Edward Victor Appleton
Qiyofa
Edward Victor Appleton (talaffuzi: Edvard Viktor Appleton) (1892.6.9, Bradford — 1965.21.4, Edinburg) — angliyalik radiofizik. London qirollik jamiyati aʼzosi (1927). Kembrij universitetini tugatgan (1914). London universiteti (1924-1936), Kembrij universiteti professor (1936-1939), Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlar departamenti kotibi (1939-1949). Edinburg universiteti rektori (1949-yildan). Asosiy ilmiy ishlari radiotoʻlqinlarning tarqalishi va soʻnishiga oid. 1924 va 1927-yilda ionosferaning radiotoʻlqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1947)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |