Kontent qismiga oʻtish

Qiziloʻrda

Koordinatalari: 44°51′0″N 65°31′0″E / 44.85000°N 65.51667°E / 44.85000; 65.51667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qizilo‘rdadan yoʻnaltirildi)
Qiziloʻrda

Қызылорда
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
44°51′0″N 65°31′0″E / 44.85000°N 65.51667°E / 44.85000; 65.51667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Qizilo'rda Viloyati
Hukumat
 • Akim Jayimbetov Marxabat
Asos solingan 1820
Avvalgi nomlari Oq mechit, Perovsk
Maydon 240 km2 (93 kv mi)
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2012)
200 900
Milliy tarkib Qozoqlar - 90%
Ruslar - 5%
Koreyslar - 3,0%
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7242
Pochta indeks(lar)i 120000
Avtomobil kodi X
Qiziloʻrda xaritada
Qiziloʻrda
Qiziloʻrda

Qiziloʻrda (qozoqcha: Қызылорда) (1853-yilgacha Oqmachit, 1925-yilgacha Perovsk) — Qozogʻiston Respublikasidagi shahar, Qizil-oʻrda viloyati markazi. Sirdaryoning oʻng sohilida. Transport yoʻli stansiyayei. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Q. 1820-yillar-da Oqmachit nomi bilan Qoʻqon xonli-gining qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1853-yil iyulida Oqmachitni general V.A.Perovskiy boshchiligida rus qoʻshinlari bosib oldi va u Perov-skiy forti deb ataldi, keyinchalik Perovsk. deb nomlangan. 1917-yil gacha kichik maʼmuriy savdo markazi. 1926-yildan 1929-yilgacha Qozogʻiston poytax-ti boʻlgan. Muhim korxonalari: sel-lyuloza-karton, qurilish materiallari, uysozlik kombinatlari, poyabzal, tikuvchilik va trikotaj fabrikalari; oziq-ovqat sanoati korxonalari, pedagogika instituti, drama teatri, tarixiy-oʻlka-shunoslik muzeyi bor. Q.dan jan.-roqda sholipoyalarni sugʻorish maq-sadida Sirdaryoga toʻgʻon qurilgan. Sha-har atrofida yirik sholikor xoʻja-liklar joylashgan.

Qiziloʻda — shahar, Qiziloʻrda viloyatining markazi (1938-yildan buyon). Sirdaryo daryosining oʻng yoqasida joylashgan. Aholisi 201-ming kishi (2012). Shahar dengiz sathidan 126–130 m balandlikda joylashgan. Hududi 3683 ga. Shaharning 17,0 ga hududi temir yoʻllariga, 165 ga hududi avtomabil yoʻllariga, 19 ga hududi shahar bogʻlari va oromgohlarga tegishli.

Qizloʻrda shaharining tashkil topish tarixi qadimgi asosini yoʻqotmqy, faqat nomi bir necha marta oʻzgargani bilan (Oq mechit — 1818-yili, Perovsk — 1853-yili, qaytadan Oq mechit — 1922-yili, Qiziloʻrda — 1925-yili), har doim Sirqaryo yoqasining madaniy markazi boʻlib tashkil topdi.

Oq mechit 1818-yili Qo'qon xonligi davrida Sirdaryo qirgʻogʻida ilk bor tashkil topgan. Shahar ichkarsidagi oq gʻishtdan barpo etilgan mechitning rangiga atab Oq mechit deb atadi.

1853-yilga 28-iyulga Orenburg general-gubernatori V.A Perovskiy Sir qozoqlarini himolashni bahona qilib rus harbiylari bilan qal’ala bostirib kirib, qoʻqonliklarni qal’adan quvib chiqadi. Shahar nomi Perovsk boʻlib, 1867-yili u Sirdaryo uezining markaziga aylantiriladi.

1922—1925-yillari shahr nomi qaytadan Oq mechit boʻlib, 1925—1929-yillarda Qozogʻistonning poytaxti boʻladi. 1925-yili shaharga Qiziloʻrda nomi berildi.

Shahar aholisining koʻpchiligini qozoqlarlar tashkil qiladi. Qadimda bu shahar Qoʻqon xonligining tarkibida edi, shu vaqtda bu shahrda koʻpchilikni oʻzbeklar tashkil qilardi. Hozirgi kunda shahar aholisining milliy tarkibi: Qozoqlar — 90 %, Ruslar — 5 %, Koreyslar — 3 % qolganlarini Olmonlar, Chechenlar, Oʻzbeklar, Ukrainlar, Beloruslar, Ingushlar, Yunonlar tashkil etadi.[1]