Kontent qismiga oʻtish

Qoʻnayev

Koordinatalari: 43°53′0″N 77°05′0″E / 43.88333°N 77.08333°E / 43.88333; 77.08333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qopchigʻaydan yoʻnaltirildi)
Qoʻnayev

qoz. Қонаев
shahar
43°53′0″N 77°05′0″E / 43.88333°N 77.08333°E / 43.88333; 77.08333
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Almati viloyati
Hukumat
 • Akim Taubayev Naurizbay Asanbayevich
Asos solingan 1970
Avvalgi nomlari Novoiliysk
Qachondan beri shahar 1970
Markazi balandligi 480—600 m
Aholisi
 (2013)
43,348[1]
Milliy tarkib qozoqlar (58,21 %)
ruslar (32,82 %)
koreyslar (2,36 %)
ukrainlar (1,32 %)
uygʻurlar (1,06 %)
tatarlar (1,00 %)
olmonlar (0,97 %)[2][3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72772[4]
Pochta indeks(lar)i 040800[5]
Avtomobil kodi В, 05
Qoʻnayev xaritada
Qoʻnayev xaritada

Qoʻnayev (qoz. Қонаев; Qanchagʻay 2022 yilgacha) — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Ili daryosi yaqinida, Qopchigʻay suv ombori sohilida joylashgan. Olmaotadan 80 km shimolda. Shahar Qopchigʻay GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Aholisi 43,348 kishi (2013). Baliqni qayta ishlash kombinati, kema taʼmirlash ustaxonalari bor.

Shahar aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 43,3 ming kishini, atrofidagi qishloqlar bilan qoʻoʻshib hisoblaganda 57,334 kishini tashkil qildi. Shahar aholisining yarmidan koʻp qismini qozoqlar tashkil qiladi. Shahar aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2009).