Kontent qismiga oʻtish

Tokio

Koordinatalari: 35°41′22″N 139°41′30″E / 35.68944°N 139.69167°E / 35.68944; 139.69167
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tokio shahridan yoʻnaltirildi)
Tokio

東京
Shahar
Tokio
Bayroq
Tokio
Gerb
35°41′22″N 139°41′30″E / 35.68944°N 139.69167°E / 35.68944; 139.69167
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kantō
Orol Honshu
Hukumat
 • Hokim Yuriko Koike
Maydon 2,194.07 km2 (847.14 kv mi)
Aholisi
 (2022)
13 988 129[1]
Tokio xaritada
Tokio
Tokio

Tokio (yaponcha: 東京, Tōkyō) — Yaponiyaning poytaxti boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Sharqiy poytaxt“ maʼnosini bildiradi. Tokio Yaponiyaning viloyat hamda shahar statusiga ega oʻziga xos maʼmuriy birligi boʻlib hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi. Aholisining soni va sanoatning oʻsish surʼatlari boʻyicha dunyodagi yirik shaharlar orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Xonsyu orolining janubi-sharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, Tama daryolarining Tokio qoʻltigʻiga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,G, eng issiq, oy — avgustniki 25,6°. Yillik yogʻin 1343 mm. Seryogʻin mavsumda tez-tez tayfun boʻladi. Tokio seysmik faol zonada joylashgan.[2]

Aholisi 13,23 mln. kishi (2013-yil 1-aprel holatiga). Poytaxt prefekturasi (Syutoken) yoki Katta Tokio tarkibiga 4 ta prefekturaning shahar va shaharchalari kiritiladi, aholisi 28 mln kishidan ziyod. Mamlakat milliy daromadining 1/5 qismi Tokioga toʻgʻri keladi.[2]

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1457-yilda Edo qalʼasi sifatida tashkil etilgan. 1869-yilda Edoʻda Meydzi restavratsiyasi davomida davlat poytaxti koʻchirildi va shahar То:kyo: (yaponcha: 東京?) deb nomlandi. Yapon tilida „sharqiy poytaxt“ maʼnosini anglatadi.( kanji 東 (onyemi: „to:“) — sharq va 京 (onyemi: „kyo:“) — poytaxt). Avvalgi poytaxti — Kyoto, keyinchalik Hayan-ke rasmiy nomi bilan atalgan-allegorik ravishda "Saike" — "G'arbiy poytaxt" deb nomlangan.

Oʻzbekcha anʼanaviy yozma shakli — Tokyo

Tokioga XV asrning oʻrtalarida asos solingan. 1457-yilda Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590-yilda Edo shahri Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto shahri edi. XVIII asrda Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869-yilda hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va Tokio („sharqiy poytaxt“) deb ataldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Tokioda ipak, lok-boʻyoq, chinni sanoatlari, XIX asrning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923-yil 1-sentabrdagi zilzila va uning oqibatlarida kelib chiqqan yongʻin tufayli Tokioning koʻp qismi vayron boʻldi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Tokio AQSh aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan.[2]

Tokio — transport yoʻllarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. t dan ortiq yuk ortib tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va yengil sanoat (toʻqimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining katta qismi mayda va oʻrta korxonalardan iborat. Tokio — yirik savdotaqsimot markazi. Shaharda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar, sugʻurta idoralari joylashgan. Tokioda untlar, Yaponiya Fanlar akademiyasi, Sanʼat akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, BriJston sanʼat muzeyi, zamonaviy sanʼat milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va boshqalar), kutubxonalar, konsert zallari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bogʻ bilan oʻralgan imperator saroyi (1869-yilgacha Edo qasri, XV-XVII asrlar), saroy majmuasi (1600), manzarali bogʻ (XVII-XVIII asrlar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka universiteti hududida 2004-yil 26-martda Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiyev). 1964-yilda Tokioda XVIII Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]

  1. „Tokyo Loses Population for First Time in 26 Years Amid Pandemic“ (en). Bloomberg.com (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 "Tokio" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil