Oʻzbekistonda elektr taʼminotidagi uzilishlar (2022)
Sana | yanvar 25–26, 2022 |
---|---|
Davomiyligi | mintaqaga qarab 4 soatdan - 2 kungacha |
Joylashuv | Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston |
Turi | Blackout |
Sabab | „Sirdaryo“ IESni 500 kV „Toshkent“ podstansiyasi bilan bogʻlovchi tugundagi qisqa tutashuv sodir boʻlishi |
2022-yil Oʻzbekistondagi elektr taʼminotidagi uzilishlar 2022-yil 25-yanvar, seshanba kuni Oʻzbekiston vaqti bilan soat 11:00 dan boshlangan nosozliklar natijasi edi[1]. Bu Oʻzbekiston tarixidagi 2007—2008 va 2009-yillardan keyingi[2][3] eng yirik energetik inqiroz davri edi.
Nosozlik davrida aksariyat joylar kunning ikkinchi yarmida (5 soat ichida), baʼzi hududlarda esa 26-yanvar kuni elektr quvvati tiklangan. Tizimdagi nosozliklar toʻliq holda 27-yanvar kechga kelib bartaraf etilgan.
Toshkentning asosiy yoʻlovchi tashish infratuzilmalaridan bir Toshkent metrosi 26-yanvar soat 05:00 atrofida normal jarayonda ish boshlagani xabar qilingan. Oʻzbekiston boʻylab elektr taʼminotining barqaror holatga kelgani 27-fevral kuni tasdiqlangan. Bu elektr taʼminotidagi uzilish natijasida Markaziy Osiyo energetika halqasiga aʼzo Qozogʻiston (janubiy hududlari) va Qirgʻizistonning ayrim hududlarida (Bishkek, Oʻsh va Jalolobod kabi yirik shaharlar) ham uzilishlar boʻlgan[4][5][6][7].
Elektr energetika tizimidagi uzilishlarning dastlabki taxminiy sababi sifatida, Qozogʻistondagi elektr tizimidagi uzilishlar natijasida Oʻzbekistondagi Sirdaryo IES va Toshkent podstansiyasiga kerakli darajada kuchlanish yetib kelmagan va natijada himoya tizimi ishga tushgan va tizim uchun kerakli darajadagi quvvat yetkazib bera olmagani aytilgan[8][9][10].
Taʼsir doirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 25-yanvar soat 11:19–11:20 larda (Oʻzbekiston vaqti bilan) Toshkentning koʻplab hududlari elektr tokisiz qolgan[11][12][13]. Keyinchalik Oʻzbekistonning boshqa hududlari ham elektr tokidan uzilgani va energetika tizimida kuchli nosozliklar yuzaga kelgani maʼlum boʻlgan[14]. Oʻzbekiston energetika tizimidagi uzilishlar natijasida umumiy Markaziy Osiyo energetika halqasiga qoʻshilgan Qozogʻiston va Qirgʻizistoning ayrim hududlarida ham elektr toki uzilishi kuzatilgan.
Energetika tizimidagi inqiroz sababli Toshkent xalqaro aeroporti kunning 12:30 holatida reyslar qabul qilmayotgani va hech qanday uchish amalga oshirilmayotgani xabar qilingan. Bu davrda Bishkek aeroporti doimiy elektr taʼminotiga oʻtgan va ish faoliyatida edi. Kunning 13:08 vaqtiga koʻra Oʻzbekistondagi barcha aeroportlar vaqtinchalik faoliyati toʻxtatilgani maʼlum qilingan[15][16]. Toshkent metropolitenida elektr uzilishlar sababli metrolar oʻz yoʻnalish liniyasida toʻxtab qolgan[17] va metrodagi yoʻlovchilar maxsus qutqaruv xizmatlari tomonidan evakuatsiya qilingan. Oʻzbekistondagi elektr poyezdlari ham manzillariga vaqtida yetib kelmasligi mumkinligi toʻgʻrisida ham axborot berilgan.
Voqea natijasida Qozogʻiston va Qirgʻizistonning bir qancha yirik shaharlari ham elektr tokisiz qolgan[18]. Qozogʻistonda shuningdek, bir necha kundan beri energetika tizimi zoʻriqib ishlayotgani maʼlum boʻlgan[19][20][21].
Holat natijasida Oʻzbekiston tizimdagi zoʻriqishni bartaraf etish uchun Afgʻonistonga elektr toki yetkazishni toʻxtatgan[22]. 25-yanvar 23:50 holatiga koʻra Qashqadaryo viloyatida elektr toki hali ham tiklanmagan edi[23]. Voqea natijasida mintaqadagi (Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston) 40 milliondan ortiq aholi maʼlum muddat elektr tokisiz qolgan[24].
Energiya taʼminotining tiklanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunning 13:23 vaqtiga kelib Energetika vazirligi bayonotiga koʻra, Toshkent viloyatidagi GESlar, Navoiydagi IES, Qoraqalpogʻistondagi IES va Fargʻonadagi IEMlar orqalik energetika tizimiga quvvat qayta uzatila boshlagan[25]. Soat 14:24 da Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga elektr toki berila boshlagan[26].
15:17 holatiga koʻra mamlakatdagi hududiy IESlar qayta ishga tushirilishi bilan dastlab, Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq va Ohangaron shaharlarida elektr taʼminoti tiklanayotgani maʼlum qilingan[27]. Soat 19:30 holatiga koʻra Qoraqalpogʻiston va Xorazmda elektr energiyasi toʻliq va qolgan hududlarning kamida 10% holatida elektr energiyasi tiklangan[28][29]. Toshkentdagi IESning yettita energoblokdan beshtasi tiklangani boʻyicha axborot berilgan[30]. 21:50 holatiga koʻra Oʻzbekiston elektr taʼminoti 45% tiklangan[31].
26-yanvar 18:00 holatiga koʻra Respublikaning 4 hududida elektr energiyasi 100% tiklangan,[32] 6 hududda esa 50% dan ortiq elektr energiyasi tiklangani maʼlum boʻlgan. Oʻzbekistonning yettita hududida yagona elektr energetika tarmogʻi tizimi toʻliq tiklangani maʼlum qilingan[33][9][34]. 27-fevral 15:01 holatiga koʻra Oʻzbekiston 9 hududida toʻliq va vodiy viloyatlarida 90% elektr energiyasi tiklangan[35].
Oʻzbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi tiklangan[36]. 13:58 Oʻzbekiston aeroportlari faoliyati qayta tiklangan[37]
Elektr energetika tizimdagi uzilishlar natijasida mamlakatning koʻplab mintaqalari va Toshkentda ham suv taʼminotida uzilishlar boʻlgan[38][39]. Toshkent shahridagi suv taʼminoti oʻchirilganidan soʻng, qariyb 6 soatdan keyin qayta yetkazila boshlagan[40].
Isitish tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soat 19:00 dan boshlab Toshkentdagi isitish tizimi asta sekin yoʻlga qoʻyilgan va kun davomida qolgan isitish qozonlari ham toʻliq ishlay boshlagan[41].
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tizimdagi uzilishlar oqibatida mashinalar tirbandligi vujudga kelgan. Temiryoʻl transporti, tramvay va Toshkent metropoliteni faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. 26-fevral soat 05:00 dan Toshkent metrosi faoliyati qayta tiklangan[42]. 26-fevral soat 10:45 da temir yoʻllar faoliyati tiklangan va poyezdlar qatnovi jadval boʻyicha qayta yoʻlga qoʻyilgan[43]. Oʻzbekiston aeroportlari 25-yanvar soat 19:00 holatiga koʻra avvalgi ish faoliyatiga qaytgan.
Sanoat
Elektr energetikasidagi uzilishlar sababli Oʻzbekneftgazga qarashli Gazli, Gʻuzor va Muborakdagi neft va gaz qazib chiqaruvchi konlar faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan[44]. Ustyurt gaz qazib olish konida esa qoʻshimcha energetik tizim mavjudligi sabab, normal ish jarayonida davom etgan.
Energetika halqasining boshqa davlatlardagi holat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozogʻiston energetikasi qayta ishga tushirilgan va soat 13:39 ga (Qozogʻiston vaqti bilan 14:59) kelib barcha jarayon normal holatga kelgan[45].
Sabablar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki davrda tizimga kiberhujum boʻlganligi ham taxmin qilingan[46]. Toshkentdagi IES energoblokda bosimning ortib, koʻtarilishi natijasida yonib ketganligi rad etilgan[47]. Keyinchalik maʼlum boʻldiki, Elektr energetika tizimdagi nosozlik Oʻzbekiston hududida vujudga kelgan[48][49][6].
Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻzaro Markaziy Osiyo energiya tizimi bilan bogʻlangan[50]. Markaziy Osiyo yagona energetik halqasining markazi „Energiya“ komissiyasining tekshiruvi yakunlariga koʻra tizimdagi avariya dastlab Oʻzbekistonda vujudga kelgan. Voqea tafsilotlariga koʻra 25-yanvar soat 10:59 da (Oʻzbekiston vaqti bilan) Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va 500 kilovattlik Toshkent podstansiyasini bogʻlaydigan yuqori kuchlanishga ega havo uzatish liniyasining tugunida qisqa tutashuv sodir boʻlgan[51].
Favqulodda xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektr uzilishi natijasida koʻp qavatli turar joy va tashkilotlar binolari liftlarida qolib ketgan insonlar Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qutqarilgan[52]. Chimyonning togʻ dor yoʻli va Beldersoy togʻ dor yoʻlidan 80 nafar inson qutqarilgan. Belgilangan manziliga yetib kelmagan metrolardan, 415 nafar yoʻlovchilar qutqarilgan[53].
Avtomobil yoʻllaridagi svetoforlarning oʻchishi va tungi vaqtda avtomobillarni harakatini tartibga solish uchun Oʻzbekiston Ichki Ishlar vazirligi qoʻshimcha kuchlarni jalb etgan va tungi navbatchilikni ham joriy etgan.
OAVda yoritilishi va rasmiy hisobotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda uch kun davomida tok boʻlmasligi haqida xabarlar rad etilgan[54].
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov energetik inqiroz Prezidentning nazoratida ekanligi toʻgʻrisida axborot bergan[55].
Toshkent shahar hokimligi katta tirbandlikni oldini olish uchun davlat tashkilotlari va boshqa xususiy tashkilotlar xodimlarini 15:30 dan keyin tartib boʻyicha ishdan javob berilishi boʻyicha tavsiyalar bergan[56].
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi dastlabki holatda Oʻzbekiston fuqarolaridan barcha elektr va gaz moslamalarini tarmoqdan uzib qoʻyishni soʻragan.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi shifoxonalardagi va operatsiya stolidagi bemorlar uchun yetarli sharoitlar mavjudligi haqida xabar berilgan[57][58][59][60]. Zangiotadagi COVID-19 markazida elektr energiyasini vaqtinchalik tiklash uchun dizel generatorlar ishga tushirilgan[61].
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi elektr taʼminoti tiklanguniga qadar jamoat tartibini saqlash va imkon qadar bu davrda avtomobilsiz harakat qilishni soʻragan[62][63].
Oʻzbekistonda elektr energetikadagi uzilish boʻyicha maxsus hukumat komissiya tuzilgan[64].
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi energetikadagi inqiroz sababli isteʼmoldagi mahsulotlar narxlari oshib ketmasligi toʻgʻrisida axborot bergan[65]. Prezident Shavkat Mirziyoyev boʻlgan hodisa boʻyicha oʻz munosabatini bildirgan[66].
Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan elektr tizimdagi uzilish natijasida iqtisodiy zararlar hisob-kitob qilinishi aytilgan[67].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Toshkent shahrining aksariyat hududlari elektr energiyasiz qoldi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Узбекистан прекратил поставки электроэнергии в Таджикистан, пишут“ (2009-yil 28-yanvar).
- ↑ „Водно-энергетическая проблема в Центральной Азии“.
- ↑ „Массовое отключение электричества произошло в Казахстане, Киргизии и Узбекистане“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „В Казахстане, Киргизии и Узбекистане произошло массовое отключение электроэнергии“ (2024-yil 25-yanvar).
- ↑ 6,0 6,1 „The reason for the power outage that left Uzbekistan in the dark is announced“ (Ingliz) (2022-yil 16-mart).
- ↑ „Uzbekistan: How a power outage sent a country into meltdown“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar nima sababdan kuzatilayotgani ma’lum qilindi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ 9,0 9,1 „O‘zbekistonning 7 ta hududida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Jumladan, Toshkent shahrida ham“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „Markaziy Osiyoda blekaut. Vazirlik svet o‘chishi sababini ma’lum qildi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent shahrining aksariyat hududlari elektr energiyasiz qoldi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „«Svet»siz qolgan Toshkentning tungi manzaralari - fotogalereya“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „“Svet”siz qolgan O‘zbekiston, fonarda ishlayotgan hokim, Toshkentni qoplagan tuman. 25-yanvar suratlari“.
