Kontent qismiga oʻtish

Max Planck

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Maks Plankdan yoʻnaltirildi)
Max Planck
Tavalludi 23-aprel 1858[1]
Vafoti 4-oktyabr 1947
Fuqaroligi Germaniya imperiyasi, Veymar Respublikasi, Uchinchi reyx va Bizone
Otasi Wilhelm von Planck

Maks Plank (talaffuzi: Maks Plank) (nemischa: Max Karl Ernst Ludwig Planck ; 1858.23.4, Kil - 1947.4.10, Gyottingen) — nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariya asoschilaridan biri. Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1894-yildan). Myunxen (1874—77) va Berlin (1877—78) universitetlarida oʻqigan. Myunxen universitetida oʻqituvchi (1880— 85), Kil (1885-yildan) va Berlin (1889-yildan) universitetlari professor, London Qi roll i k ja-miyati aʼzosi (1926). Ilmiy ishlari termodinamika va issiqlik nurlani-~ shiga oid. Termodinamikaning ikkinchi qonunini asosladi (1879) va koʻpgi-na fizikkimyoviy jarayonlarni yechishda, xususan, gazlar va kuchsiz eritmalar dissotsiatsiyasiga termodinamika qonunlarini tatbiq qildi (1883—88). 1900-yilda nur chiqarayotgan tizim — ossillyatorning nurlanishi uzlukli kattalik (hv) ekanligini faraz qildi (bunda v — nurlanish chastotasi, h — taʼsir kvanti yoki Plank doimiysi). Plank shu farazga asoslanib, klassik fizikaga tatbiq etib boʻlmaydigan mutlaq qora jismning elektromagnit nurlanishi spektrida energiya taqsimoti (Plank nurlanish krnuni)ni ifodalovchi formulani topdi. Plank doimiysining kiritilishi kvant fizika rivojlanishining boshlangʻich davri boʻldi.

Plankning nazariy tadqiqotlarida nisbiylik nazariyasiga oid ishlar muhim oʻrinni egallaydi. Xususan, u relyati-vistik dinamikaning tenglamasini keltirib chikardi (1906), termodina-mikani maxsus nisbiylik nazariyasi miqyosida tekshirib, u toʻgʻrisida umumiy xulosalar chiqardi. Plank fizika me-todologiyasiga doir juda koʻp ishlar qilgan. U koʻp jildli nazariya fizika kursi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1918).[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil