota“ning asl ismi Sipatdin boʻlgani manbalarda qayd etilgan. Qabaqli ota bu hududlarga XVII asrning oxirlarida Turkiston tomonlardan kelgan shaxs boʻlgan. U islom dini targʻiboti bilan shugʻullangan maʼrifatchi ulamolardan biri hisoblanadi. Rivoyatlarda aytilishicha, Qabaqli ota yoʻl boʻylab juda katta suv toʻla qovoqni orqalab yurgan va choʻlda sayohat qilgan yoʻlovchilarga ulashgan. Shu sababdan ham mahalliy aholi uni keyinchalik „Qabaqli ota“ deb atay boshlagan. Qabaqli otaga tegishli ekanligi aytiladigan suv qovogʻining siniqlari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shu bilan bir qatorda turkmanlarning Qabaqli urugʻi ham mavjud boʻlib, XIX asrda Amudaryo qirgʻogʻida Qabaqli qoʻrgʻoni va mudofaa inshooti ham qurilgan. Oʻz zamonasining koʻplab ziyoli shaxslari, jumladan, Berdaqning ustozi Jiyen Jirov „Qabaqli ota“ qabristoniga dafn etilgan. Oʻzbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi olim Gʻayratdin Xoʻjaniyazov koʻplab ziyoratgohlar qatorida Qabaqli ota ziyorotgohining yoʻl koʻrsatgich xaritalarini tuzish kerakligini aytib oʻtgan[3][4].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „VATAN TARIXI“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.