Shirin (shahar)
Shirin | |
---|---|
shahar | |
40°13′37″N 69°08′04″E / 40.22694°N 69.13444°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Sirdaryo viloyati |
Qachondan beri shahar | 1972-yil |
Aholisi | 18 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
|
Shirin — Sirdaryo viloyatidagi shahar (1972-yildan). Viloyatga boʻysunadi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Farhod (6 km). Viloyat markazi (Guliston shahri)dan 52 km. Urtacha 328 m balandlikda. Aholisi 15,3 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, koreys, rus, ozarbayjon, turkman va boshqalar ha.m yashaydi. Shahar nomi kelib chiqishi toʻgʻrisida turli rivoyat va taxminlar mavjud. Shulardan haqiqatga yaqinrogʻi, shaharning gʻarbiy qismidagi togʻning Farhod qoyasi tagidan oqib oʻtadigan Shirinqiz soyi nomidan olinganligidir. Sh. Farhod GES qurilishi munosabati bilan ishchilar posyolkasi sifatida 1943-yilda vujudga keldi. Shaharda Farhod GES, Sirdaryo issiqlik elektr styasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mashinasozlik zavodi, sutkasiga 7 t non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona, spirt zavodi va boshqalar, shuningdek, 60 tadan ziyod turli shakldagi xususiy va kichik korxonalar bor. Sirdaryo qurilish boshqarmasi ham shahrida joylashgan. Shaharda 4 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 2 kasbhunar kolleji, teatr, „Shirin“ shahar bozori, 5 kutubxona, 2 muzey, kasalxona (140 oʻrin), bolalar kasalxonasi, vrachlik sogʻlomlashtirish punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsherakusherlik punkti, dorixona, „Xavotog“ sanatoriysi, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira bogʻi mavjud. „Shirin sadosi“ gazeta chop qilinadi. Shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Shirin (shahar)" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |