Richard Feynman
Richard Fillips Feynman (1918.11.5, NyuYork 1988) - amerikalik fizik. AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1954). Massachusets Texnologiya institutini tugatgan (1939). Falsafa fanlari doktori. (1942). Prinston universitetida (1942—1943), LosAlamos laboratoriyada (194345) ishlagan. Kornell texnologiya universiteti professor (1950-yildan). Ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, kvant elektrodinamika, elementar zarralar fizikasi, statistik fizika, oʻta o'tkazuvchanlik va gravitatsiya nazariyasiga oid. Maydon kvant nazariyasining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan matematik apparatni ishlab chiqqan (1949) (qarang Feynman diagrammalari). Oʻta oquvchan geliyning uyurma tabiatini tushuntirib bergan (Feynman uyurmasi deb ataladi). "Fizikadan Feynman maʼruzalari" kursi muallifi. Albert Eynshteyn mukofoti (1950), Nobel mukofoti laureati (1965)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |