Kontent qismiga oʻtish

Nozim Husanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nozim Bahtiyorovich Husanov
Fayl:NozimHusanov1.jpg
 Oʻzbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari
 
Mansab davri
2023-yil – 2023-yil 11-aprel[1]
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 19-sentabr – 2022-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Qudbiyev
 Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi
 
Mansab davri
2018-yil – 2019-yil
Hokim Jahongir Ortiqxoʻjayev
Oʻtmishdoshi Bahtiyor Sultonovich Raxmonov
Vorisi Bahtiyor Shomurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-sentyabr 1979-yil (1979-09-19) (45 yosh)
Zangiota tumani, Oʻzbek SSR
Mukofotlari

Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabrZangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. 2023-yil boshidan 2023-yil 11-aprelga qadar Kambag'allikni qisqartirish va mehnat vaziri o'rinbosari[1].

1976-yilda Nozim Husanov Zangiota tumani, Toshkent viloyatida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Ma'lumoti — oliy.

1997-yilda — Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, 2002-yilda — Toshkent moliya institutini tamomlagan[2], 2007-yilda — Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1997-yilda “Sa’dilla” jamoa korxonasi buxgalteri sifatida boshlagan, so'ngra bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanadi. 1998-yildan “Tadbirkorbank” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi. 1999-yildan banknkng Toshkent viloyati Keles bo‘limi bosh mutaxassisi, so'ngra boshqaruvchi o‘rinbosari, 2002-yildan boshlab esa boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, bank amaliyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2004-yildan Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishladi. 2005-yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.[3]. 2010-yilda Toshkent viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2011-yilda — Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari bo'lib ishlaydiboʻlib[4]. 2013-yildan esa Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2014—2016-yillarda „Mikrokreditbank“ boshqaruv raisi boʻlib ishlagan. 2016-yilda Toshkent shahar hokimiligiga õtib, u yerda hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-yilda hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlaydi. 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi[5]. 2019-yil 12-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlandi[6].

Xorijiy mamlakatlarga tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nozim Husanov 2021-yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Moskva shahrida Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuv oʻtkazgan[7]. Uchrashuvda Oʻzbekistonlik migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan[8]