Kontent qismiga oʻtish

Portal:Tibbiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tibbiyot

Tibbiyot, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiy biologik, klinik, tibbiy ijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiy biologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini oʻrganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. (Davomi...)

Tanlangan maqola - boshqasini koʻrsatish

Подагра
KXK-10 M10
KXK-9 274.0 274.1 274.8 274.9
OMIM 138900 300323
eMedicine emerg/221 med/924 med/1112 oph/506 orthoped/124 radio/313

Podagra (qadimgi yunoncha soʻz boʻlib – oyoq tuzogʻi; pjos turkumidan – oyoq va ἄgra – ovlash) [1] – metabolik kasallik boʻlib, organizmdagi turli shakldagi urat kristallarining, monourat yoki siydik kislotasi shaklida, xar xil toʻqimalarda choʻkishi bilan tavsiflangan.

Ushbu hodisa siydik kislotasining toʻplanishiga va uning buyraklar tomonidan chiqarilishining pasayishiga asoslanadi, bu esa qonda ikkinchisining kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi (giperurikemiya). (Full article...)

Tanlangan biografiya - boshqasini koʻrsatish

Saidmagʻruf Magʻrupovich A’zamxoʻjayev (1917.5.11, Toshkent) – jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari doktori (1975), professor (1976). Toshkent davlat tibbiyot instituti sanitariyagigiyena, keyin sto-matologiya fakultetida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 – 91). 1991-yildan professor-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastro-duodenal qon oqishlar, me’da va oʻn ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, oʻtkir ap-penditsit, xolesistit va pankreatitlar, chandiq kasalligi, "oʻtkir qorin" va boshqalarga oid. A’zamxoʻjayev portal gipertenziya va jigar sir-rozi, shuningdek oʻpka silini jarrohlik yoʻli bilan davolash usullarini ish-lab chiqqan. (Full article...)

Umumiy tasvirlar – boshqasini koʻrsatish

Quyida Vikipediyadagi Tibbiyotga oid turli maqolalardan olingan suratlar keltirilgan.

Yaxshi maqola - boshqasini koʻrsatish

Yoʻtal siropi mojarosi Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand shahrida joylashgan bolalar shifoxonasida 18 nafar goʻdak oʻlimi bilan boshlangan jarayonlar toʻplamidir. Bolalar oʻlimiga Hindistonda faoliyat yurituvchi „Marion Biotech Pvt. Ltd“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Dok-1 Maks“ dori vositasi sabab boʻlgan. Laboratoriya oʻrganishlari natijasida preparat tarkibida zaharli etilenglikol moddasi aniqlangan. Hindiston hukumati „Marion Biotech“ kompaniyasiga qarshi ish ochgan boʻlsa, Oʻzbekiston rasmiylari bolalar vafot etgan kasalxona xodimlari va sogʻliqni saqlash tizimining bir qancha aʼzolariga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻagan.

Mamlakat hududida „Dok-1 Maks“ dori vositasini sotish va tarqatish 29-dekabr kuni rasman taʼqiqlandi. Sirop tarkibida zaharli modda borligini aniqlagan shifokor vazifasidan ozod etilgan. Kompaniya zavodlarida shu va shunga oʻxshash tarkibga ega dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni Hindiston hukumati taʼsiri ostida toʻxtatildi. Bu holat yuzasidan Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni oʻz vazifasidan ozod etdi. JSST va Oʻzbekiston rasmiylari oʻrtasida holat yuzasidan aloqalar oʻrnatilganligi, tergov ishlari hali-hanuz davom etayotgani iddao qilingan. Bojxona qoʻmitasi mojaro haqida xabarlar tarqala boshlagan kunda 60 ming qutiga yaqin dori vositalari tarqalishining oldini olgan. (Full article...)
Yaxshi maqolalar roʼyxati

Bilasizmi?

Loyihalar

Qardosh loyihalar

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash