Kontent qismiga oʻtish

Lev Landau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Landau

Lev Davidovich Landau [1908.9(22). 1, Boku — 1968.1.4, Moskva) — rus nazariyotchi fizigi, Akademik (1946). Mehnat Qahramoni (1954). Ilmiy ishlari kvant mexanika, oʻta oquvchan suyukliklar nazariyasi, oʻta oʻtkazuvchanlik, qattiq jism fizikasi, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, plazma, kvant elektrodinamika, astrofizika va boshqa sohalarga oid. Metallarning elektron diamagnetizmi nazariyasini yaratgan (1930, Landau diamagnetizmi), rus olimi Ye. M. Lifshits bilan birgalikda ferromagnetiklar va ferromagnit re-zonansning domenli tuzilishini ishlab chiqqan (1935). Geliyning oʻta oquvchanligini nazariy jihatdan isbot qilgan (1941). U elektron plazmalari xususiy tebranishining soʻnish dekrementini ifodalovchi effektni fanga kiritgan (bu effekt "Landau soʻnishi" deb nom olgan). Rus olimi V. L. Ginzburg bilan hamkorlikda oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratgan (1950), Rus olimlari A. A. Abrikosov, I.M Xalatnikov va I. Ya. Pomeranchuk bilan hamkorlikda kvant elektrodinamika asoslarini tekshirgan (1954—55). Ikki komponentli neytrino nazariyasini (1957), fermi-suyuklik nazariyasini yaratgan (1956—58). Nobel mukofoti laureati (1962).[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari