Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ozarboyjondan yoʻnaltirildi)
Ozarbayjon Respublikasi
Azərbaycan Respublikası
ShiorOdlar Yurdu
(Olovlar Yurti)
Madhiya: Azərbaycan marşı
(Ozarbayjon madhiyasi)
Location of Ozarbayjon
Poytaxt Baku
Rasmiy til(lar) Ozarbayjon tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Ilhom Aliyev
Artur Rasizade
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
28-may 1918-yil
30-avgust 1991-yil
Maydon
• Butun
86,600 km2 (112-oʻrin)
• Suv (%)
1.6
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
10,027,874[1] (90-oʻrin)
• Zichlik 115/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$45,284 mil. (90-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$4,498
Pul birligi Ozarbayjon Manati (₼) (AZN)
Vaqt mintaqasi UTC+4
• Yoz (DST)
UTC+4
Qisqartma AZ, AZE
Telefon prefiksi 994
Internet domeni .az

Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), — Kavkazortining janubisharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti — Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon — respublika. Davlat boshligʻi — prezident (2003-yil oktabrdan Ilhom Aliyev). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (Milliy majlis), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Ozarbayjonning asosiy qismi Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz togʻlari janubi-sharqiy qismlarida, shuningdek, Tolish togʻlari oraligʻida joylashgan. Janubida Oʻrta Arake soyligi va uning shimoliy tarmogʻi bor (togʻlar Ozarbayjon hududining deyarli yarmini egallaydi). Kaspiy dengizi qirgʻogʻi kam parchalangan. Qirgʻoq chizigʻining uz. 800 km. Yirik yarim orollari: Apsheron, Kura qum tili, Sara; qoʻltiklari: Apsheron, Qizil-ogʻoch, Boku qoʻltiqchasi; yirik orollari: Artyom, Jiloy. Neft va gaz, temir rudasi, alunit, molibden, tosh-tuz konlari bor. Ozarbayjon, asosan, subtropik zonada boʻlsa ham, quruq va nam subtropik iqlimdan togʻ tundrasi iqli-migacha boʻlgan iqlimni uchratish mumkin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25-27°, yanvarniki payettekisliklarda 0 dan +3°gacha, togʻlarda — 10° gacha. Eng issiq temperatura 40-43°, eng sovuq temperatura — 30°. Yogʻingarchilik juda notekis. Yillik yogʻin — 200 mm dan 1800 mm gacha. Yirik daryosi — Kura va uning asosiy irmogʻi — Arake. 250 ta koʻl bor (yiriklari Gajikobul va Buyukshoʻr). Tuprogʻi — kulrang-oʻtloq, shoʻrxok, kulrang-qoʻngʻir, jigarrang, kashtan, togʻ-kashtan va boshqa tuproklar. Oʻsimliklari juda xilmaxil — 4100 turdan oshadi. Pasttekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, koʻproq butazorlar, Kura-Arake payettekisligining shoʻrxok yerlarida shoʻra, togʻ etaklaridagi tekisliklarda shuvoq va shu-voq-chalov oʻsadi. Oʻrmonzori 1146 ming ga. 2200-2500 m balandliklarda subalp va alp oʻtloklari bor. Hayvonot dunyosi turli-tuman: sudralib yuruvchilar, ke-miruvchilar, yovvoyi toʻngʻiz, nutriya, yenotsimon it, jayran, qoplon, ayiq, tustovuq, kaklik, gʻoz va oʻrdak kabilar. Kaspiy dengizi va Kura daresida baliq (losos, osetr, sevryuga, beluga va boshqalar) moʻl. Zakatali, Turianchay, Kizilogʻoch, Shirvon va boshqa qoʻriqxonalar bor.

Aholisi, asosan, ozarbayjonlar (93 %); ruslar, turklar, lezginlar, avarlar, kurd, tolish, saxur, tatar, tatlar va boshqa ham yashaydi.[2][3] Shahar aholisi 54 %. Rasmiy tili — ozarbayjon tili. Yirik shaharlari: Boku, Sumgait, Mingechaur, Ganja, Lankaron, Naxichevan. Dindorlari — asosan musulmonlar.

Ozarbayjonda paleolit davridan aholi yashay boshlagan. Qadim zamonlarda hozirgi Ozarbayjon hududida yashagan koʻpgina qabilalar (kaspiylar, kadusiylar, albanlar) tarixiy rivojlanish davomida qabila ittifoqlariga birlashib, keyinchalik dastlabki davlat tuzilmalariga asos boʻldi. Miloddan avvalgi 9-asrda Mana pod-shoxligi vujudga keldi. Xoʻjalik va madaniyat birmuncha rivojlandi. Miloddan avvalgi 7-asr oxirlarida Ozarbayjon va qoʻshni mamlakatlarda Midiya davlati tashkil topdi. Miloddan avvalgi 6-asrda hokimiyat Axomaniylar qoʻliga oʻtdi. Bu davlatni Makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari tor-mor et-gach, Atropatena davlati vujudga keldi. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda xoz. Ozarbayjon xududining katta qismi Albaniya deb ataldi (qarang Kavkaz Albaniyasi).

Ozarbayjonni bosqinchilar koʻp marta taladi. Aholining ularga qarshi kurashi, xu-susan, milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshlarida Mazdakiylar harakatink yuzaga keltirdi. 8-asr boshlarida Ozarbayjon Arab xalifaligi qoʻl ostiga oʻtdi, islom dini tarqaldi. Bobak qoʻzgʻoloni, Xurramiylar harakatida dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi. 11-asr oʻrtalarida Saljuqiylar boshliq turk qabilalari (oʻgʻuzlar va boshqalar) bostirib keldi. 12-asrda Saljuqiylar mavqei pasayib, Shirvonshohlar, Kasroniylar, Eldegiziylar podshohdigi rivoj topishi bilan hunarman-dchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq ta-raqqiy etdi. Shu davrda yetishib chiqqan Makkiy ibn Ahmad, Bahmanyor, Xatib Tabriziy, Hoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Mahastiy va boshqa jahon madaniyati ravnaqiga salmokli hissa qoʻshdilar.

13-asrning 30-yillarida Ozarbayjonga moʻgʻullar, 14-asr oxirida Amir Temur qoʻshinlari bostirib kirdi. 14-15-asrlarda Shirvonshoxlar podshoxligi kuchaydi. Qora qoʻyunlilar va Oq qoʻyunlilar deb atalgan yangi davlatlar vujudga keldi. Savdo-sotiq avj oldi. Safaviylar davlati (16-asr) davrida Ozarbayjon xalq xoʻjaligi va madaniyatida yuksalish roʻy berdi. Shoh Abbos I (1587—1629-yillarda hukmronlik qilgan) Ozarbayjon markazini Erondagi Isfahonga koʻchirishi oqibatida u Eronning chekka viloyatiga aylanib qoldi. Mahalliy hokimlar va ajnabiy bosqinchilarga qarshi dehqonlar qoʻzgʻo-loniga xalq qahramoni Koʻroʻgʻli boshchilik qildi. 18-asr boshlarida Zakavkazye, chususan. Ozarbayjonni qoʻlga kiritib olish uchun Eron bilan Turkiya oʻrtasidagi kurash kuchaydi. 19-asrdan Rossiya Zakavkazye yerlarini bosib ola boshladi. 1805-13 va 1826-28-yillardagi Ros-siya-Eron urushlari natijasida hozirgi Ozarbayjonning koʻp qismi Rossiya davlati tarkibiga oʻtdi. Rossiya bilan Eron oʻrtasidagi Guliston shartnomasiga binoan belgilangan Ozarbayjonning janubiy chegaralari hozirgacha amal qilib kelayotir. 1917-yil noyabrda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 28-mayda Ozarbayjon Respublikasi eʼlon qilindi. 1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR tashkil boʻldi. 1922-yil 12-martda Ozarbayjon Zakavkazye Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (ZSFSR), soʻngra u tugatilgach (1936), ittifoqdosh respublika sifatida SSSR tarkibiga kiritildi. 1991-yil fevraldan Ozarbayjon Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 30-avgustda mamlakat Oliy Kengashi Ozarbayjon davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi. 1988-yil Togʻli Qorabogʻ xususida Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida nizo chiqib, qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 1994-yil maydan mojaro toʻxtatilib, ma-salani tinch hal etish toʻgʻrisida muzo-kara boshlandi. Ozarbayjon — 1992-yildan BMT aʼzosi. Ozarbayjon Respublikasi suverenitetini 1991-il 19-oktabrdan olgan va 1995-yil 2-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari. Yangi Ozarbayjon, Ozarbayjon xalq fronti, Milliy mustaqillik partiyasi, Musovot, Ozarbayjon xalq partiyasi, Ozarbayjon dehqonlar partiyasi, Toʻgʻri yoʻl partiyasi, Ozarbayjon sotsialdemok-ratik partiyasi va boshqalar.[4]

Ozarbayjon — industrial-agrar mamlakaNeft, temir ruda, alunit konlari bor; oltingugurt kolchedani, barit, kobalt, molibden, margimush kabilar sanoat asosida qazib chiqariladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 54,2 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 26,1 %.

Sanoatining yetakchi tarmoklari: neft, gaz, kimyo, mashinasozlik, metallsozlik, binokorlik materiallari va elektr energetika. Yengil va oziqovqat sanoati ham rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 23,3 mlrd. kVt-soat elektr energiya xrsil qilinadi (asosan, issiklik elektr stansiyalarida). Neft Apsheron yarim orol, Kura-Arake pasttekisligi va Kaspiy dengizidan, gaz esa KratogʻDuvaniy va Zira-Goʻrgon tumanlaridagi konlardan qazib olinadi. Neft va gaz asosida kimyo va neft kimyosi sanoati mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, kaustik soda, sintetik kauchuk, shina va boshqa mahsulotlar (Sumgait, Salyani, Neftechala, Min-gechaur, Boku) ishlab chikaradi. Mashinasozlik va metallsozlik, asosan, neft sanoati uchun mashina-qurilmalar, elektr dvigatellar, transforma-torlar, kabel, radioelektron appa-ratlar, priborlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kemasozlik, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskuna ishlab chiqarish rivojlangan (Boku, Ganja, Min-gechaur, Xonkendi, Naxichevan, Kuba).

Qora va rangli metallurgiya Sumgaitdagi quvur prokati va alyuminiy, Ganjadagi alyuminiy, Bokudagi poʻlat arkrn zavodlaridan iborat. Boku, Ganja va Mingechaurda ip gazlama kombinatlari, Sheki va Xonkendida shoyi kombinatlari joylashgan. Paxta tozalash, jun gazlama va gilam toʻqish, tikuvchilik va trikotaj, un, vino-konyak, baliq sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining asosi — dehqonchilik, uning yalpi mahsuloti 80 % sugʻoriladigan yerlarga toʻgʻri keladi. Yuqori Shirvon, Yuqori Kr-rabogʻ, Samur-Apsheron kanallari, Jayron-Batan, Arake suv omborlari barpo etilgan. Paxtachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri. Tamaki va choy ham yetishtiriladi. Gʻalla ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi, shuningdek, sabzavot ekinlari ekiladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalardan anor, anjir, yapon xurmosi, bodom koʻplab yetishtiriladi. Apsheron yarim orolda zaʼfaron va zaytun oʻsadi. Chorvachilik goʻsht-jun va goʻsht-sutga ixtisoslashgan. Krramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi, pillachilik bilan shugʻullaniladi.[4]

Transport yoʻli uzunligi — 2 ming km dan ortiq, avtomobil yoʻllari uzunligi 36,7 ming km, 32 ming km qattiq qoplamali. Dengiz transportining ahamiyati katta. Asosiy porti Boku. Boku — Turkmanboshi dengiz paromi mavjud. Kura daryosida kema katnaydi. Boku-Batumi va Ali-Bayramli — Boku neft quvuri, Qoratogʻ — Akstafa, Qoratogʻ — Sumgait gaz quvurlari bor. Bokuda metropoliten qurilgan. Pul birligi — manat.[4]

Shaharlar va viloyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibbiyot xodimlari Ozarbayjon tibbiyot institutida va 17 ta oʻrta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Mash-hur balneologiya kurortlari — Naftalan, Istisu; iklimiy kurortlari — Shusha, Mardakyan, Bilchya, Buzovna va Apsheron yarim oroldagi Boku „Salomatlik zonasi“.[4]

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Ozarbayjon hududida dastlabki maktablar 5-asrda ochilgan. Arablar istilosidan soʻng bolalar maktab va madrasalarda oʻqitildi. 20-asrdan zamonaviy maorif tizimi joriy etildi. Xunar-texnika bilim yurtlari va oliy oʻquv yurtlari ochildi. Ozarbayjon universiteti, neft va kimyo instituti, politexnika, pedagog, tibbiyot universiteti va boshqa bor.institutlarni muvofiklashtiruvchi Ozarbayjon Fanlar akademiyasi ishlaydi. Kutubxonalari: Respublika kutubxonasi, Ozarbayjon universiteti kutubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi va boshqa 38 muzey bor, yiriklari: Ozarbayjon Tarixi, Sanʼat, Adabiyot muzeylari, Qishloq xoʻjaligi muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjonda 500 dan ortik, gaz. va jurnal roʻyxatga olingan. Yirik gazetalari: „Ozarbayjon“ (ozarbayjon tilida), „Vishka“ („Minora“, rus tilida), „Bakinskiy rabochiy“ („Boku ishchisi“, rus tilida), „Ozodlik“, „Muxolifat“, „Xalq“ (uchchalasi ozarbayjon tilida). Radioeshittirish 1926-yildandelekoʻrsatuv 1956-yildan boshlangan. Azerin-form telegraf agentligi, Assa-Iroda, Turon, Xabar-servis xususiy telegraf agentliklari mavjud.

Adabiyoti qadimgi va boy.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq ijodida doston, bayet (toʻrtlik) qoʻshiq, ertak, latifa, maqollar keng tarqalgan. „Koʻroʻgʻli“, „Oshiq Gʻarib“, „Shoh Ismoil“ kabi dostonlarda ozarbayjon xalqining yurtparvarlik, insoniylik his-tuygʻulari ifodalangan. Xalq dostonlari va termalarining eng yaxshi namunalari 16-17-asrlarda Qur-boniy, Sarioshuq, Abbososhuq, Valexoshuq kabi baxshilar ogzidan yozib olingan. Milliy sanʼatning oʻziga xos turi boʻlgan oshuklar sheʼriyati mada-niy hayotga kuchli taʼsir oʻtkazib kelgan. 19-20-asrlarda yashab ijod qilgan oshuklardan Alesker, Gusayn Bozal-ganli, Asad Rizayev, Mirza Bayramov, Shamshir Gojayev kabilarning qoʻshiqlari juda mashhur boʻlgan.

Ozarbayjon yozma adabiyotining eng qad. yodgorliklari bizga yetib kelmagan, ammo Kavkaz Albaniyasi (hozirgi Ozarbayjon)da yuksak madaniyat mavjud boʻlgani maʼlum. 11 −12-asrlarda fors tili taʼsiri ku-chayishi tufayli Xatib Tabriziy, Bax,-manyor, Qatron Tabriziy, Hoqoniy, Mahastiy Ganjaviy va boshqa yirik ozarbayjon olim va shoirlari oʻz asarlarini fors tilida yozdilar. Nizomiy Ganjaviy asarlari — Ozarbayjon sheʼriyatining choʻqqisi boʻldi. 13-14-asrlarda Avxadiy Marogʻiy, Zulfiqor Shirvoniy, 15- 16-asrlarda Nasimiy, shoh Ismoil Xa-toiy, M. Fuzuliy, 17-18-asrlarda Soib Tabriziy, Masihiy, Vidodiy, Voqif va boshqa shoirlar yashab, ijod qildilar.

19-20-asrlarda Ozarbayjon adabiyotida novella, doston, drama janrlari paydo boʻldi. Realist adib M. F. Oxundov, maʼrifatparvar shoir Said Azim Shirvoniy, dramaturg N. N. Narimonov, novator hajvchi shoir Mirza Alekper Sobir 19-asr Ozarbayjon adabiyotini yangi asarlar bilan rivojlan-tirdilar. 20-asr oʻrtalari va 2-yarmida Sulaymon Rustam, Rasul Rizo, J. Jabborli, M. Ibrohimov, Samad Vurgʻun kabi isteʼdodli adiblarning asarlari boshqa xalqlar tillariga tarjima qilinib, keng tarqaldi. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi 1932-yilda tashkil qilingan.

Ozarbayjon va oʻzbek xalklari kadimdan adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Nizomiy asarlarining baʼzilari oʻrta asrlardayoq oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Jumladan, Qutb Xorazmiy 14-asrning 1-yarmida „Hisrav va Shirin“ni oʻzbek tiliga koʻchirgan. Navoiy Nizomiy „Hamsa“si — „Panj ganj“dan ilhomlanib oʻzining besh buyuk dostonini yaratgan. Haydar Xorazmiy 15-asrda Nizomiyning „Mahzai ulasror“ dostonini, Ogahiy 19-asrda „Haft paykar“ni tarjima qilgan.

Navoiy asarlari oʻzi hayot vaqtidayoq Ozarbayjon shoirlari oʻrtasida mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Kishvariy va Fuzuliy Navoiyni oʻzlarining buyuk ustozlari deb bilganlar. Fuzuliy „Layli va Majnun“ning debochasida Navoiyni Nizomiy bilan bir qatorga qoʻyadi. Navoiy „Majolis un-nafois“, „Muhokamat ul-lugʻatayn“ asarlarida Nizomiy, Xoqoniy bilan birga Shayx Shirvoniy, Abu Abbos Suxravardiy, Abu Abdul-loh Xoqoniy Soʻfiy, Shayx Tabriziy, Qosim Anvariy singari ozarbayjon shoir va olimlarining nomlarini ham hurmat bilan tilga oladi.

Muhammad Fuzuliy asarlari, ayniqsa, uning „Layli va Majnun“ dostoni 17-asrdan boshlab Turkiston madrasalarida oʻquv qoʻllanmasi vazifasini oʻtagan. Bugina emas, Fuzuliy oʻzbek xalqi oʻrtasida eng sevimli shoirlardan biri boʻlgan. Shu tufayli Turkistonda „navoiyxonlik“, „bedilxonlik“ maktablari bilan birga „fuzuliyxonlik“ uyushmalarida minglab kishilar shoir asarlarini taxlil qilganlar. Fuzuliyning asarlari Oʻzbekistonda bir necha marta bosilib chiqqan. Nizomiyning „Guldasta“, Fuzuliyning ikki jildli tanlangan asarlari, M. P. Voqifning „Tanlangan sheʼrlar“, M. Oʻrdubodiyning „Qilich va qalam“ dilogiyasi, Sobirning „Xoʻpxoʻpnoma“, M. Ibrohimovning „Qorabogʻ qoʻshiqlari“, „Buyuk tayanch“, „Boʻron qushi“, M. Dilboziyning „Ozar qizi“, S. Rustamning „Tanlangan sheʼrlar“, I. Goʻzalovning „Cheksiz ufklar“ kitoblari, M. Huseyn, A. Valiyev, M. Rahim, U. Sarivelli, S. Rahimov, Q. Imomverdiyev va boshqa ozarbayjon shoir, adib va dramaturglarning asarlari, „Ozarbayjon shoirlari“ antologiyasi oʻzbek tilida nashr etilgan.

Ozarbayjon yozuvchilarining asarlarida Oʻzbekiston mavzui ham aks etgan S. Rustam „Qadrdon shahar“, „Oʻzbek qardoshimga“, M. Dilboziy „Oʻzbek qiziga“, Yu. Shirvon „Qardosh Oʻzbekistonda“ ocherklar turkumi, M. Ibrohimov „Ulugʻ doʻstlik“ asarida oʻzbek xalqi hayotini qalamga oladi.[4]

Ozarbayjon hududida neolit va jez davriga mansub qad. meʼmoriy yodgorliklar: dolmenlar, kromlexlar, mengirlar, qalʼalarning harobalari saqlanib qolgan. 5-asrga oid Lekit qishlogʻidagi xristianlarning doirasimon ibodatxonasi, 6-asrga oid Chirogʻqalʼa, 7-asrga oid Mingechaur ibodatxonalar majmuasi diqqatga sazovor. 11-13-asrlarda Naxichevan va Shirvon-Apsheron meʼmorlik maktabi tarkib topdi. Qasrlar va masjidlar bilan birga maqbaralar (Yusuf maqbarasi, 1162-yil va Moʻmina xotun maq-barasi, 12-asr, meʼmori Ajamiy) ham qurildi. 14-15-asrlarda qubbasimon va gumbazli inshootlar rasm boʻldi, ular girih naqshlar va tosh oʻymakorligi bilan bezatildi (Bokudagi Shirvonshohlar saroyi, 15-asr, Tabrizdagi Zangori masjid, 1465). 16-18-asrlarda Karvonsaroy, hammom va koʻpriklar qurildi, shaharlar rivojlandi. Ardabiddagi meʼmoriy majmua (meʼmor Shayx Bahovuddin), Shekidagi xonlar saroyi va boshqa shu davrning eng mashhur yodgorliklaridir. Ozarbayjondagi masjid, maqbara, Madrasa va boshqa inshootlar qurilishi hamda bezaklari Oʻrta Osiyo va Eron meʼmorligi bilan oʻzaro uygʻunlashgan. 19-asr 1-yarmida Ozarbayjondagi qurilishda Rossiya va Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. 20-asr Boku va boshqa shaharlar qayta qurildi, yangi bino hamda inshootlar barpo etildi. Matbuot uyi (meʼmori S. S. Pen), „Inturist“ mehmonxonasi (meʼmori A. V. Shchusev), Nizomiy nomidagi muzey, konservatoriya (meʼmorlari S. A. Dadashev va M. A. Useynov), M. Azizbekov nomidagi teatr (meʼmori G. M. Alizoda) shular jumlasiga kiradi. Mingechaur, Sumgait, Dashkesan kabi yangi shaharlar qad. koʻtardi. Ozarbayjon Meʼmorlar uyushmasi 1936-yilda tuzilgan.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon hududidan miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarga mansub loy va toshdan yasalgan jonivorlarning haykalchalari (Naxichevan Muxtor Respublikasida Kultepa qazilmalari) va sopol buyumlar (Mingechaur qazilmalari) topilgan. Qoyalardagi rasmlarda odamlar, jonivorlar, ov va rasm-ru-sum manzaralari (Qobuston, Gyamiqoya), jezdan yasalgan zeb-ziynatlar tasvirlangan. Oʻrta asrlarda haykaltaroshlik (jez burgutlar, tosh haykalchalar yasash) rivojlangan. Arablar istilosidan soʻng naqshli kulolchilik, tosh oʻymakorligi, xattotlik urf boʻldi. Jumladan, 13-16-asrlarda kitoblarni badiiy be-zash, Tabriz miniatyura maktabi, gilamdoʻzlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. 18-asrda imorat devorlariga naqsh va rasm solish (Shekidagi xonlar saroyi, Ordubad, Shushadagi tu-rar joylar) rivojlandi. 19-asrda miniatyura rangtasviri devoriy rasmlar va portret musavvirligida davom et-tirildi (Usta Qambar Qorabogʻiy, Mirza Qadim Erivoniy, Mirmuhsin Navvob).

20-asrda tasviriy sanʼatning realistik shakllari rivojlandi, yangi janrlar (hajviy grafika, illyustratsiya, plakat) paydo boʻldi. A. Azimzoda va boshqa Kengerli Ozarbayjon realistik sanʼatiga asos soldilar. 1920-yil Bokuda rassomlik maktabi ochildi, muayyan mavzuga bagʻishlangan rangtasvir, portret, peyzaj (manzara), haykaltaroshlik, dastgoh grafikasi kabi janrlar vujudga keddi. Ganjadagi Nizomiy haykali (F. Abdurahmonov) diqqatga sazovor. Hozirgi zamon rassomlaridan T. Salaxov, T. Narimonbekov, N. Abdurahmonov, E. Rizoquliyev, haykaltaroshlardan E. Husaynova, E. Shomilov, K. Alekperov asarlari mashhur. Ozarbayjon Rassomlar uyushmasi 1940-yilda tuzilgan.[4]

Ozarbayjon Respublikasining madhiyasi

Ozarbayjon hududidan topilgan qoya rasmlari (miloddan avvalgi 5-3-ming yillikda yaratilgan), arxeologik materiallar bu yerda musiqaning juda ham qadimiyligini koʻrsatadi. Mehnat qoʻshiqlari, tarixiy va lirik qoʻshikdar, hazil qoʻshiqlar keng tarkalgan. Qoʻshikdar koʻpincha yakka, baʼzan guruh boʻlib ijro etiladi. Chertib chalinadigan tor, soz, ud tori, ishqab chalinadigan kamoncha, puflama tutak, bolomon, surnay, zarb berib chalinadigan nogʻora, qoʻsh nogʻora, doira kabi musiqa asboblari ozarbayjon xalqining qad. sevimli cholgʻu asboblari sanaladi. Oʻrta asrlardayoq maqomlar tad-qiq qilingan. Ozarbayjon maqomlari nazariyasi U. Hojibekov tomonidan yozilgan („Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari“, 1945-yilda nashr etilgan). U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida „Layli va Majnun“ (1908) operasini, „Arshin mol olon“ (1913) komediyasini yaratdi. 1921-yilda konservatoriya, 1931-yilda birinchi notali xalq cholgʻu asboblari orke-stri tashkil qilindi. 1938-yilda simfonik orkestr tashkil topdi. 1927-yilda R. Glierning „Shohsanam“ operasi sah-naga qoʻyildi. M. Magomayevning „Nargiz“ (1935), U. Hojibekovning „Koʻroʻgʻli“ (1937) operalari Ozarbayjon musiqa sanʼati rivojida muhim voqea boʻldi. Q. Qorayev, J. Hojiyev, F. Amirovning opera va simfoniyalari mashhur. Sh. Mamedova, Bulbul, R. Beybutov, P. Bulbul oʻgʻli, M. Magomayev kabi xonandalarning faoliyati diqqatga sazovor.

Bokuda U. Hojibekov nomidagi konservatoriya, M. F. Oxundov nomidagi opera va balet teatri, Sh. Qurbonov nomidagi musikali komediya teatri, Qoʻshiq teatri, filarmoniya, simfonik orkestr, ashula va raqs ansambli ishlab turibdi. Respublika radiosi qoshida xalq musiqa asboblari orkestri bor. Ozarbayjonda Davlat musiqa akademiyasi, 6 musiqa bilim yurti, 73 musiqa maktabi mavjud. U. Hojibekov nomidagi Ozarbayjon sanʼati ilmiy tadqi-qot instituti (1945) musiqa va teatr masalalari bilan shugʻullanadi.

Ozarbayjon va oʻzbek xalklari musiqa sohasida qadimdan hamkorlik qilib kelganlar. Xususan, Eron ozarlariga mansub Abdulqodir Marogʻiy (1340—1435) deyarli butun ijodiy (xonanda, sozanda va bastakorlik) va ilmiy (musiqashunoslik) faoliyatini Amir Temur, Shoxrux Mirzo va Xalil Sulton Mirzolar saroyida oʻtkazgan.

1950-yillar oxirida oʻzbek kompozitori M. Burxonov joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan xalq qoʻshiqlari Ozarbayjonda bu turdagi xor musiqasi taraqqiyotiga turtki boʻldi. Mazkur aloqalar musta-qillik yillarida shaklan va mazmu-nan kengayib bormoqda. Navoiy nomidagi teatrda Ozarbayjon Melikovning „Ikki dil dostoni“, F. Amirovning „Ming bir kecha“ baletlari sahnalashtirilgan.[4]

Ozarbayjon xalq teatr sanʼati sarchashmalari qad. raqs va masharabozliklardan boshlanadi. Xalq orasida qoʻgʻirchoq tomoshalari qadimdan rivoj topgan. 1920-yilda Birlashgan davlat teatri tashkil qilindi (hozirgi M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon teatri). Bu teatr 30-40-yillarda uslubi va janri jihatdan turli-tuman boʻlgan koʻpgina spektakllarni tomoshabinlarga takdim qildi: M. Ibrohimovning „Hayot“, S. Vurgʻunning „Farhod va Shirin“, A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“ va boshqa 40-yillarda R. Rizoning „Vafo“, 3. Xolidning „Qasos“ asarlari sahnallashtirildi. Respublikada rus drama teatri, yosh tomoshabinlar teatri, Qoʻgʻirchoq teatri (hammasi Bokuda) va boshqa teatrlar bor. M. Aliyev, M. Dovudova, S. Ruhullo, A. Iskandarov, A. Alekperov, O. Qurbonov kabi artistlar milliy sanʼat rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. 1944-yil Bokuda Ozarbayjon teatr jamiyati tuzilgan.

Oʻzbek teatr sanʼatining taraqqiyotida Ozarbayjon teatri va dramaturgiyasining taʼsiri katta boʻldi. Ozarbayjon teatri 1911-yilda Turkiston shaharlarida tomoshalar koʻrsatdi. M. F. Oxundovning „Hoji Qora“, „Musyo Jordan va Darvish Mustalishoh“, N. Vezirovning „Yomgʻirdan qochib selga“, „Musibati Faxriddin“, A. Axverdiyevning „Talangan uya“, „Ogʻa Muhammadshoh Qojar“ asarlari namoyish etidsi. 1916-yilda Ozarbayjon musiqali teatri ham gastrolga kelib, U. Hojibekovning „Arshin mol olon“, „Asli va Karam“, „Layli va Majnun“ singari spektakllarini koʻrsatdi. Keyinroq ozarbayjon drama-turglarining „Koʻroʻgʻli“, „Nargiz“, „Sevil“, „Yulduz“, „Qaynona“ singari qator asarlari Oʻzbekiston teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnallashtirildi. H. Nosirova, M. Uygʻur, M. Qoriyeva, S. Olimov, Z. Qobilov kabi teatr arboblari Bokuda oʻqib kelganlar.[4]

Birinchi ozarbayjon badiiy filmi — „Neft va millionlar olamida“ 1916-yilda namoyish qilingan (rejissor B. N. Svetlov). 1923-yilda Ozarbayjon fotokino boshkarmasi tashkil etilib, 1924-yildan badiiy filmlar suratga olina boshlagan. 1945-yil U. Hojibekovning „Arshin mol olon“ komediyasi ekranlashtirildi (1966-yil rejissor T. Tagizoda shu filmning yangi variantini yaratdi). Tarixiy va ijtimoiy mavzulardagi „Latif“, „Ismat“ (rejissor M. Yu. Mixailov) filmlari yaratildi. 1936-yil dastlabki ovozli filmlar — „Ol-mos“ (rejissor A. R. Kuliyev), „Moviy dengiz sohilida“ (rejissor B. V. Barnet, S. Mardonov), „Yangi ufq“ (rejissor E. Quliyev) dunyoga keldi. 50-70-yillarda Ozarbayjon kinematografiyasi yangi bosqichga koʻtarildi. „Hayot imtihoni“ (rejissor Sh. Mahmudbekov), „Bolalikning soʻnggi tuni“ (rejissor A. Boboyev), „Yurakyurak“ (rejissor E. Quliyev), „Vaxt kadri“, (rejissor G. Seidbeyli) filmlarida insonning ichki dunyosi, axloq-odob masalalarini yori-tishga harakat qilindi. Xalq oʻtmishini yoritishga kirishgan G. Seidbeyli, T. Tagizoda, E. Quliyev kabi rejissorlar keyingi yillarda „Nasimiy“, „Soʻngan gulxanlar shuʼlasi“, „Bobak“, „Asov Kura“, „Yetti oʻgʻlim mening“ filmlarini yaratdilar. Ozarbayjon kinochilari yiliga 4-5 badiiy, koʻplab voqeiy-hujjatli va multiplikatsiya filmlari ishlab chiqaradilar.[4][5][6][7]

Oʻzbekiston — Ozarbayjon munosabatlari ahil inoq

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. The International Population Day, The demographic situation in Azerbaijan, The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan, 11-iyul 2011-yil
  2. https://www.stat.gov.az/source/demoqraphy/az/001_11-12.xls
  3. United Nations Statistics Division: Demographic and Social Topics: Population: Statistics: Demographic Yearbook: Introduction: United Nations Demographic Yearbook: Statistics: Population Censuses' Datasets (1995 — Present): Ethnocultural characteristics: Population by language, sex and urban/rural residence. Select filters: Country or Area—>Azerbaijan, Year—>2009, Area—>Total+Urban+Rural, Sex—>Both Sexes+Male+Female, Apply Filters.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 "Ozarbayjon" OʻzME. O-harfi, sahfialar 51-57[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lugʻat, lex.uz
  6. „Озарбайжон русча исмларни маън қилмоқчи“ (oʻzbekcha). BBC (7-mart).
  7. Sizin adiniz nedir, Azerbaycan? (Wayback Machine saytida 13-mart 2013-yil sanasida arxivlangan), Muhrim Aʼzamxoʻjayev blogi

Qoʻshimcha maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]