Kontent qismiga oʻtish

Hamdan Qarmat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamdan Qarmat ibn al-Ash'at
حمدان قرمط بن الأشعث
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 899 yoki keyinroq
Dini Shialik
Mazhab Ismoilizm
Diniy oqimi Qarmatlar

Hamdan Qarmat ibn al-Ash’as (arabcha: حمدان قرمط بن الأشعث; milodiy 874 – 899-yil) ismoilizmning qarmat tariqatining asoschisi. Dastlab Quyi Iroqdagi bosh ismoiliy missioner (dāī), 899-yilda Saʼid ibn al-Husayn (boʻlajak birinchi Fotimiy xalifasi tomonidan qoʻlga olingandan keyin Salamiyadagi harakat rahbarlari bilan janjallashgan. Sababi uning izdoshlari bu harakatdan ajralib chiqishgan. Keyinchalik Hamdan gʻoyib boʻlgan, ammo uning izdoshlari bir necha oʻn yillar davomida Suriya choʻli va al-Bahraynda oʻz tariqatlarini rivojlantirishgan.

Hamdanning yoshligi haqida maʼlumotlar mavjud emas, faqatgina u Kufaning sharqidagi Furat Badaqla tumanidagi al-Dur qishlogʻida voyaga yetgani maʼlum[1][2]. U hoʻkiz haydab, yuk tashish bilan shugʻullangan. Hamdan missioner (dāī) al-Husayn al-Ahvaziy tomonidan ismoiliylik taʼlimotiga oʻtishi bilan hayotida oʻzgarishlar boʻla boshlagan[1]. Uning hayoti haqidagi oʻrta asr manbalariga koʻra, bu voqea hijriy 261 (milodiy 874/875) yoki 264 (milodiy 877/878) yilda yoki shu yillar atrofida sodir boʻlgan[1][2].

Uning „Qarmat“ familiyasi oromiy tilidan olingan boʻlishi mumkin. Manbalarda uning turli shakl va maʼnolari qayd etilgan. Jumladan, at-Tabariyning yozishicha, uning ismi Karmītah, „qizil koʻzli“; an-Navbaxtiy va Nizom al-Mulk qoʻlyozmalariga koʻra, kichik Qarmāṭūya, boshqa olimlar talqinida ismning „oyoqlari kalta“ degan maʼnoni anglatishini taxmin qilingan[1][3]. Anʼanaga koʻra, Hamdanning izdoshlari uning sharafiga „Qarmat odamlari“ – „Qarāmiṭa“ (yakka Qarmaṭī) deb nomlangan[1][4]. Biroq, 873/874-yillarda vafot etgan oʻn ikki shia olimidan biri al-Fadl ibn Shadxon „qarmatiy“ taʼlimotlarini rad etgan. Demak, Hamdan yo manbalarda qayd etilgan vaqtdan bir necha yil oldin faollashgan, yoki oʻz familiyasini mazhabdan olgan[4][5].

IX asr oxiridagi Iroq xaritasi
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Madelung & Halm 2016.
  2. 2,0 2,1 Daftary 2007, s. 107.
  3. Daftary 2007, ss. 107–108.
  4. 4,0 4,1 Daftary 2007, s. 108.
  5. Madelung 1978, s. 660.