Buyuk Yekaterina (Fabergé tuxumi)
Buyuk Yekaterina Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1914 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Hillwood muzeyi |
Sotib olish yili | 1973 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Henrik Wigström |
Foydalanilgan materiallar | Oltin,emal,olmos |
Boʻyi | 121 mm |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | Buyuk Yekaterina o'tirgan sedan stoli |
Buyuk Yekaterina tuxumi Grisaille tuxumi va pushti kameo tuxumi sifatida ham tanilgan Imperial Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi. Buyuk Yekaterina tuxumi rus imperator oilasi uchun Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan ellik ikkita marvaridli sirlangan Pasxa tuxumlaridan biridir.
Buyuk Yekaterina tuxumi qirolicha Maria Feodorovna uchun 1914-yilgi Pasxa sovgʻasi boʻlgan. Maria Feodorovnaning oʻgʻli podshoh Nikolay II tomonidan har yili ikkita Pasxa tuxumi, biri onasi va ikkinchisi xotini uchun doimiy buyurtma qilingan.
Buyuk Yekaterina tuxumini „Fabergé ustaxonasining soʻnggi bosh ustasi“ Henrik Wigström tayyorlagan. Buyuk Yekaterina tuxumi oyoqli stendda joylashtirilgan. Buyuk Yekaterina tuxumining yuza qismida fransuz rassomi Fransua Baucherga qalamiga mansub miniatyura sahnalari kameo uslubida boʻyalgan pushti emal panellarga joylashtirilgan.
Dowager imperatori oʻz singlisi, Buyuk Britaniya qirolichasi Alexandraga yozgan maktubida tuxumni tasvirlab bergan[1]:
U [Nikolay II] menga xat yozdi va menga eng chiroyli Pasxa tuxumini sovgʻa qildi. Tuxumni Fabergéning oʻzi olib keldi. Bu pushti emalli va boshiga kichkina toj kiygan imperator Yekaterinani sedan stulida ikki negr koʻtarib yurgan haqiqiy sanʼat asari edi. Siz mexanizmni harakatga keltirsangiz negrlar yurishadi: bu aqlbovar qilmaydigan goʻzal va ajoyib ish. Fabergé – zamonamizning eng buyuk dahosi. Men unga aytdim: Vous êtes un génie incomparable..
Buyuk Yekaterina tuxuminining oʻziga xosligi (yaʼni sovgʻasi) "ikki negr koʻtarib yurgan, ichida Buyuk Yekaterina oʻtirgan mexanik sedan stuli " edi[2].
Buyuk Yekaterina tuxumini Vashingtondagi Hillwood muzeyidagi Marjorie Merriweather Post kolleksiyasining bir qismini tashkil qiladi[3].
Buyuk Yekaterina tuxuminining 1914-yildagi Pasxa kunidagi hamkasbi (Imperator Alexandra Fedorovnaga taqdim etilgan) Mozaika tuxumi boʻlib, u hozir Londondagi Qirollik kolleksiyasida saqlanadi .
Buyuk Yekaterina tuxuminining stendi 1940-yilda Marjorie Merriweather Post tomonidan 1898-yildagi Pelikan tuxumi uchun foydalanishga topshirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Habsburg, Geza von. Fabergé: Fantasies & Treasures. London: Aurum Press, 1996. ISBN 978-1-85410-422-9.
- ↑ „CATHERINE THE GREAT EASTER EGG | Hillwood Estate, Museum and Garden“. Hillwoodmuseum.org (2002-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
- ↑ „CATHERINE THE GREAT EASTER EGG | Hillwood Estate, Museum and Garden“. Hillwoodmuseum.org (2002-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.