Kontent qismiga oʻtish

Guglielmo Marconi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Guglielmo Marconi
Tavalludi 25-aprel 1874-yil
Bolonya
Vafoti 20-iyul 1937-yil
Rim
Fuqaroligi Italiya qirolligi[1]
Millati Italiyalik
Sohasi radiotexnik
Mukofotlari Nobel mukofoti

Guglielmo Marconi (talaffuzi: Guglielmo Markoni) (1874.25.4, Bolonya - 1937.20.7, Rim) — italiyalik radiotexnik va tadbirkor. Muntazam ilm olmagan. Elektromagnit toʻlqinlar haqida asosiy maʼlumotlarni italyan fizigi A. Rigidan olgan, uning rahbarligida oʻsmirlik davrida fizika bilan shugʻullangan. 1896-yilda Buyuk Britaniyaga koʻchgan va u yerda elektromagnit toʻlqinlar yordamida signal berish tajribalarini oʻtkazgan. 1897-yilda simsiz telegraflash usuliga tegishli ixtirosiga patent olgan, aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilgan (1897). Aloqa vositasi sifatida radioni rivojlantirgan. 1901-yilda Atlantika okeani orqali radioaloqa oʻrnatgan. Nobel mukofoti laureati (1909; K. F. Braun bilan hamkorlikda).[2]

  1. (unspecified title)A&E Networks.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil