Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Turi | sog'liqni saqlash |
---|---|
Maqomi | vazirlik |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 55 |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Asilbek Anvarovich Xudayarov |
Bosh mahkamasi | Vazirlik |
Vebsayti | minzdrav.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Hamkor tashkilotlari | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — sogʻliqni saqlash boʻyicha markaziy davlat boshqaruv organidir[1][2].
Vakolatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi. Vazirlik faoliyatini boshqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat idoralari, shuningdek boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birga olib boradi.
Vazirlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa rasmiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari, shuningdek boshqa qonuniy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi bilan sogʻliqni saqlash boʻyicha tuzilgan xalqaro shartnomalar, shuningdek ushbu Nizom asosida yuritiladi.
Vazirlik vakolati doirasida chiqarilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi davlat idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va umuman Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mulkchilik shaklidan qaʼtiy nazar barcha jamoatchilik birlashmalari va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qaraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat va Toshkent shahrida sogʻliqni saqlash boʻyicha faoliyat olib borayotgan idoralar, ularning shahar va tumanlardagi boʻlimlari respublikada yagona sogʻliqni saqlash boshqaruv idorasi tizimini tashkil etadi.
Tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
- Litsenziya berish va nodavlat muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini nazorat qilish boshqarmasi
- Nazorat inspeksiyasi
- Iqtisodiyot, moliyalashtirish va istiqbolni aniqlash bosh boshqarmasi
- Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi
- Yuridik xizmat
- Maxsus boʻlim
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti
- Devonxona
- Matbuot xizmati
- Sogʻliqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari
- Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlar
- Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar
- „Oʻzbekiston tibbiyot jurnali“
- Vazirning birinchi oʻrinbosari
- Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi
- Fan va oʻquv yurtlari bosh boshqarmasi
- Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi
- Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil etish markazi
- Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
- Salomatlik va tibbiy statistika instituti
- „Uzmedinfo“ elektron sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish markazi
- „Sihat-salomatlik“ jurnali va „Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash“ gazetasi
- Vazir oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi
- Sanitariya-epidemiologiya xizmati
- Ikkinchi boshqarma
- Oʻlat, karantin va oʻta xavfli kasalliklardan muhofaza qilish markazi
- Respublika OITSga qarshi kurashish markazi
- Global fond loyihalarini amalga oshirish byurosi
- „Rezerv“ birlashmasi
- Vazir oʻrinbosari
- Moddiy-texnik bazani rivojlantirish bosh boshqarmasi
- Maʼmuriy-xoʻjalik boshqarmasi
- Sogʻliqni saqlash muassasalaridan kompleks foydalanish boshqarmasi
- „Oʻzmedeksport“ respublika davlat tashqi iqtisodiyot korxonasi
- Birlashgan qurilishlar direksiyasi
- Sogʻliqni saqlash vazirligining idoraviy arxivi
- Vazir oʻrinbosari
- Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi
- Oʻsmirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi muzeyi
- „Hamshira“ jurnali
- Respublika perinatal markazi
- Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
- „Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-tekshirish markazi“ aksiyadorlik jamiyati
Vazirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1991-1998 — Shavkat Karimov
- 1998-2009 — Feruz Nazirov
- 2009-2012 — Adham Ikromov
- 2012-2016 — Anvar Alimov
- 2016-2017 — Adham Ikromov
- 2017-2020 — Alisher Shodmonov
- 2020-2021 — Abduhakim Hojiboyev
- 2021-2022 — Behzod Musayev[3]
- 2022-2024 — Amrillo Inoyatov
- 2024-yildan — Asilbek Xudoyorov
Oliy oʻquv yurtlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andijon davlat tibbiyot instituti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
- Samarqand davlat tibbiyot instituti
- Toshkent farmatsevtika instituti
- Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
- Toshkent davlat stomatologiya instituti
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
- Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali
- Toshkent tibbiyot akademiyasi
- Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
- Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali
- Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2017-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-04
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-04
- ↑ https://daryo.uz/2021/11/16/ozbekistonning-barcha-sogliqni-saqlash-vazirlari-bitta-suratda/