Qandli diabet va homiladorlik
Qandli diabetli homilador ayollarda ham bola ham ona uchun bir nechta qiyinchiliklar mavjud. Agar homilador ayolda pregestatsion (avvaldan mavjud boʻlgan) diabet boʻlsa, bu bolaning chala tug`ilishiga, tug`ma nuqsonlarga yoki homilaning katta tugʻilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar homiladorlikni rejalashtirishdan 3 oy avval qondagi shakar miqdorini normallashtirishni maslahat beradi[1].
Homilador boʻlishni rejalashtirgan ayolda birinchi tip qandli diabet yoki ikkinchi tip qandli diabet avvaldan mavjud boʻlsa, homilador boʻlishdan avval qondagi glyukoza miqdorini qatʼiy nazorat qilish kerak [1].
Fiziologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pregestatsion diabet fiziologik mexanizmiga qarab birinchi tip yoki ikkinchi tip sifatida klassifikatsiyalanadi. Birinchi tip bu autoimmun kasalliklar natijasida kelib chiqib, oshqozon osti bezidagi betta hujayralarning funksiyasini buzilishiga olib keladi. Ikkinchi tip semizlik bilan bogʻliq boʻlib, insulin ishlab chiqarishning yetarli emasligi natijasida rivojlanadi. Homiladorlikda yo`ldosh qonda glyukoza miqdorini oshirib yuboradigan laktogen ishlab chiqaradi[2]. Pregestatsion diabetli homilador onalardagi fiziologik oʻzgarishlar qonda glyukozaning xavfli darajada oshishiga olib keladi. Bu oʻzgarishlar muhim, chunki qandli diabet asoratlari homilador boʻlmagan holatlarga qaraganda homiladorlik paytida ogʻirroq boʻladi.
Homila uchun xavf omillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pregestatsion diabetning salbiy taʼsiri asosan homiladorlikning birinchi trimestrida (gestatsion diabetdan farqli ravishda) qondagi qand va insulin darajasining yuqoriligi bilan bogʻliq boʻlib, bu ikkinchi va uchinchi trimestrda homilada ogʻir holatlarga olib keladi. Bu davrlar homilaning koʻplab asosiy ichki aʼzo va toʻqimalari rivojlanadigan davr boʻlganligi sababli, pregestatsion diabet tugʻma nuqsonlarga olib kelishi mumkin. Bularga yurak va markaziy asab tizimining notoʻgʻri rivojlanishlari kiradi[3]. Markaziy asab tizimining notoʻgʻri rivojlanishi chanoq ageniziyasi (chanoq suyagining gipoplaziyasi), xoloprosensefaliya (miya zararlanishiga oid)ga olib kelsa, yurakning notoʻgʻri rivojlanishi arteriya trunkusning notoʻgʻri rivojlanishiga, atrioventrikulyar blokadaga olib keladi[4]. Bu asoratlarni qondagi qand miqdorini qattiq nazorat qilish orqali oldini olish mumkin. Bolalardagi yengil nevrologik va aqliy yetishmovchiliklar, jumladan, DVS simptomlarining kuchayishi, harakatning maʼlum darajada cheklanishi va xotira pasayishi homiladorlikdan oldingi birinchi toifa diabet va gestatsion diabet bilan bogʻliq[5][6][7]. Pregestatsion diabet, shuningdek, bolada tugʻruqdan keyingi asoratlarga, jumladan, fiziologik boʻlmagan sariqligi, gipoglikemiya va makrosomiya (homilaning kattalashib ketishi)ga olib kelishi mumkin. Biroq, homiladorlikdan oldingi diabet xromosoma oʻzgarishlari (masalan, Daun sindromi) tufayli paydo boʻladigan kasalliklar ehtimolini oshirmaydi. Bundan tashqari, homiladorlikning dastlabki bosqichlarida anormal rivojlanish tufayli homila tushish holatlari ham koʻpayadi[8], qonda glyukoza miqdorini nazorat qilmaslik bola tugʻilishidan qisqa vaqt oʻtib, uning oʻpkasi respirator kasalliklarga duch kelishiga olib keladi[9]. Agar onaning qonidagi qand miqdori tugʻruq vaqtiga yaqin yuqori boʻlsa, gipoglikemiyali bola tugʻiladi, bu esa bolaning oʻzidan qoʻshimcha insulin ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bunday bolalarda semirish, 2-toifa qandli diabet va metabolik sindrom kabi holatlar kuzatilishi xavfi yuqori boʻladi[10].
Homiladorlikda diabetni davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Homiladorlikda glyukoza miqdori iloji boricha qatʼiy nazorat qilinishi kerak. Homiladorlikning birinchi haftasida qondagi qand miqdorini qattiq nazorat qilish, shuningdek, homilaning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha glyukoza tufayli insulin bilan kamroq davolash kerak[11]. Qondagi qand miqdorini nazorat qilib turish uchun tez-tez tekshirib turiladi. Homila oʻsishi va vazni ortishi sababli organizm koʻproq gormonlar ishlab chiqaradi, bu esa insulinga rezistentlik va koʻproq insulinga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqarishi mumkin. Bu vaqtda qondagi qand miqdori normada boʻlishi muhim, chunki bola onasining qonidagi yuqori qand miqdorini kamaytirish uchun oʻz insulinini koʻproq ishlab chiqaradi, bu esa homila makrosomiyasi (katta tugʻilishi)ga olib keladi[12]. Tugʻruq paytida insulin miqdori kamaytirilishi kerak, yoʻqsa giperglikemiya paydo boʻlishi mumkin. Chaqaloq tugʻilgandan soʻng va keyingi kunlarda yoʻldoshdan koʻproq insulin talab qiladigan gormonlar boʻlmaydi, shuning uchun insulin talabi kamayadi va asta-sekin normal koʻrsatkichlarga qaytadi[9].
Qandli diabetni ovqatlanishni toʻgʻri rejalashtirish, jismoniy faollikni oshirish va insulin bilan davolash orqali samarali davolash mumkin. Homiladorlik davrida qandli diabetni nazorat qilish uchun baʼzi maslahatlar:
- Shirinliklarni kamaytiring, kuniga uch marta kam-kamdan taom isteʼmol qiling, ovqatlanish vaqtlarini toʻgʻri nazorat qiling va meva- sabzavot va toʻliq donli ekinlardan tayyorlangan taomlarni isteʼmol qiling.
- Jismoniy harakatlarni oshiring – yurish, suzish va boshqalar.
- Qondagi shakar miqdorini doim tekshirtirib turing.
- Ertalab uyqudan turganda qondagi qand miqdori 95 mg/dL (5.3 mmol/L), ovqatdan bir soat keyin 140 mg/dL (7.8 mmol/L) va ovqatdan ikki soat keyin 120 mg/dL (6.7 mmol/L) dan past boʻlishi kerak.
- Har safar qondagi qand miqdorini tekshirayotganda natijalarni tegishli tarzda qayd qilib boring va davolashni baholash va oʻzgartirish uchun shifokoringgizga taqdim eting. Agar qondagi qand miqdori belgilangan miqdordan yuqori boʻlsa, davolash usullari oʻzgartiriladi.
- Koʻpchilik homiladorlikda qondagi qand miqdorini kamaytirish uchun qoʻshimcha insulinga muhtoj boʻlishi mumkin. Insulin chaqaloq uchun zararli emas[13].
Sogʻliqni saqlash milliy instituti endi homilador yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan 1-toifa diabet bilan ogʻrigan barcha ayollar uchun yopiq siklli insulin tizimlarini variant sifatida tavsiya qiladi[14][15][16].
