Kontent qismiga oʻtish

John Clauser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John Clauser
Tavalludi 1-dekabr 1942-yil (1942-12-01) (82 yosh)
Fuqaroligi AQSH
Kasbi proffesor
Unvoni proffesor
Otasi Francis H. Clauser
Onasi Catharine McMillan
Mukofotlari Fizika boʻyicha Nobel mukofoti, Wolf Prize

John Francis Clauser (1942-yil 1-dekabrda tugʻilgan) - amerikalik nazariy va eksperimental fizik, kvant mexanikasi, xususan, Clauser-Horne-Shimony-Holt tengsizligi hissa qoʻshgan fizik[1].

Clauser fizika boʻyicha 2022-yilgi Nobel mukofotiga Alen Aspect va Anton Zaylinger bilan birgalikda " bell tengsizliklarining buzilishini aniqlagani uchun" qoʻlga kiritdi.

Clauser Kaliforniyaning Pasadena shahrida tugʻilgan. Uning otasi Francis H. Clauser aviatsiya muhandisligi professori boʻlib, Johns Hopkins universitetida aeronavtika boʻlimiga asos solgan va unga rahbarlik qilgan. Keyinchalik u Kaliforniya Texnologiya Institutida (Caltech) muhandislik professori boʻlib ishlagan[2][3]. Uning onasi Catharine McMillan Caltechdagi gumanitar fanlar kutubxonachisi va 1951-yilgi kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Edwin McMillan singlisi edi[4].

U 1964-yilda Caltechda fizika boʻyicha bakalavr darajasini oldi. U yerda Dabney House aʼzosi edi[5]. U 1966-yilda Kolumbiya universitetida[6] Patrik Thaddeus rahbarligida fizika boʻyicha sanʼat magistri va 1969-yilda fizika boʻyicha falsafa doktori unvonini oldi[7].

1969-yildan 1997-yilgacha u asosan Kaliforniya universiteti, Berkli, Lourens Berkli milliy laboratoriyasi va Lourens Livermor milliy laboratoriyasida ishlagan[8]. 197- yilda Stuart Freedman bilan hamkorlikda u CHSH-Bell teoremasi birinchi eksperimental sinovini oʻtkazdi. Bu Bell tengsizligi buzilishining birinchi eksperimental kuzatuvi edi[9].

1974-yilda Michael Horne bilan birga ishlab birinchi marta Bell teoremasining umumlashtirilishi tabiatning barcha mahalliy realistik nazariyalari uchun jiddiy cheklovlar berishini koʻrsatdi. Bu ish mahalliy realizm tomonidan qoʻyilgan birinchi toʻliq umumiy eksperimental talab sifatida Clauser–Horne (CH) tengsizligi deb kiritildi. Shuningdek, 1974-yilda u yorugʻlik boʻyicha subpoisson statistikasini birinchi marta kuzatdi (klassik elektromagnit maydonlar uchun Cauchy Schwarz tengsizligini buzish orqali birinchi marta fotonlar uchun aniq zarrachaga oʻxshash xususiyatni koʻrsatdi. 1976-yilda u CHSH-Bell teoremasi bashoratlarining dunyoda ikkinchi eksperimental sinovini oʻtkazdi[10].

Clauser 2010-yilda Alen Aspect va Anton Zaylinger bilan birgalikda fizika boʻyicha Wolf Prize mukofotiga sazovor boʻlgan. Bu uchala fizik 2022-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofotiga ham sazovor boʻldi[11].

  • Epistemologik xatlar
  1. „John F. Clauser“. American Institute of Physics.
  2. „Proving that Quantum Entanglement is Real“ (en). California Institute of Technology (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  3. „Dr. Francis H. Clauser“. NAE Website. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  4. „Caltech Alum Wins Nobel Prize in Physics“ (en). California Institute of Technology (2022-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  5. The Big T. Associated Students of the California Institute of Technology, 1963. 
  6. „John F. Clauser“. American Institute of Physics.
  7. „Patrick Thaddeus (1932–2017)“. National Academy of Sciences.
  8. „John F. Clauser“. American Institute of Physics.
  9. Freedman, Stuart J.; Clauser, John F. (April 3, 1972). "Experimental Test of Local Hidden-Variable Theories". Physical Review Letters 28 (14): 938-941. doi:10.1103/PhysRevLett.28.938. https://journals.aps.org/prl/abstract/10.1103/PhysRevLett.28.938. Qaraldi: October 5, 2022. John Clauser]]
  10. „Proving that Quantum Entanglement is Real“. California Institute of Technology (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  11. „The Nobel Prize in Physics 2022“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.