- ↑ „O‘zbekistonning qator viloyatlarida svet o‘chdi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekiston aeroportlari faoliyati elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli to‘xtatildi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Ўзбекистоннинг деярли барча аэропортлари фаолияти тўхтади“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent metropoliteni to‘xtadi. Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Qozogʻiston va Qirgʻizistonning bir qancha yirik shaharlari ham elektr ta’minotisiz qolgan“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Блэкаут в Центральной Азии: Узбекистан и Казахстан обвиняют друг друга“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Qozog‘iston energotizimida bir necha kundan beri vaziyat tarang bo‘lib turgani ma’lum bo‘ldi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Qozog‘iston energotizimida bir necha kundan beri vaziyat tarang bo‘lib turgani ma’lum bo‘ldi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Qashqadaryo viloyati to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan holda qolmoqda“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Blackout: Dunyo bo‘yicha elektr energiyasi tizimidagi yirik uzilishlar“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „Hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda - Energetika vazirligi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkentning ayrim hududlarida “svet” yondi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Ўзбекистоннинг айрим ҳудудларида электр таъминоти тикланмоқда“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekiston hududlarida soat 19:30 holatiga ko‘ra elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklandi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent IESning faoliyati qisman tiklandi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti 45 foizga tiklandi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistonda 26-yanvar 18:00 holatiga ko‘ra elektr energiyasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berildi“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistonning qaysi hududlarida elektr energiyasi tiklangani ma’lum qilindi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekiston hududlaridagi elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar e’lon qilindi“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minoti qachon to‘liq tiklanishi ma’lum qilindi“ (2022-yil 27-yanvar).
- ↑ „Oʻzbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti toʻliq tiklangani ma’lum qilindi“ (2022-yil 27-yanvar).
- ↑ „Toshkent aeroporti normal rejimda ishlamoqda — Uzbekistan Airports“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistonda isitish, oqova va ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishi mumkin“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Suv ta’minotidagi uzilishlar svet yonganidan keyin ham davom etishi mumkin - “Oʻzsuvta’minot”“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti 6 soat ichida to‘liq tiklanadi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkentda isitish tizimi 3−4 soat ichida to‘liq ishlay boshlaydi - vazirlik“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent metrosi o‘z faoliyatini tikladi“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „“Afrosiyob” poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovlarni amalga oshirmoqda — “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Qozog‘iston hukumati mamlakatda energetika tizimi qayta ishga tushirilganini ma’lum qildi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Energotizimdagi yalpi uzilish: Mutaxassis hakerlar hujumi ehtimolini rad etmadi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent IES energoblokining bosimi ko‘tarilib, yonib ketgani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Yanvar oyidagi blekautga O‘zbekistondagi uzilish sabab bo‘lgan — davlatlararo komissiya“ (2022-yil 16-mart).
- ↑ „“Blackout of January 25 began with Uzbekistan” – Interstate Commission“ (2022-yil 16-mart).
- ↑ „Markaziy Osiyo davlatlarining energetika tizimlari o‘zaro qanday bog‘langan?“ (2022-yil 27-yanvar).
- ↑ „Qozog‘iston tomoni yanvar oyidagi blekaut sababi bo‘yicha ma’lumot berdi“ (2022-yil 16-mart).
- ↑ „Elektr energiyasidagi uzilishlar sabab liftda qolib ketgan fuqarolar chiqarib olinmoqda — FVV“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent metrosi bekatlari orasida qolib ketgan 415 nafar yo‘lovchi olib chiqildi — FVV“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Energetika vazirligi O‘zbekistonda uch kun “svet” bo‘lmasligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „“Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida”. Sherzod Asadov fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Электр энергиясидаги узилиш туфайли ходимларга жадвал асосида ишдан жавоб бериш тавсия қилинди“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Operatsiya vaqtida o‘chib qolgan “svet”, parovoz yetovidagi “Afrosiyob” va boshqalar - Markaziy Osiyoda blekaut qanday kechdi?“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „SSV: Barcha tibbiyot muassasalarida elektr uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Svet o‘chishi operatsiyalar jarayoniga xavf tug‘dirmaydi – SSV“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Операция столидаги беморлар аҳволи нима бўлади? Вазирлик изоҳи“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Toshkent shahar IIBB ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qildi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi jamoat tartibini saqlash ishlariga jalb etildi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „O‘zbekistondagi blekaut sabablari hukumat komissiyasi tomonidan o‘rganiladi“ (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „Blekaut sabab bozorda mahsulotlar narxi oshib ketmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „«Bu hodisadan to‘g‘ri xulosa qilishimiz kerak» - Prezident elektr ta’minotidagi uzilish bo‘yicha munosabat bildirdi“ (2022-yil 26-yanvar).
- ↑ „Elektr tizimidagi uzilishlar oqibatida yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinadi — Moliya vazirligi“ (2022-yil 25-yanvar).