Koʻkrak suti bilan boqish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻp hollarda hattoki ona diabet bilan kasallangan boʻlsa ham koʻkrak suti bilan boqish bola uchun yaxshi boʻladi. Misol uchun, agar bola koʻkrak suti bilan boqilgan boʻlsa, bolada ikkinchi tip qandli diabet rivojlanish xavfi kamroq boʻladi. Shuningdek emizish, goʻdaklik davrida bolaning normal vaznini saqlashga yordam beradi. Biroq, qandli diabet bilan ogʻrigan onalarning koʻkrak suti qandli diabet boʻlmagan onalarnikidan farqli tarkibga ega ekanligi aniqlangan, ularning suti tarkibida glyukoza va insulin darajasining oshishi va politoʻyinmagan yogʻ kislotalarining pasayishi kabi holatlar kuzatiladi[17]. Qandli diabet bilan ogʻrigan onalarning bolalari uchun ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari boʻlsa-da, diabetik koʻkrak sutini isteʼmol qilish ham dozaga bogʻliq ravishda bolaning soʻzlashuvi rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin[17]. Baʼzi holatlarda, ayol homiladorlik vaqtida qonida qand miqdori juda past koʻrsatkichlarga ega boʻlganda, bola tugʻilgandan keyin unga og`iz suti berish tavsiya etilmaydi[18]. Diabetli homilador ayollarda uning steril va foydali ekanligiga aniq dalillar yoʻq[18].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vait klassifikatsiyasi (fizik olim Preskella Vait)[19] onada va homilada xavf omillarini baholash uchun keng qoʻllaniladi. Bu homiladorlikdagi gestatsion diabet va homiladorlikdan avval mavjud boʻlgan pregestatsion diabetlarni farqlash imkonini beradi. Bu ikki guruh kasallik xavf omillari va davolashga koʻra turlarga ajratilgan[20]. Homiladorlik davrida boshlangan gestatsion diabetning 2 ta turi bor:
- A1 sinf: parhez orqali nazorat qilinadigan gestatsion diabet;
- A2 sinf: dorilar yordamida nazorat qilinadigan gestatsion diabet.
Pregestatsion diabetni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:
- B sinf: 20 va undan katta yoshda yoki 10 yildan kam davom etadigan;
- C sinf: 10-19 yoshda boshlanishi yoki davomiyligi 10-19 yil;
- D sinf: 10 yoshdan oldin yoki 20 yildan ortiq davom etishi;
- E sinf: tos tomirlari kalsiylashgan qandli diabet;
- F sinf: diabetik nefropatiya;
- R sinf: proliferativ retinopatiya;
- RF sinf: retinopatiya va nefropatiya;
- H sinf: koronar arteriya kasalligi;
- T sinf: buyrak transplantatsiyasi.
Kasallikning erta boshlanishi yoki uzoq davom etishi katta xavf tugʻdiradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Pregnancy if You Have Diabetes | NIDDK“ (en-US). National Institute of Diabetes and Digestive and Kidney Diseases. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
- ↑ Barbour, Linda A.; McCurdy, Carrie E.; Hernandez, Teri L.; Kirwan, John P.; Catalano, Patrick M.; Friedman, Jacob E. (2007-07-01). "Cellular Mechanisms for Insulin Resistance in Normal Pregnancy and Gestational Diabetes" (en). Diabetes Care 30 (Supplement 2): S112–S119. doi:10.2337/dc07-s202. ISSN 0149-5992. PMID 17596458. https://care.diabetesjournals.org/content/30/Supplement_2/S112.
- ↑ „Home - Eastern Virginia Medical School (EVMS), Norfolk, Hampton Roads“. www.evms.edu. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ Tinker, Sarah C.; Gilboa, Suzanne M.; Moore, Cynthia A.; Waller, D. Kim; Simeone, Regina M.; Kim, Shin Y.; Jamieson, Denise J.; Botto, Lorenzo D. et al. (February 2020). "Specific birth defects in pregnancies of women with diabetes: National Birth Defects Prevention Study, 1997–2011" (en). American Journal of Obstetrics and Gynecology 222 (2): 176.e1–176.e11. doi:10.1016/j.ajog.2019.08.028. PMID 31454511. PMC 7186569. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7186569.
