Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Proxorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alexander Prokhorov

Aleksandr Mixaylovich Proxorov (1916.28.6 (11.7), Aterton shahri, Avstraliya2002.8.1 Moskva) — rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik (1966-yil). Ikki marta Mehnat Kaxramoni (1969, 1986). Leningrad universitetini tugatgan (1939). Ilmiy ishlari paramagnit mazer, ochiq rezonator, gazodinamik va qattiq jismli tezlatkichlar, plazmalar fizikasi va boshqalarga oid. Nikolay Basov bilan hamkorlikda (Charles H. Townes | dan mustaqil ravishda) birinchi kvant generator – ma-zerni yaratgan (1954). Xodimlari bilan paramagnit mazerlarni yaratish usullarini rivojlantirgan (1957–58). Lazer texnikasida keng qoʻllanila boshlagan ochiq rezonatorlar gryasini (1958) va gazodinamik lazer gʻoyasini (1967) ilgari surgan. U infraqizil va koʻrinadigan nurlanishlarning qudratli lazerlarini yaratish, bu lazer nurlanishlarning moddalar bilan oʻzaro taʼsirlari toʻgʻrisidagi fundamental ishlar muallifi. Katta Sovet Ensiklopediyasining 3-nashri (1969–1978), Katta Rossiya Ensiklopediyasi (1996-yildan) Bosh muharriri. Nobel mukofoti laureati (1964; Nikolay Basov va Charles H. Townes bilan hamkorlikda).[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari