Kontent qismiga oʻtish

Ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sözleşmeye taraf olan ülkeler
Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan davlatlar:
  Shartnomani imzolagan davlatlar

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya yoki CEDAW 1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro konvensiya boʻlib, undagi ishtirokchi davlatlar ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga qarshi kurashish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Xotin-qizlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro qonun loyihasi 1981-yil 3-sentyabrda tuzilgan va 189 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan[1]. Konvensiyani ellikdan ortiq mamlakatlar maʼlum bayonotlar, izohlar va eʼtirozlar asosida ratifikatsiya qilgan, shu jumladan, 38 ta davlat uni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq nizolarni hal qiluvchi vositalarni koʻrib chiqadigan 29-moddani qoʻllashni rad etdi[2]. Avstraliya deklaratsiyasida konvensiyaning federal konstitutsiyaviy tizimidan kelib chiqadigan markaziy hukumat hokimiyatining cheklovlari qayd etilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Palau davlatlari ushbu shartnomani imzolaganlar, ammo ratifikatsiya qilmagan. Eron, Somali, Sudan va Tonga davlati CEDAWni imzolashdan bosh tortishgan.

Ushbu konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha sakkizta asosiy konvensiyalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, inson huquqlari nafaqat erkak jinsiga, balki ayolga ham tegishli ekanligini ham taʼkidlanadi[3]. „Xalqaro ayollar huquqlari deklaratsiyasi[4] deb nomlanuvchi ushbu reglament erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik amalda ham, qonun oldida ham taʼminlanishi lozimligini taʼkidlab keladi. Ishtirokchi davlatlar ayollarga nisbatan kamsitishning barcha turlari va shakllarini aniqlash, ularga qarshi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, jabrlangan shaxslarga yordam berish va zoʻravonlik harakatlarini amalga oshirgan aybdor shaxslarni jazolash majburiyatini oladi.

Ishtirokchi davlatlar tomonidan koʻzda tutilgan huquqlarning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun Konvensiyaning birinchi toʻrtta bobida inspeksiya organi va tekshirish tartib-qoidalari keltirib oʻtilgan. Ishtirokchi davlatlar ekspertlar qoʻmitasiga ularning konvensiyani amalga oshirishdagi saʼy-harakatlarini muntazam ravishda hisobotlarni taqdim etish orqali baholash huquqini beradi. Qoʻmita, shuningdek, 2000-yil 22-dekabrda kuchga kirgan va ishtirokchi davlatlar tomonidan imzolangan ikkinchi Konvensiya hisoblangan Protokol bilan Konvensiyaning buzilishiga oid individual yoki guruh shikoyatlarini koʻrib chiqqan. Bundan tashqari, Konvensiya talablarning jiddiy yoki muntazam ravishda buzilish holatlari boʻyicha tergov oʻtkazish huquqiga ham ega. CEDAW raisi lavozimini hozirda Ana Peláez egallab turibdi[5].

Umumiy tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan gender tengligi qonunchilikda va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli hujjatlarida oʻz oʻrnini koʻrsata boshlaydi. Ayollar huquqlarini kafolatlovchi konvensiya tuzish zarurligi haqidagi bahslar davom etar ekan, BMT Bosh Assambleyasi 1967-yilda ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qildi. Shunday qilib, BMT birinchi marotaba jinsga qarab kamsitishni kengroq va har tomonlama yondashuvni talab qiluvchi muammo sifatida koʻrishini bildirdi. Bu deklaratsiya maʼnaviy va siyosiy kuchga ega boʻlsa-da, davlatlar zimmasiga boshqa majburiyatlarni yuklamaydi[4].

BMT tomonidan 1975-yilda Mexiko shahrida tashkil etilgan ayollar boʻyicha Butunjahon konferensiyasi davomida „Ayollar oʻn yilligi“ (1975–1985) deb eʼlon qilindi va ushbu konferensiyada qabul qilingan chaqiriqqa koʻra Komissiya tomonidan „kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish“ga qaratilgan xalqaro konvensiya ishlab chiqiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarda erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglikni taʼminlash maqsadida ayollar maqomi toʻgʻrisidagi bahslar Bosh Assambleyada ham, Ayollar maqomi boʻyicha komissiyada ham har bir band boʻyicha uzoq muhokamalar tufayli shartnoma matnini tayyorlashga uzoq vaqt kerak boʻladi.

Olti yillik faoliyatdan soʻng, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yil 18-dekabrdagi 34/180 rezolyutsiyasiga asosan konvensiya qabul qilinadi. Shu tariqa 1980-yilning 1-martida aʼzo davlatlar tomonidan konvensiyani imzolanishi uchun yoʻl ochildi. 1981-yil 3-sentyabrda yigirmata davlat konvensiyani ratifikatsiya qilganidan keyingina ushbu hujjat kuchga kirdi. Ushbu konvensiya irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyaga oʻxshash formatga ega boʻlib, ham oʻzining asosiy majburiyatlari doirasi, ham xalqaro monitoring mexanizmlariga ega[6].

Konvensiya nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konvensiyaning asl nomi „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women“ boʻlib, CEDAW deb qisqartirilgan ushbu konvensiya, rasmiylar tomonidan „Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi konvensiya“ sifatida tarjima qilingan. Konvensiyada ayollarga nisbatan kamsitishning mavjudligi keltirib oʻtilgan va ushbu hujjat aynan shu kamsitishlarni bartaraf etish uchun tuzilb chiqilgani taʼkidlab oʻtilgan[3].

Konvensiya umumiy 6 boʻlim, 30 moddadan iborat boʻlib, uning birinchi toʻrt bobi ayollar huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish va ularning oldini olish, ayollarning siyosiy, huquqiy va fuqarolik huquqlari, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini taʼminlash, ularning salomatligini muhofaza qilishga bagʻishlangan. Beshinchi va oltinchi boblar Konvensiyaning nazorat organi boʻlgan CEDAW qoʻmitasini tashkil etish va Konvensiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan jarayonlarni, CEDAW va inson huquqlari boʻyicha boshqa shartnomalarning oʻzaro munosabatlarini hamda davlatlar zimmasiga yuklangan mas’uliyat va majburiyatlarini tartibga solib turadi[7].

I qism (1–6-moddalar) kamsitmaslik, jinsiy stereotiplar va jinsiy savdoga qaratilgan.

II qism (7–9-moddalar) ayollarning ijtimoiy sohadagi huquqlari, siyosiy hayoti, vakillik va fuqarolik huquqlariga eʼtibor qaratadi.

III qism (10–14-moddalar) ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, xususan, taʼlim, bandlik va sogʻliqni saqlash masalalariga eʼtibor qaratadi. III qismda qishloq ayollari uchun maxsus himoya choralari va ular duch keladigan muammolar haqida ham maʼlumot berib oʻtilgan.

IV qism (15–16-moddalar) ayollarning nikoh va oilaviy hayotda teng huquqliligi hamda qonun oldidagi tenglik huquqini belgilaydi.

V qism (17–22-moddalar) Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish boʻyicha qoʻmitani hamda ishtirokchi-davlatlarning hisobot berish tartibini belgilaydi.

VI qism (23–30-moddalar) konvensiyaning boshqa shartnomalarga taʼsiri, aʼzo davlatlarning majburiyatlari va konvensiyani boshqarishga taʼsirini tavsiflaydi.

1979-yilning dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va imzolash uchun topshirilgan konvensiya 1981-yil 3-sentyabrdan boshlab kuchga kirdi. Konvensiyaning 27-moddasida, „Ushbu Konvensiya BMT Bosh kotibiga 20-ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilgan kundan keyingi 30-kundan soʻng kuchga kiradi“, deyiladi.

Asosiy qoidalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-modda ayollarga nisbatan kamsitishni quyidagi atamalar orqali belgilaydi[8]:

Ayollarning oilaviy ahvolidan qatʼi nazar, erkaklar va ayollarning teng huquqliligi asosida inson huquqlarini tan olish, ulardan foydalanish, amalga oshirishiga putur yetkazish yoki bekor qilish maqsadi, jinsiga qarab munosabat bildirish, istisno qilish yoki cheklash bilan bogʻliq siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik yoki boshqa har qanday sohadagi asosiy erkinliklar.

2-moddada konvensiyani ratifikatsiya qilgan aʼzo davlatlar oʻzlarining ichki qonunchiligida gender tengligini taʼminlash, qonunlaridagi barcha kamsitish qoidalarini bekor qilish va ayollarga nisbatan kamsitishning oldini olish uchun yangi qoidalarni qabul qilish niyatida ekanligini aytiladi[9]. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar, shuningdek, ayollarni kamsitilishdan samarali himoya qilish uchun sudlar va jamoat institutlarini tashkil etishlari va ayollarga nisbatan jismoniy shaxslar, tashkilotlar va korxonalar tomonidan qoʻllaniladigan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish choralarini koʻrishlari kerak[9].

3-modda ishtirokchi davlatlardan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ayollarga erkaklar bilan tenglik asosida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashni talab qiladi[10].

4-moddada erkaklar va ayollar oʻrtasidagi de facto tenglikni tezlashtirishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qabul qilish kamsitish hisoblanmasligi keltirib oʻtilgan. Unga koʻra, onalikni maxsus himoya qilish harakatlariga gender boʻyicha kamsitish sifatida qaralmaydi[11].

5-modda ishtirokchi davlatlardan bir jinsning boshqa bir shaxsdan pastligi yoki ustunligi gʻoyasi yoki erkaklar va ayollarning stereotipli roliga asoslangan xurofot va urf-odatlarni bartaraf etish choralarini koʻrib chiqishni talab qiladi[12]. Shuningdek, ushbu modda ishtirokchi davlatlarga erkaklar va ayollarning oʻz farzandlarini tarbiyalash va ularni rivojlantirishda umumiy mas’uliyatini tan olishni taʼminlash mas’uliyatini yuklaydi[12].

6-modda ishtirokchi davlatlarga ayollar savdosining barcha shakllari va ayollar fohishaligidan foydalanishning oldini olish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan, qonunchilikni ham yoʻlga qoʻyish majburiyatini yuklaydi[13].

7-modda ayollarning siyosiy va jamoat hayotida tengligini kafolatlaydi, bunda asosiy eʼtibor saylovlarda ovoz berishda tenglik, davlat boshqaruvida ishtirok etish va mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bogʻliq boʻlgan nodavlat tashkilotlar va birlashmalarida ishtirok etishiga eʼtibor qaratadi[14].

8-moddada ishtirokchi davlatlar ayollarga xalqaro miqyosda oʻz hukumatiga vakillik qilish va xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi[15].

9-modda ishtirokchi davlatlarga ayollarga oʻz fuqaroligini olish, oʻzgartirish yoki saqlab qolishda erkaklar bilan teng huquqlar va farzandlarining fuqaroligiga nisbatan teng huquqlar berishni topshiradi[16].

10-modda talaba-qizlar uchun taʼlim olishda teng imkoniyatlarni belgilaydi va qoʻshma taʼlimni ragʻbatlantiradi. Bu, shuningdek, yengil atletika, stipendiyalar va grantlardan teng foydalanish imkoniyatini ham taʼminlaydi, shu bilan birga, talaba qizlarning oʻqishni tashlab ketish darajasini kamaytirishga eʼtibor qaratadi[17].

11-moddada ayollarning mehnat qilish huquqi barcha insonlarning ajralmas huquqi sifatida belgilangan. Ushbu modda bajarilgan bir xil mehnat turi uchun teng ish haqi toʻlanishi, ijtimoiy taʼminot huquqi, haq toʻlanadigan taʼtil va tugʻruq taʼtilini sobiq ish joyi, ish staji yoki ijtimoiy nafaqalarni yoʻqotmagan holda ish haqi yoki taqqoslanadigan ijtimoiy nafaqalar bilan toʻlanishini talab qiladi. Onalik, homiladorlik yoki nikoh holatiga koʻra ishdan boʻshatish sanksiya bilan taqiqlanadi[18].

12-modda ishtirokchi davlatlarga sogʻliqni saqlash xizmatlaridan, shu jumladan, oila qurishni rejalashtirish bilan bogʻliq xizmatlardan foydalanishni taʼminlash uchun sogʻliqni saqlash sohasida ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni koʻrish majburiyatini yuklaydi[19].

13-modda ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotda, xususan, oilaviy nafaqa olish huquqi, bank kreditlari, ipoteka va boshqa moliyaviy kreditlar olish huquqi, shuningdek, dam olish, sport bilan shugʻullanish hamda madaniy hayotning barcha jabhalarida tengligini kafolatlaydi[20].

14-modda qishloq ayollarini himoya qilish va ular duch keladigan alohida muammolardan himoya qilishni taʼminlaydi, ayollarning rivojlanish dasturlarida ishtirok etish, tegishli tibbiy muassasalardan foydalanish, jamoaning barcha tadbirlarida ishtirok etish, qishloq xoʻjaligi kreditlaridan foydalanish va yetarli yashash sharoitlaridan bahramand boʻlish huquqini taʼminlaydi[21].

15-modda ishtirokchi davlatlarni ayollarning qonun oldida erkaklar bilan tengligini, shu jumladan erkaklar bilan bir xil huquqqa ega ekanligini kafolatlaydi. Shuningdek, erkaklar va ayollarga kishilarning harakatlanishi, fuqarolik hamda istiqomat qilish hududini tanlash erkinligi bilan bogʻliq masalalarda bir xil huquqqa ega ekanligini taʼkidlaydi[22].

16-modda nikoh va oilaviy munosabatlarga oid barcha masalalarda ayollarni kamsitishni taqiqlaydi. Xususan, erkaklar va ayollarga nikohga kirishda bir xil huquq, turmush oʻrtogʻini erkin tanlash huquqi, nikoh davrida va uni bekor qilishda bir xil huquq va majburiyatlar, ota-onalikda bir xil huquq va majburiyatlarni yuklaydi. Farzandlarining soni va yosh oraligʻi toʻgʻrisida erkin va mas’uliyat bilan qaror qabul qilish, bir xil shaxsiy huquqlarga ega boʻlish, shu jumladan, familiya, kasb va mashgʻulotni tanlashda teng boʻlish, mulkni sotib olish, boshqarish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha teng huquqqa ega ekanligini taʼminlaydi[23].

17-24-moddalar CEDAW qoʻmitasining tarkibi va tartiblarini, masalan, CEDAW va milliy hamda xalqaro qonunchilik oʻrtasidagi munosabatlarning tizimli tartibi ierarxik tuzilishi hamda qonun-qoidalari, shuningdek, davlatlarning CEDAWni amalga oshirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini toʻliq shaklda tavsiflaydi[24].

25-30-moddalar (CEDAW maʼmuriyati) CEDAWni amalga oshirish, ratifikatsiya qilish va manfaatdor davlatlarning izohlarini kiritish bilan bogʻliq umumiy maʼmuriy tartiblarni tavsiflaydi[25].

CEDAW BMTning 1325 va 1820-sonlari bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
CEDAWni qabul qilgan mamlakatlar koʻrsatilgan dunyo xaritasi, 2010-yil

CEDAW mexanizmlaridan foydalanishni taʼkidlovchi konvensiyaning 10-yilligiga bagʻishlangan 1325-rezolyutsiya tadbirlari[26]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning oktyabr oyida 1325-sonli rezolyutsiyaning 10 yilligi BMT Xavfsizlik Kengashining Ayollar, tinchlik va xavfsizlik toʻgʻrisidagi 1325-rezolyutsiyasiga javobgarlik talabi ortib borayotganini taʼkidladi. Koʻpchilik konvensiyaga aʼzo 192 davlatdan atigi 22 tasigina milliy harakat rejalarini qabul qilgani borasidagi xavotirlarini bildirdi. Aksariyat rasmiy tinchlik muzokaralarida ayollar yetarli darajada ishtirok eta olmaydilar, shuningdek, tinchlik davrida ham, ziddiyatlar vaqtida ham jinsiy zoʻravonlik darajasi oʻsishda davom etib bormoqda edi.

SCR 1325, xususan, CEDAW qonun-qoidalarini amalga oshirishni kuchaytirish maqsadida tashqi huquqiy mexanizmlardan foydalanish zarurligini taʼkidladi. CYaxshi tashkil etilgan EDAW mexanizmlari – aʼzo davlatlar muvofiqlik hisoboti va fuqarolik jamiyati hisoboti jarayoni javobgarlikni taʼminlashi mumkin boʻlgan vositalari sifatida belgilaydi.

SCR 1325 va CEDAW[27] oʻrtasidagi kesishma

[tahrir | manbasini tahrirlash]

CEDAW va BMT Xavfsizlik Kengashining Ayollar, tinchlik va xavfsizlik (SCR) boʻyicha 1325 va 1820-sonli rezolyutsiyalari mustaqil ravishda muhim xalqaro hujjatlar hisoblansa-da, ularning amalga oshirilishi va taʼsirini kuchaytirish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan uchta asosiy standartlar ishlab chiqilgan.

1325 va 1820-sonli rezolyutsiyalar nizolarning barcha tomonlar uchun tegishliligini aniqlab berish orqali CEDAW doirasini kengaytiradi, CEDAW esa ushbu ikkita rezolyutsiyada bayon etilgan keng qamrovli majburiyatlar bilan bogʻliq harakatlar uchun aniq strategik koʻrsatmalar beradi[28].

CEDAW inson huquqlari boʻyicha global shartnoma boʻlib, ayollar huquqlarining eng yuqori standarti sifatida milliy qonunchilikka kiritilishi kerak. Uni ratifikatsiya qilgan BMTga aʼzo davlatlar (hozirgi kungacha 185 ta) ayollar huquqlarini toʻliq amalga oshirish mexanizmlarini yaratishni talab qiladi.

1325-rezolyutsiya Xavfsizlik Kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan xalqaro huquq boʻlib, BMTga aʼzo davlatlarga tinchlik oʻrnatishning barcha jabhalarida ayollarni jalb etish, shu jumladan, tinchlik va xavfsizlik masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollar ishtirokini taʼminlash majburiyatini yuklaydi.

1820-rezolyutsiya jinsiy zoʻravonlikni urush taktikasi sifatida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bilan bogʻlaydi. Shuningdek, BMT Bosh kotibidan Xavfsizlik Kengashiga axborot oqimini takomillashtirish strategiyalari va ularni amalga oshirish toʻgʻrisida keng qamrovli hisobot taqdim etishni va jinsiy zoʻravonlikka barham berish va ularning oldini olishning choralarini qabul qilishni talab qiladi.

1325 va 1820-rezolyutsiyalar va CEDAW ayollarning inson huquqlari va gender tengligi boʻyicha quyidagi kun tartibini eʼlon qiladi[29]:

  1. Barcha darajadagi qarorlarni qabul qilishda ayollarning ishtirokini talab qilish
  2. Ayollarga nisbatan zoʻravonlikni rad etish, chunki bu ayollarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi va ularning boʻysunuvchi maqomini saqlab qoladi;
  3. Ayollar va erkaklarning qonun oldida tengdirlar, ayollar va qizlarni qonun ustuvorligi orqali himoya qilish;
  4. Ayollar va qizlarni gender asosidagi zoʻravonlikdan himoya qilish uchun xavfsizlik kuchlari va tizimlarini talab qilish;
  5. Ayollar va qizlarning turli tajribalari va yuklari tizimli diskriminatsiyadan kelib chiqishi haqiqatini tan olish;
  6. Ayollarning tajribasi, ehtiyojlari va istiqbollari adolatli hamda mustahkam tinchlikka erishishni belgilovchi siyosiy, huquqiy va ijtimoiy qarorlarga kiritilishini taʼminlash.

CEDAW qoʻmitasining umuman olganda milliy va jamiyat darajasida 1325 va 1820-sonli rezolyutsiyalarni toʻliq amalga oshirish uchun ayollarni himoya qilish harakatlarini kuchaytirishi mumkin. CEDAWning mojarolardan jabr koʻrgan hududlarga yordam berishi ikkala rezolyutsiyada ham taʼkidlanadi. Boshqacha aytganda, har uchala xalqaro hujjatdan ayollarning inson huquqlarini mustahkamlash maqsadi yoʻlida birgalikda foydalanilganda, ular bir-birini mustahkamlaydi va ancha samaraliroq natija koʻrsatadi[30].

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konvensiyani ratifikatsiya qilmagan yoki unga qoʻshilmagan oltita BMT aʼzo davlatlari Eron, Palau, Somali, Sudan, Tonga va Amerika Qoʻshma Shtatlaridir[31].

Konvensiyaga qoʻshilmagan BMTga aʼzo boʻlmagan yagona davlat bu Vatikan shahridir[32][33].

2007-yilda Xitoy Respublikasi (Tayvan) ham shartnomani oʻz qonunchiligida ratifikatsiya qilgan, ammo Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olinmagan va shartnomaning faqat norasmiy ishtirokchisi hisoblanadi[34].

Konvensiyaga oxirgi boʻlib 2015-yil 30-aprelda Janubiy Sudan davlati qoʻshilgan[35].

Amerika Qoʻshma Shtatlari 1988, 1990, 1994, 2000 va 2010-yillarda ratifikatsiya qilish uchun bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlarni amalga oshirgan[36][37]. Qoʻshma Shtatlarda 40 dan ortiq shaharlar va mahalliy hukumatlar CEDAW qarorlari yoki rezolyutsiyalarini qabul qilgan[38].

Shartnoma majburiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konvensiyaga aʼzo davlatlar quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmalariga olishga rozi boʻladilar[4]:

  • hayotning barcha jabhalarida ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish;
  • ayollarning inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan erkaklar bilan bir xil darajada foydalanishlari uchun ularning faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash va yuksalishini taʼminlash;
  • konvensiyani amalga oshirishdagi saʼy-harakatlarini baholash uchun CEDAW qoʻmitasiga muntazam hisobotlarni taqdim qilish.

Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qoʻmitasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollarga nisbatan diskriminatsiyaga barham berish boʻyicha qoʻmita, odatda, qisqacha qilib „CEDAW qoʻmitasi“ deb yuritiladi. Ushbu qoʻmita Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnoma organi boʻlib, ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyani (CEDAW) nazorat qiladi. Qoʻmitaning tuzilishi CEDAWning[39] 17-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, unda qoidalar, maqsad va ish tartibi ham aniq belgilab qoʻyilgan[40]. Oʻz faoliyati davomida qoʻmita CEDAWda koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilinishini taʼminlash uchun bir necha sessiyalar oʻtkazgan. Vaqt oʻtishi bilan ayollar huquqlari masalalariga eʼtibor kuchayishi tufayli qoʻmita amaliyoti ham oʻzgarib bordi.

Qoʻmita tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish boʻyicha qoʻmita 1981-yil 3-sentyabrda CEDAW kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan 20 ta ratifikatsiya yorligʻini olgandan keyin tuzilgan. CEDAWning 17-moddasiga asosan CEDAW qoidalariga uni imzolagan va unga rioya qilishga rozi boʻlgan mamlakatlar tomonidan bajarilishini taʼminlash maqsadida qoʻmita tashkil qilindi[41]. Qoʻmitaning birinchi navbatdagi sessiyasi 1982-yil 18-22-oktyabr kunlarida boʻlib oʻtdi. Ushbu sessiyada qoʻmitaning ilk xodimlari oddiy saylov yoʻli bilan koʻpchilik ovozi asosida saylandi, qoʻmita raisligiga esa moʻgʻulistonlik L. Ider xonim tayinlandi[42]. Shuningdek, qoʻmitaga yana uchta rais oʻrinbosari ham tayinlangan boʻlib, ular kanadalik M. Caron, Yugoslaviyadan Z. Ilic va Ruandadan L. Mukayiranga edi. Yakuniy gayanalik D. P. Bernard qoʻmita maʼruzachisi sifatida saylangan. Ushbu sessiya davomida qoʻmita oʻz tartib qoidalarini ham bir ovozdan maʼqullagan[42].

CEDAW arizalari 23 mustaqil ekspertdan iborat BMT CEDAW qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Davlatlar CEDAW qoʻmitasiga muntazam ravishda hisobotlarni taqdim etishlari shart. Ushbu hisobotlar qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi va koʻpincha nodavlat tashkilotlarining fikrlarini hisobga olgan holda CEDAWni amalga oshirishni yaxshilash boʻyicha davlatlarga tavsiyalar beriladi.[7] Qoʻmitadagi ekspertlari ishtirokchi davlatlar tomonidan saylanadi.

Qoʻmita, shuningdek, Konvensiyaning buzilishi toʻgʻrisidagi individual yoki guruh shikoyatlarini ham koʻrib chiqadi. Konvensiyaning jiddiy yoki muntazam ravishda buzilishi boʻyicha tergov oʻtkazish vakolatiga ham ega. Bu vakolat 1999-yilda BMTning 54-sonli maxsus qarori bilan berilgan boʻlib, Bosh Assambleyada qabul qilingan va 2000-yil 22-dekabrda kuchga kirgan Protokol bilan belgilab qoʻyiladi. Ushbu protokol tomonlarning oʻz xohishlariga koʻra imzolagan ikkinchi kelishuvi hisoblanadi.

Millatlar saroyi

Qoʻmita yigʻilishlarini qayerda va qachon oʻtkazishi toʻgʻrisidagi qoidalar ularning qonun-qoidalar reglamentida koʻrsatib oʻtilgan[43].

Qoʻmitaga oʻz vazifalarini samarali bajarish uchun zarur boʻlgan miqdorda yigʻilishlar oʻtkazishga ruxsat beriladi, bunda CEDAW ishtirokchi davlatlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi muntazam ravishda oʻtkaziladigan sessiyalar sonini belgilab beradi[44]. Bundan tashqari, maxsus sessiyalar konvensiya ishtirokchisi boʻlgan davlat yoki qoʻmitaning koʻpchilik aʼzolari iltimosiga binoan ham oʻtkazilishi mumkin[44]. Bugungi kunga qadar umumiy yetmish ikkita sessiya oʻtkazilgan boʻlib, oxirgi sessiya 2019-yil 18-fevraldan 9-martgacha boʻlib oʻtgan[45]. Birinchi oʻttiz toʻqqizta sessiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi shtab- kvartirasida, qirqinchi va undan keyingi sessiyalar esa Jenevadagi Millatlar saroyida boʻlib oʻtgan[45]. Qoʻmita oʻzining muntazam ravishda oʻtkaziladigan sessiyalarida CEDAWga aʼzo davlatlarning unga rioya qilish va uning gʻoyalarini oʻz mamlakatlarida amalga oshirish borasidagi yutuqlari toʻgʻrisida hisobotlarini eshitadi[46]. Shuningdek, qoʻmita sessiya oldidan ish guruhlarini tuzib, keyingi sessiyada koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan muammo va masalalarni muhokama qiladi.

BMT shtab-kvartirasi

CEDAW Konvensiyasi ishtirokchi davlatlarning konvensiya kuchga kirganidan keyin bir yil ichida va undan keyin kamida har toʻrt yilda bir marta hisobot taqdim etish majburiyatini oʻz boʻyniga oladi. Aʼzo davlatlar tomonidan CEDAW qoʻmitasiga taqdim etilgan batafsil hisobotlarda ular oʻz majburiyatlarini qay darajada bajarganliklari toʻgʻrisidagi qiyosiy maʼlumotlar keltiriladi. Hisobotlarda hukumatlarning shartnoma masalalari boʻyicha majburiyatlari ham keltirib oʻtiladi[4]. Bundan tashqari ishtirokchi davlatlar ularga berilgan tavsiyalarni hisobga olgan holda Konvensiyaning har bir qoidasini oʻz qoidalari doirasida birma-bir baholaydilar. Ikkinchi va keyingi hisobotlar birinchi hisobotlar baholanganidan keyingi erishilgan yutuqlarni oʻz ichiga oladi.

CEDAWning 18-moddasiga binoan, davlatlar oʻz shtatlarida CEDAWni amalga oshirishda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida qoʻmitaga hisobot berishlari kerak[47]. Qoʻmitaning faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning aksariyati ushbu hisobotlardan olinganligi sababli, davlatlarga toʻgʻri va foydali hisobotlarni tayyorlashda yordam berish uchun maxsus koʻrsatmalar ishlab chiqilgan[48]. Hisobot beruvchi davlatlardagi ayollarga nisbatan kamsitishning hozirgi manzarasini muhokama qiluvchi dastlabki hisobotlarda CEDAWning har bir moddasiga alohida toʻxtalib oʻtilishi kerak va ular umumiy hisobda yuz sahifadan oshmasligi kerak[47]. Davlatlar ushbu dastlabki hisobotlarni CEDAWni ratifikatsiya qilganidan keyingi bir yil ichida tayyorlashlari va taqdim etishlari shart[49]. Davlatning CEDAW moddalariga rioya qilish borasidagi yutuqlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi davriy hisobotlar hajmi yetmish besh sahifadan oshmasligi va shtatning oxirgi hisobotidan keyingi maʼlum vaqt davriga eʼtibor qaratilishi kerak[47]. CEDAWga aʼzo davlatlar, odatda, har toʻrt yilda bir marta davriy hisobotlarni taqdim etishlari shart, ammo agar qoʻmita ushbu shtat faoliyatiga shubha bildirgan taqdirda istalgan vaqtda hisobotni soʻrashlari mumkin[49].

Qoʻmita hisobot kutilayotgan vaqt, hisobotning dastlabki yoki davriy ekanligi (dastlabki hisobotlarga koʻproq ustuvorlik berilgan) va hisobot qaysi mintaqadan olinganligi kabi omillarni hisobga olgan holda aynan qanday turdagi hisobotlar zarurligini tanlaydi[50]. Har bir sessiya davomida sakkizta shtat oʻz hisobotlarini taqdim etilishi taklif qilinadi va hujjat taqdim etilayotgan vaqtda shtat vakilining ishtirok etishi talab qilinadi[50]. Muddati oʻtgan hisobotlarning koʻpligi tufayli qoʻmita shtatlarni oʻzlarining barcha hisobotlarini bitta hujjatga birlashtirishga chaqiradi va hisobotlari besh yilga kechikkan shtatlarga eslatmalar yuboradi[50] CEDAW, shuningdek, qoʻmitadan oʻz faoliyati, davlatlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarga oid sharhlar, CEDAWning ixtiyoriy bayonnomasi bilan bogʻliq maʼlumotlar va qoʻmita bergan boshqa umumiy takliflar yoki tavsiyalarni oʻz ichiga olgan yillik hisobotni taqdim etishini ham talab qiladi[50]. Ushbu hisobot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash orqali beriladi[50]. Qoʻmitaga tegishli barcha hisobotlar, kun tartibi va boshqa rasmiy hujjatlar, shu jumladan, shtatlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, agar qoʻmita tomonidan boshqacha qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamoatchilikka taqdim etiladi[50].

CEDAW qoʻmitasi ishtirokchi davlatlarga Konvensiyaning ayrim moddalarini tushunishni osonlashtirish va Konvensiya qanday qoʻllanilishini koʻrsatish borasida tavsiyalar berish huquqiga ega. 2021-yil holatiga koʻra, Qoʻmita aʼzo davlatlarga 38 ta turli xil tavsiyalar berib kelgan. Dastlabki oʻn yil ichida qisqa va sodda boʻlgan tavsiyalar qoʻmitaning 1991-yil 10-sessiyasida qabul qilingan qarordan soʻng ancha batafsil va keng qamrovli shaklda tayyorlana boshlandi, shuningdek, aniq vaqtda Konvensiyaning tavsiyalari ishtirokchi davlatlar uchun maxsus qoʻllanma boʻlib ham xizmat qila boshladi. Umumiy tavsiyani shakllantirish turli nodavlat tashkilotlar va BMTning boshqa organlari bilan birgalikda tavsiyanomadagi mavzu boʻyicha qoʻmita oʻrtasidagi muloqotdan boshlanadi[51]. Keyin tavsiyanoma qoʻmita aʼzosi tomonidan ishlab chiqiladi, keyingi sessiyada muhokama qilinadi va qayta koʻrib chiqiladi. Shundan soʻng, nihoyat, keyingi sessiyada qabul qilinadi[51].

Qoʻmita tomonidan berilgan eng muhim va keng qamrovli tavsiyalardan biri 1991-yil 10-sessiyada qabul qilingan 19-sonli maxsus tavsiyadir. Konvensiyada zoʻravonlik toʻgʻridan-toʻgʻri qayd etilmagan boʻlsa-da, kamsitilish taʼrifi 19-sonli tavsiyada zoʻravonlikni oʻz ichiga olishi haqidagi maʼlumotlar bilan kengaytirilgan, shuningdek, gender tengligiga qarshi qaratilgan zoʻravonlik konvensiya qoidalarini buzish deb hisoblanishi ham nazarda tutilgan. Ishtirokchi davlatlar nafaqat hukumat tomonidan yoki uning nomidan amalga oshirilgan zoʻravonlik, balki ayollarning shaxsiy hayotida ular eng koʻp duchor boʻladigan kamsitishlarning oldini olishga majburdirlar[4].

  • 1-sonli umumiy tavsiyada (1986) hisobot berish boʻyicha koʻrsatmalar muhokama qilinadi[52].
  • 2-sonli umumiy tavsiyada (1987) hisobot berish boʻyicha koʻrsatmalar muhokama qilinadi[52].
  • 3-sonli umumiy tavsiyada (1987) taʼlim va ommaviy axborot dasturlari muhokama qilinadi[52].
  • 4-sonli umumiy tavsiyada (1987) rezervatsiyalar muhokama qilinadi[52].
  • 5-sonli umumiy tavsiya (1988) vaqtinchalik ijtimoiy chora-tadbirlarni muhokama qiladi[52].
  • 6-sonli umumiy tavsiyada (1988) samarali milliy texnika va ommaboplik muhokama qilinadi[52].
  • 7-sonli umumiy tavsiyada (1988) resurslar muhokama qilinadi[52].
  • 8-sonli umumiy tavsiya (1988) 8-moddani muhokama qiladi[52].
  • 9-sonli umumiy tavsiya (1989) statistik maʼlumotlarni muhokama qiladi[52].
  • 10-sonli umumiy tavsiya (1989) CEDAW qabul qilinganining oʻn yilligini muhokama qiladi[52].
  • 11-sonli umumiy tavsiyada (1989) hisobot berish uchun texnik maslahat xizmatlari muhokama qilinadi[52].
  • 12-sonli umumiy tavsiya (1989) ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida gapiradi[52].
  • 13-sonli umumiy tavsiyada (1989) bir xil qiymatdagi ish uchun teng haq toʻlash muhokama qilinadi[52].
  • 14-sonli umumiy tavsiya (1990) ayollarni sunnat qilish haqida gapiradi[52].
  • 15-sonli umumiy tavsiya (1990) ayollar va OITS haqida gapiradi[52].
  • 16-sonli umumiy tavsiyada (1991) qishloq va shahar oilaviy korxonalarida ish haqi toʻlanmaydigan ayollar haqida soʻz boradi[52].
  • 17-sonli umumiy tavsiya (1991) ayollarning toʻlanmagan uy-roʻzgʻor ishlarini oʻlchash va malakasini aniqlash va ularning YaIMda tan olinishi haqida gapiradi[52].
  • 18-sonli umumiy tavsiya (1991) nogiron ayollar haqida gapiradi[52].
  • 19-sonli umumiy tavsiya (1992) ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida gapiradi[52]. Xususan, unda aytilishicha, kamsitishning taʼrifi genderga asoslangan zoʻravonlikni, yaʼni ayol ayol boʻlgani uchun unga qarshi qaratilgan yoki ayollarga nomutanosib ravishda taʼsir qiladigan zoʻravonlikni oʻz ichiga oladi[52].
  • 20-sonli umumiy tavsiyada (1992) rezervatsiyalar muhokama qilinadi[52].
  • 21-sonli umumiy tavsiyada (1994) nikoh va oilaviy munosabatlarda tenglik muhokama qilinadi[52].
  • 22-sonli umumiy tavsiyada (1995) Konvensiyaning 20-moddasi muhokama qilinadi[52].
  • 23-sonli umumiy tavsiya (1997) siyosiy va jamoat hayotida ayollarning oʻrni haqida gapiradi[52].
  • 24-sonli umumiy tavsiya (1999) ayollar va ularning salomatligi haqida gapiradi[52].
  • 25-sonli umumiy tavsiyada (2004) vaqtinchalik maxsus choralar muhokama qilinadi[53].
  • 26-sonli umumiy tavsiyada (2008) mehnat migrant ayollari muhokama qilinadi[54].
  • 27-sonli umumiy tavsiyada (2010) keksa ayollar va ularning inson huquqlarini himoya qilish muhokama qilinadi[55].
  • 28-sonli umumiy tavsiyada (2010) ishtirokchi davlatlarning 2-modda boʻyicha asosiy majburiyatlari muhokama qilinadi[56]. Bu yerda Qoʻmita 2-moddaga qoʻyilgan izohlar konvensiyaning obyekti va maqsadiga toʻgʻri kelmasligi va shuning uchun 28-moddaga muvofiq yoʻl qoʻyilmasligini taʼkidlaydi[56]. Qoʻmita ishtirokchi davlatlarni 2-moddaga qoʻyilgan har qanday izohlarni imkon qadar tezroq olib tashlashga undaydi[56].
  • 29-sonli umumiy tavsiyada (2013 yil) nikoh, oilaviy munosabatlar va ularni bekor qilishning iqtisodiy oqibatlari muhokama qilinadi[57].
  • 30-sonli umumiy tavsiyada (2013) ayollar nizolarining oldini olish, munozara va mojarodan keyingi vaziyatlarda muhokama qilinadi[58][59]. Qoʻmita, shuningdek, ratifikatsiya qiluvchi davlatlar nodavlat subyektlar, masalan, qurolli guruhlar va xususiy xavfsizlik pudratchilari ayollarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishini taʼminlashda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari kerakligini taʼkidlaydi[59].
  • 31-sonli umumiy tavsiya (2014) zararli amaliyotlarni muhokama qiladigan Bola huquqlari boʻyicha qoʻmita bilan qoʻshma tavsiya[60]. Qoʻmita birinchi marta Bolalar huquqlari boʻyicha qoʻmita bilan birlashdi va ayollar hamda qizlarga nisbatan zararli amaliyotlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha davlatlar oldidagi majburiyatlarning keng qamrovli talqinini eʼlon qildi[61].
  • 32-sonli umumiy tavsiya (2014) qochoqlik maqomi, boshpana, fuqarolik va ayollar fuqaroligi yoʻqligining gender bilan bogʻliq oʻlchovlarini muhokama qiladi[62].

Ayni paytda qoʻmita global migratsiya sharoitida ayollar va qizlar savdosi boʻyicha Umumiy tavsiyanoma ustida ishlamoqda.

Komissiya tarkibidagi oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki oʻn yil davomida qoʻmita faoliyati hozirgidan sezilarli darajada farq qilgan. CEDAW tomonidan qoʻmitaga eʼtiroz bildirishning yagona shakli ularning umumiy tavsiyalari va hisobotdan keyingi yakuniy izohlar edi[63]. 1991-yilda ayollarning inson huquqlari boʻyicha global kampaniyaning paydo boʻlishi munosabati bilan qoʻmita faoliyatini qayta tiklab, CEDAWga koʻproq eʼtibor qaratildi[63]. Qoʻmita CEDAWga yiliga bir martadan koʻproq yigʻilish imkonini beradigan oʻzgartirishlar kiritdi va 1997-yildan beri kamida ikki marta yigʻilish oʻtkazib keladi[63]. Qoʻmita dastlab oʻzining yillik sessiyalarida atigi ikki hafta yigʻilgan, ammo endilikda bu yigʻilishlar yiliga bir necha marotaba oʻtkaziladigan oʻn sakkiz kunlik sessiyalarga oʻzgartirildi[64]. CEDAW, shuningdek, agar davlat CEDAW moddalarini jiddiy ravishda buzayotgan deb hisoblasa, qoʻmitaga surishtiruv ishlarini boshlash imkonini beruvchi yangi shikoyat va surishtiruv jarayonlarini qoʻlga kiritdi[63].

Yaxshilash boʻyicha tavsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻmita ilk marotaba tashkil etilganidan beri rivojlanib kelayotganiga qaramay, aʼzolarning fikricha, qoʻmitaning CEDAWda koʻrsatilgan maqsadlarga erishishning samaraliroq yoʻllari bor[65]. Qoʻmitaning oldinga siljishdagi asosiy maqsadlaridan biri uning axborot bazasini kengaytirish, bu esa CEDAW bilan bogʻliq yuzaga keladigan muammolarni yanada ijobiy hal qilish imkonini beradi[65]. Qoʻmita CEDAWning 22-moddasiga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi kabi BMTning ixtisoslashgan muassasalari koʻrib chiqilayotgan davlatdagi ayollar huquqlari masalalarini muhokama qiluvchi hisobotlarni taqdim etish uchun taklif bildirish huquqiga ega[65]. Maʼlumot toʻplashning yana bir usuli bu muhokama qilinayotgan mamlakatda faoliyat yuritayotgan ayollarga nisbatan kamsitish bilan shugʻullanuvchi nodavlat tashkilotlardan hisobotlarni soʻrashdir[65]. Bu usul qoʻmitaning hisobot beruvchi davlat ichidagi ishlari haqida toʻliq, xolis maʼlumotni olishini taʼminlash uchun tavsiya etiladi[65].

Qoʻmitaning rasmiy tillari ingliz, arab, fransuz, rus va ispan tillari boʻlib, rasmiy tillardan birida qilingan har qanday bayonot boshqa toʻrt tilga ham tarjima qilinadi[66]. Rasmiy tillardan birini bilmaydigan maʼruzachi tarjimondan foydalanadi[66]. Qoʻmita tomonidan chiqarilgan barcha rasmiy qarorlar va hujjatlar rasmiy tillarning har birida taqdim etiladi[66]. Qoʻmita tomonidan qabul qilingan dastlabki tartib-qoidalarda arab tili rasmiy til sifatida hisoblanmagan, ammo qoʻmitalarning ikkinchi sessiyasida rasmiy tillar orasiga arab tilining ham qoʻshilishi bilan bogʻliq qoidalarga oʻzgartirish kiritilgan[67].

Qoʻmita aʼzolari va mas’ul xodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻmitaning 23 nafar aʼzosi boʻlib, ular ayollar muammolari boʻyicha ekspert sifatida taʼriflanadi[68]. Qoʻmita aʼzolari oʻzlarining milliy hukumatlari tomonidan tayinlanadi va konvensiyaga aʼzo davlatlar tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi[68]. Saylovda gʻalaba qozonib, mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgandan soʻng, qoʻmita aʼzolari tantanali deklaratsiya sifatida tanilgan quyidagi bayonotni oʻqiydilar: „Men kamsitishlarga barham berish boʻyicha qoʻmita aʼzosi sifatida oʻz vazifalarimni bajarishimni va vakolatlarimni amalga oshirishimni tantanali ravishda eʼlon qilaman. Ayollar sharafli, sodiq, xolis va vijdonlidirlar“[69]. Aʼzolar turli kasb egalari, jumladan shifokorlar, huquqshunoslar, diplomatlar va oʻqituvchilar boʻlib, kasblarining xilma-xilligi tufayli qoʻmitaga turli nuqtai nazarga koʻra fikrlarni taqdim etishadi[68]. Koʻpgina aʼzolar qoʻmitadan tashqarida ham oʻzlarining boshqa turdagi mehnat faoliyati bilan toʻliq shugʻullanishadi va qoʻmita bilan bogʻliq faoliyati uchun kichik mablagʻ bilan taʼminlanishadi[68].

Aʼzolar turli davlatlar fuqarolari boʻlishi mumkin. Ular Lotin Amerikasi va Karib oroli, Afrika, Osiyo, Gʻarbiy Yevropa va Sharqiy Yevropaga boʻlingan mintaqalar boʻyicha saylanadi[70]. Qoʻmita aʼzoligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa shartnoma organlari aʼzoligidan farq qiladi, chunki qoʻmitada bir nafar erkak aʼzodan tashqari barcha aʼzolar ayollar hisoblanadi[71]. Agar qoʻmita aʼzosi vakolat muddati tugagunga qadar qoʻmitadagi faoliyatini davom ettira olmasa, isteʼfoga chiqqan aʼzo fuqaro boʻlgan mamlakat boshqa bir ekspertni taklif qiladi[72]. Qoʻmita aʼzolari va ekspertlar, shuningdek, NNT Ayollar maqomi boʻyicha qoʻmitasi (NGO CSW/NY) tomonidan oʻtkaziladigan yillik tushlikda ishtirok etadilar, unda asosiy masalalar muhokama qilinadi va qoʻmita saʼy-harakatlari eʼtirof etiladi[73].

Qoʻmita xodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻmita xodimlari rais, uchta rais oʻrinbosari va maʼruzachidan iborat[74]. Qoʻmita xodimlari, qoʻmita aʼzolarini tayinlaydigan hukumatdan farqli oʻlaroq, qoʻmitaning boshqa aʼzosi tomonidan tayinlanadi[75]. Barcha mansabdor shaxslar koʻpchilik ovoz bilan ikki yillik vakolat muddatiga saylanadi va ularning muddati tugaganidan keyin qayta saylanish huquqiga ega boʻlib qoladi[76]. Raisning vazifalariga yigʻilishni ochiq yoki yopiq deb eʼlon qilish, sessiya muhokamasiga rahbarlik qilish, qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlarni eʼlon qilish, Bosh kotib bilan kelishilgan holda kun tartibini tayyorlash, sessiya oldi ishchi guruhlari aʼzolarini belgilash va qoʻmita vakili boʻlish kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti yigʻilishlarida ishtirok etish uchun qoʻmita taklif qilinadi[76]. Agar rais oʻz vazifalarini bajara olmasa, u oʻz vazifasini bajarish uchun raisning uchta oʻrinbosaridan birini tayinlaydi. Agar rais yoʻqligidan oldin rais oʻrinbosarini tayinlay olmasa, ingliz alifbosi tartibida birinchi ismi koʻrsatilgan rais oʻrinbosari tayinlanadi[76]. Agar mansabdor shaxs vakolat muddati tugagunga qadar qoʻmita aʼzoligida xizmat qilishni davom ettira olmasa, asl xodim bilan bir xil hududdan yangi xodim tayinlanadi, saylanadi va boʻshatilgan lavozimni egallaydi[76]. 2019-yil iyun holatiga koʻra qoʻmitada 23 ta aʼzo faoliyat yuritadi:

CEDAW qoʻmitasi aʼzolari[77]
Ism Davlat Mudati tugash davri
Gladys Acosta Vargas (rais oʻrinbosari)  Peru 2022
Hiroko Akizuki  Yaponiya 2022
Tamader Al-Rammah  Saudiya Arabistoni 2022
Nicole Ameline (rais oʻrinbosari)  Fransiya 2020
Gunnar Bergby  Norvegiya 2020
Marion Bethel Bagamalar Bagam orollari 2020
Louiza Chalal  Jazoir 2022
Esther Eghobamien-Mshelia Nigeriya bayrogʻi Nigeriya 2020
Naela Gabr  Misr 2022
Hilary Gbedemah (chairperson)  Gana 2020
Nahla Haidar  Livan 2020
Dalia Leinarte  Litva 2020
Rosario Manalo  Filippin 2020
Lia Nadaraia (Rapporteur)  Gruziya 2022
Aruna Devi Narain Mavrikiy Mavritsiya 2022
Ana Pelaez Narvaez  Ispaniya 2022
Bandana Rana (Vice-chairperson)    Nepal 2020
Rhoda Reddock  Trinidad va Tobago 2022
Elgun Safarov  Ozarbayjon 2022
Wenyan Song  Xitoy 2020
Genoveva Tisheva  Bolgariya 2022
Franceline Toe Bouda  Burkina Faso 2022
Aicha Vall Verges  Mavritaniya 2020

Ixtiyoriy protokol qarorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshimcha protokol konvensiyaga qoʻshimcha kelishuv boʻlib, uning ishtirokchilariga ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish boʻyicha qoʻmitaning jismoniy shaxslar tomonidan bildiriladigan shikoyatlarni koʻrib chiqish vakolatini tan olish imkonini beradi[78].

2000-yil 22-dekabrda kuchga kirgan Ixtiyoriy protokolda CEDAW Konvensiyasida koʻrsatilgan huquqlarni qoʻllash boʻyicha ishlar boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan qadamlar batafsil bayon etib oʻtiladi. Ikki xil alohida jarayon mavjud: bulardan birinchisi, CEDAWda huquqlarning buzilishi uchun individual yoki guruhli ariza berish jarayoni, ikkinchisi, ishtirokchi davlatlarga nisbatan tadqiqot, tergov va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan Qoʻmitaning koʻrib chiqish jarayoni. 2021-yil holatiga koʻra, Qoʻmita uchta ariza boʻyicha oʻz qaror va fikrlarini eʼlon qilgan edi. Shuningdek, Meksika boʻyicha maxsus ekspertiza ham oʻtkazilgan[4]. Ixtiyoriy protokol doirasida qabul qilingan qarorlar quyidagilardan iborat[4]:

  • Huquqlarning buzilishi toʻgʻrisidagi Ixtiyoriy protokol boʻyicha birinchi ariza 2002-yilda Germaniya fuqarosi tomonidan berilgan. Qoʻmita shikoyat borasida 2004-yil oʻz qarorini qabul qildi va arizachi oʻz mamlakatidagi barcha ichki himoya vositalariga murojaat qilmagan degan xulosaga kelindi.
  • Ikkinchi ariza Vengriyadagi sobiq eri tomonidan zoʻravonlikka uchragan va uni himoya qilish uchun hech narsa qilinmaganidan shikoyat qilgan ayoldan tomonidan kelgan. Qoʻmita ushbu ariza boʻyicha oʻz qarorini 2005-yil 26-yanvardagi 32-sessiyasida qabul qildi va vengriyalik arizachining Konvensiyada nazarda tutilgan huquqlarining buzilganligi, arizachining jismoniy va ruhiy daxlsizligini taʼminlash uchun shoshilinch va samarali choralar koʻrish kerakligi, uning xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qildi. Ayolning bolalariga aliment toʻlash va unga yetkazilgan jismoniy va ruhiy zararni qoplash uchun huquqiy yordam koʻrsatilishi belgilandi.
  • Uchinchi ariza boʻyicha 2006-yilgi 34-sessiyasida turkiyalik Rahime Kayhanning arizasi boʻyicha qoʻmita oʻz qarorini eʼlon qildi. Roʻmoli tufayli dinshunoslik fanidan dars bergan maktabdan haydalganligi va mehnat sharoiti boʻyicha huquqlari buzilgani haqidagi shikoyatni koʻrib chiqib, qoʻmita arizachini davlat idoralariga murojaat qilmaganini taʼkidlab, arizani qabul qilib boʻlmaydi degan qarorga keldi[79].
  • Qoʻmita 2004-yil iyul oyidagi 31-sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, 1993-yildan beri 230 dan ortiq ayolning oʻgʻirlab ketilgan, zoʻrlangan va oʻldirilgan Meksikaning Syudad-Xuarez shahridagi Chihuahua mintaqasida oʻz tekshiruvlarini amalga oshirdi. Tekshiruv natijasiga koʻra davlatning barcha koʻrilayotgan chora-tadbirlar nihoyatda noadekvat va samarasiz ekanligi aniqlanib, zarur tavsiyalar berildi. Meksika hukumati tomonidan yuborilgan rasmiy javobda ayollarga nisbatan huquqbuzarliklar mavjudligi tan olindi va bu muammoni hal qilish boʻyicha saʼy-harakatlarini tobora koʻproq davom ettirish majburiyatini oʻz boʻyniga olganini taʼkidlab oʻtdi.

CEDAW atrofidagi bahs-munozaralar ikki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelib chiqadi: ijtimoiy va diniy konservatorlar, ular CEDAW anʼanaviy qadriyatlarga zarar yetkazgan holda mamlakatlarga liberal, progressiv, feministik standartni oʻrnatishga harakat qiladilar va radikal feministlar CEDAWning jamiyatlarni tubdan oʻzgartirish va ayollarni chinakam ozod qilish kuchiga va hatto istagiga shubha bilan qaraydilar va CEDAW boshqa asosiy tashkilotlarga oʻxshash zaif liberal feminizm shakliga amal qiladi, deb daʼvo qiladilar. Ular, shuningdek, BMT aʼzolari kambagʻal, konservativ, diniy yoki zaiflar qadriyatlarini ifodalovchi maqsadlarni yarata olmaydilar, chunki BMT rasmiylari yoki xodimlarining soni juda kam deya daʼvo qiladilar[80][81][82].

2016-yilda Skandinaviya mamlakatlaridan koʻrsatilgan nomzod Gunnar Bergby Norvegiya hukumati tomonidan radikal gender kvotalaridan foydalanganishda „malakaliroq“ deya taʼrif berilishi bahs-munozaralarga sabab boʻldi va CEDAW eksperti Anne Hellumning nomzodi barcha yirik ayollar huquqlari boʻyicha nodavlat-notijorat tashkilotlari va Skandinaviya mamlakatlaridagi ayollar huquqi boʻyicha tadqiqot muhiti, shuningdek, Nordik qoʻmitasining isteʼfodagi aʼzosi Niklas Bruun tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Natijada Bergbyning nomzodi barcha shimoliy mamlakatlardagi ayollar huquqlari boʻyicha nodavlat tashkilotlar va ekspertlar tomonidan „keng qoralandi“. Bergby Skandinaviya mamlakatlaridan qoʻmita aʼzoligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan qatorasiga uchinchi erkak boʻldi, biroq 1990-yillardan beri Skandinaviya mamlakatlaridan birorta ham ayol nomzodi koʻrsatilmadi. Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi ayollar huquqlarini himoya qiluvchi nohukumat tashkilotlarga erkaklarning ovoziga ehtiyoj tufayli uchinchi marotaba erkak kishining nomzodligini istashlari uchun prinsipial ravishda ayol nomzodini koʻrsatishdan bosh tortganliklarini aytdi. Oslo universiteti huquq professori Ceciliya Baillietning taʼkidlashicha, Skandinaviya mamlakatlaridagi ayollar huquqlari boʻyicha nodavlat-notijorat tashkilotlari Bergbyning „malakaliroq“ ayolga nomzod sifatida koʻrsatilishidan hayratda qolishgan va Norvegiya gender tengligi boʻyicha oʻz majburiyatlarini, shuningdek, Norvegiya qonunini buzgan[83][84][85][86].

2019-yilda andorralik inson huquqlari aktivisti Vanessa Mendoza Cortés Andorrada abortni dekriminallashtirish boʻyicha CEDAWga maxsus ishini taqdim etdi va keyinchalik Andorra hukumati tomonidan tuhmat aybi bilan sudga tortilgan[87][88][89].

  1. „United Nations Treaty Collection“. United Nations. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Declarations, Reservations and Objections to CEDAW“. United Nations. 2011-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Birleşmiş Milletler Kadınlara Karşı Her Türlü Ayrımcılığın Ortadan Kaldırılmasına Dair Sözleşme (Öngörülen Haklar ve Öngörülen Usuller“. ÜHF Mecmuası, Cilt 62, Sayı 1-2, Yıl 2004. 10 haziran 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 „Birleşmiş Milletler kadınlara karşı her türlü ayrımcılığın önlenmesi sözleşmesi ve denetim mekanizması“. Bilgisi: Ankara Üniversitesi / Sosyal Bilimler Enstitüsü yüksek lisans tezi 2006. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  5. „OHCHR | Membership“. ohchr.org. 2013-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  6. Henkin, Louis. Human Rights. Foundation Press, 2009 — 221-bet. 
  7. 7,0 7,1 „40 Yılda CEDAW: Neler öğrendik ve Neler Değişti“. Boell.org 18 Aralık 2019. 10 haziran 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 nisan 2021.
  8. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  9. 9,0 9,1 „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  10. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  11. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  12. 12,0 12,1 „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  13. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  14. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  15. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  16. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  17. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  18. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  19. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  20. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  21. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  22. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  23. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. ohchr.org. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  24. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women (CEDAW) Articles – GOV.UK“. gov.uk. 2017-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  25. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women (CEDAW) Articles – GOV.UK“. gov.uk. 2017-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  26. „Ensuring Accountability to UNSCR 1325 and 1820 using CEDAW reporting mechanisms“. gnwp.org. Global Network of Women Peacebuilders (2010-yil noyabr). 2012-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyul.
  27. GNWP-ICAN. „Written Statement submitted to CEDAW on the occasion of the General Discussion on Women in Conflict and Post-conflict Situations“. gnwp.org. Global Network of Women Peacebuilders (GNWP) – International Civil society Action Network (ICAN) (2011-yil 18-iyul). 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-avgust.
  28. UNIFEM (2006). "CEDAW and Security Council Resolution 1325: A Quick Guide". Women, Peace & Security. Archived from the original on 26 August 2014. https://web.archive.org/web/20140826120303/http://www.unrol.org/files/CEDAWandUNSCR1325_eng.pdf. Qaraldi: 25 August 2014. Ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya]]
  29. „Ensuring Accountability to UNSCR 1325 and 1820 using CEDAW reporting mechanisms“. gnwp.org. Global Network of Women Peacebuilders (2010-yil noyabr). 2012-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyul.
  30. „CEDAW with UNSCR 1325 and 1820“. 2013-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  31. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  32. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  33. Note: See New Zealand No 47 Declarations and Reservations New Zealand has signed this treaty on behalf of Niue.
  34. Government Information Office, Republic of China (Taiwan). „Taiwan Aims to Sign Up Against Discrimination.“ 8 September 2006.
  35. „Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  36. „Why Won't the U.S. Ratify the CEDAW Human Rights Treaty?“. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  37. Baldez, Lisa, Why Hasnʼt the US Ratified the UN Womenʼs Rights Convention? Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. (2011). APSA 2011 Annual Meeting Paper
  38. „Background, Cities for CEDAW“ (en-US). Cities for CEDAW. 2018-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  39. „CEDAW 29th Session 30 June to 25 July 2003“. United Nations. 2011-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  40. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Fact Sheet No. 22, Discrimination Against Women: The Convention and the Committee“. United Nations. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  41. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Fact Sheet No. 22, Discrimination Against Women: The Convention and the Committee“. United Nations. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  42. 42,0 42,1 United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. The Work of CEDAW: Reports of the Committee on the Elimination of Discrimination against Women. New York: United Nations, 1989 — 5-bet. ISBN 9211301327. 
  43. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  44. 44,0 44,1 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  45. 45,0 45,1 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Committee on the Elimination of Discrimination against Women – Sessions“. United Nations. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-noyabr.
  46. United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. „Report of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  47. 47,0 47,1 47,2 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  48. United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. „Overview of the current working methods of the Committee on the Elimination of Discrimination against Women“. United Nations. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  49. 49,0 49,1 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Fact Sheet No. 22, Discrimination Against Women: The Convention and the Committee“. United Nations. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  50. 50,0 50,1 50,2 50,3 50,4 50,5 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  51. 51,0 51,1 United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. „Overview of the current working methods of the Committee on the Elimination of Discrimination against Women“. United Nations. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  52. 52,00 52,01 52,02 52,03 52,04 52,05 52,06 52,07 52,08 52,09 52,10 52,11 52,12 52,13 52,14 52,15 52,16 52,17 52,18 52,19 52,20 52,21 52,22 52,23 52,24 „General recommendations made by the Committee on the Elimination of Discrimination against Women“. United Nations. 2015-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  53. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General Recommendation No. 25“. United Nations (2004). 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  54. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General Recommendation No. 26“. United Nations (2008-yil 5-dekabr). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  55. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General recommendation No. 27 on older women and protection of their human rights“. United Nations (2010-yil 16-dekabr). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  56. 56,0 56,1 56,2 Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General recommendation No. 28 on the core obligations of States parties under article 2 of the Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. United Nations (2010-yil 16-dekabr). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  57. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General Recommendation No. 29“. United Nations (2013). 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  58. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General Recommendation No. 30“. United Nations (2013). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  59. 59,0 59,1 „OHCHR -“. ohchr.org. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  60. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General Recommendation No. 31“. United Nations (2014). 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  61. „UN human rights experts set out countries' obligations to tackle harmful practices such as FGM and forced marriage“. United Nations Human Rights, Office of the High Commissioner for Human Rights (2014-yil 5-noyabr). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-noyabr.
  62. Committee on the Elimination of Discrimination against Women. „General recommendation No. 32 on the gender-related dimensions of refugee status, asylum, nationality and statelessness of women“. United Nations (2014-yil 14-noyabr). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  63. 63,0 63,1 63,2 63,3 Reilly, Niamh. Women's human rights : seeking gender justice in a globalizing age, Reprinted., Cambridge: Polity Press, 2009 — 62-bet. ISBN 9780745637006. 
  64. United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. „Report of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  65. 65,0 65,1 65,2 65,3 65,4 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Fact Sheet No. 22, Discrimination Against Women: The Convention and the Committee“. United Nations. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  66. 66,0 66,1 66,2 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  67. United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. The Work of CEDAW: Reports of the Committee on the Elimination of Discrimination against Women. New York: United Nations, 1989 — 5-bet. ISBN 9211301327. 
  68. 68,0 68,1 68,2 68,3 Merry, Sally Engle. Human rights and gender violence : translating international law into local justice, [Nachdr.]., Chicago [u.a.]: Univ. of Chicago Press, 2006 — 82-bet. ISBN 0226520730. 
  69. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  70. Merry, Sally Engle. Human rights and gender violence : translating international law into local justice, [Nachdr.]., Chicago [u.a.]: Univ. of Chicago Press, 2006 — 82-bet. ISBN 0226520730. 
  71. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Fact Sheet No. 22, Discrimination Against Women: The Convention and the Committee“. United Nations. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  72. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  73. „NGO CSW, NY / About / How We Work“. Ngocsw.org (2011-yil 26-iyul). 2011-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  74. U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Membership of the Committee on the Elimination of Discrimination against Women“. OHCHR. 2013-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  75. United Nations Committee on the Elimination of Discrimination Against Women. The Work of CEDAW: Reports of the Committee on the Elimination of Discrimination against Women. New York: United Nations, 1989 — 5-bet. ISBN 9211301327. 
  76. 76,0 76,1 76,2 76,3 U.N. Office of the High Commissioner for Human Rights. „Rules of Procedure of the Committee on the Elimination of Discrimination Against Women“. United Nations. 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  77. „Membership“. ohchr.org. 2013-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  78. Optional Protocol to the Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., Article 1.
  79. „Türbanı yüzünden atılan öğretmene bir ret de BM’den“. Hurriyet.com 11 Nisan 20906. 10 haziran 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 nisan 2021.
  80. Radlay, Frances (30 March 2012). "Gender and democratic citizenship: the impact of CEDAW". International Journal of Constitutional Law 10 (2): 512–530. doi:10.1093/icon/mor068. Archived from the original on 4 June 2018. https://web.archive.org/web/20180604051613/https://academic.oup.com/icon/article/10/2/512/666068. Qaraldi: 9 August 2017. Ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya]]
  81. „Archived copy“. 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
  82. „Archived copy“. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
  83. Bailliet, Cecilia. „A Call for Transparency in Nominations to International Committees and Tribunals“. Voices on international law, policy, practice (2016-yil 15-mart). 2020-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  84. Skjeie, Hege; Hernes, Helga. „Ikke til å tro“. Dagens Næringsliv (2016-yil 2-aprel). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  85. „Forbigår den beste: Driver Utenriksdepartementet (UD) radikal kjønnskvotering av menn – som er forbudt i arbeidslivet?“. Dagens Næringsliv (2016-yil 31-mart). 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  86. „Oppnevnte mann til kvinnekomité“. Advokatbladet. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  87. „Change is inevitable: people demand the human right to access safe abortion across Europe – Amnesty International“ (2021-yil 19-noyabr). 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  88. „Andorre : la militante des droits des femmes Mendoza Cortés devant le juge“ (2021-yil 7-sentyabr). 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  89. „Criminalisation against Stop Violències | Front Line Defenders“ (2021-yil 21-avgust). 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.