Kontent qismiga oʻtish

Tagisken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tagisken — soʻnggi jez davriga oid arxeologik yodgorlik. 1959-yil Qiziloʻrda (Qozogʻiston) sh.ning jan.gʻarbi, Sirdaryoning qad. oʻzani Inqardaryo yaqinidan topilgan. T. 1960—63 yillarda SSSR FA Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (SP. Tolstoye rahbarligida) tadqiqot ishlarini olib borgan. Tadqiqotlar natijasida T.dan 70 dan ziyod mozorqoʻrgʻon aniqlangan. Dafn inshootlari ulkan boʻlib, ayrimlarining diametri 25 m gacha. T. 2 qismdan: Shim. T. va Jan. T.dan iborat. Shimoliy T. mil. av. 98alarga oid boʻlib, xom gʻishtdan qilingan hashamatli dafn inshooti qoldiqlari va uning atrofidan 14 ta har xil hajmdagi qabr topilgan. Ularga qabila boshliklari, atrofdagi qabrlarga esa, ularning qarindoshlari dafn etilgan. Qabrlardan oltin va jez isirgʻa, marjon, jez mix, oʻroq, paykon va sopol idish (koʻza, kosa, tuvak)lar topilgan. Janubiy T.dan mil. av. 75-asrlarga oid sak qabilalarining dafn inshootlari ochilgan. Qabrlardan egarjabduq, jez oʻq uchi, yogʻoch qinli shamshir, oyna va naqshlangan sopol idishlar, skifcha usulda ishlangan oltin bilaguzuklar, egarjabduklarning jezdan yasalgan buyumlari topilgan. Moddiy madaniyatda soʻnggi jez davriga oid mahalliy madaniyat anʼanalari bilan Oʻrta Osiyo janubidagi birmuncha yuksak madaniyat Jan. Ural savromatlari, Qozogʻiston saklari va Janubiy Sibirning skif tipidagi madaniyati bilan aloqador boʻlgan.