- ↑ "Exposure to Gestational Diabetes Mellitus and Low Socioeconomic Status: Effects on Neurocognitive Development and Risk of Attention-Deficit/Hyperactivity Disorder in Offspring". Archives of Pediatrics & Adolescent Medicine 166 (4): 337–43. January 2012. doi:10.1001/archpediatrics.2011.784. PMID 22213602. PMC 5959273. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5959273.
- ↑ "School-age children born to diabetic mothers and to mothers with gestational diabetes exhibit a high rate of inattention and fine and gross motor impairment". Journal of Pediatric Endocrinology & Metabolism 14 Suppl 1: 681–9. 2001. doi:10.1515/jpem.2001.14.s1.681. PMID 11393563.
- ↑ "Explicit memory performance in infants of diabetic mothers at 1 year of age". Developmental Medicine and Child Neurology 47 (8): 525–31. August 2005. doi:10.1017/s0012162205001039. PMID 16108452. PMC 2829746. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2829746.
- ↑ „First Trimester complications in pregnancy with diabetes“ (2016-yil sentyabr). 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
- ↑ 9,0 9,1 Walsh, John. Pumping Insulin. San Diego, California: Torrey Pines Press, 2006 — 288-bet. ISBN 978-1-884804-86-1.
- ↑ Calkins, Kara; Sherin Devaskar (2011). "Fetal Origins of Adult Disease". Curr Probl Pediatr Adolesc Health Care 41 (6): 158–176. doi:10.1016/j.cppeds.2011.01.001. PMID 21684471. PMC 4608552. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4608552.
- ↑ Scheiner, Gary. Think like a Pancreas. Da Capo Press, 2004 — 173-bet. ISBN 978-156924-436-4.
- ↑ „Infant of Diabetic Mother“. Children's Hospital of Philadelphia (2014-yil 24-avgust).
- ↑ or%20through%20an%20insulin%20pump. „Prenatal Care | ADA“. www.diabetes.org. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Overview | Diabetes in pregnancy: management from preconception to the postnatal period | Guidance | NICE“. www.nice.org.uk (2015-yil 25-fevral). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
- ↑ Lee, Tara T.M.; Collett, Corinne; Bergford, Simon; Hartnell, Sara; Scott, Eleanor M.; Lindsay, Robert S.; Hunt, Katharine F.; McCance, David R. et al. (2023-10-26). "Automated Insulin Delivery in Women with Pregnancy Complicated by Type 1 Diabetes" (en). New England Journal of Medicine 389 (17): 1566–1578. doi:10.1056/NEJMoa2303911. ISSN 0028-4793. http://www.nejm.org/doi/10.1056/NEJMoa2303911.
- ↑ "Closed-loop insulin systems are effective for pregnant women with type 1 diabetes". NIHR Evidence. 16 January 2024. https://evidence.nihr.ac.uk/alert/closed-loop-insulin-systems-are-effective-for-pregnant-women-with-type-1-diabetes/.
- ↑ 17,0 17,1 "Impact of breast-feeding on psychomotor and neuropsychological development in children of diabetic mothers: role of the late neonatal period". Journal of Perinatal Medicine 34 (6): 490–6. 2006. doi:10.1515/JPM.2006.095. PMID 17140300.
- ↑ 18,0 18,1 East, Christine E.; Dolan, Willie J.; Forster, Della A. (2014-07-30). "Antenatal breast milk expression by women with diabetes for improving infant outcomes". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2014 (7): CD010408. doi:10.1002/14651858.CD010408.pub2. ISSN 1469-493X. PMID 25074749. PMC 9939873. http://espace.library.uq.edu.au/view/UQ:336306/UQ336306_OA.pdf.
- ↑ White P (November 1949). "Pregnancy complicating diabetes". Am. J. Med. 7 (5): 609–16. doi:10.1016/0002-9343(49)90382-4. PMID 15396063.
- ↑ Gabbe S. G., Niebyl J. R., Simpson J. L. OBSTETRICS: Normal and Problem Pregnancies. Fourth edition. Churchill Livingstone, New York, 2002. ISBN 0-443-06572-1