Kontent qismiga oʻtish

Ziyodin

Koordinatalari: 40°2′3″N 65°39′17″E / 40.03417°N 65.65472°E / 40.03417; 65.65472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ziyovuddindan yoʻnaltirildi)
Ziyodin
shahar
40°2′3″N 65°39′17″E / 40.03417°N 65.65472°E / 40.03417; 65.65472
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Paxtachi tumani
Aholisi
11 610
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ziyodin xaritada
Ziyodin
Ziyodin
Ziyodin xaritada
Ziyodin
Ziyodin

Ziyovuddin — Samarqand viloyatidagi shaharcha (1972-yildan). Paxtachi tumani markazi (1973-yildan). Tumanning oʻrta qismida, Toshkent togʻining shimoli-sharqiy etagida, qariyb 400 m balandlikda. Temir yoʻl stansiyasi — Ziyovuddin. Ziyovuddindan Samarqandgacha boʻlgan masofa 135 km. Aholisi 11,6 ming kishi (2000).

Buxoro amirligi davrida hozirgi Ziyovuddindan 15 km sharqda Ziyovuddin qalʼasi (Ziyovuddin bekligi qarorgohi), 5 km shimoli-sharqda Buvi Ziyovuddiniy qishlogʻi boʻlgan (nomi shundan). 1894-yil Ziyovuddin qalʼasidan 15 km gʻarbda (Ziyovuddin oʻrnida) temir yoʻl stansiyasi qurilgan va oʻsha yili 15 maydan poyezd qatnay boshlagan. Ziyovuddinda paxta tozalash, sut, tosh-shagʻal, gʻisht, asfalt zavodlari, non kombinati, temir yoʻl transporti korxonalari bor. Ziyovuddindan Samarqand, Nurobod, Oqtosh, Navoiy sh. lariga avtobus qatnaydi. Bank boʻlimlari, dehqon bozori, 5 ta kutubxona (67,8 ming kitobga ega), markaziy stadion, „Paxtachi goʻzali“ univermagi, dorixona, „Paxtachi“ restorani, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, suv minorasi (1894-yil qurilgan), oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Ziyovuddin umumiy taʼlim maktabida 2700 nafarga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi (2002). Bolalar musiqa maktabi, bolalar sanʼat maktabi bor. „Oq oltin“ ansambli faoliyat koʻrsatadi. Ziyovuddinda Xotira xiyoboni barpo etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil