Kontent qismiga oʻtish

Qusxana dingi

Koordinatalari: 42°21′47″N 59°37′37″E / 42.362972941487676°N 59.62696761094265°E / 42.362972941487676; 59.62696761094265
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qusxana dingi
Qusxana qabristoni
Umumiy maʼlumot
Maqomi Arxitektura yodgorligi
Turi Qabriston
Manzili „Kizketken“ MFY
Shahar Nukus shahri
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 42°21′47″N 59°37′37″E / 42.362972941487676°N 59.62696761094265°E / 42.362972941487676; 59.62696761094265
Qurilishi boshlangan XV asr
Qurilishi tugagan XIV asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Qusxana dingi xaritada

Qusxana dingi (yoki Qusxana qabristoni) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahridagi tarixiy va arxitektura yodgorligi. Qabriston bugungi kunda „Kizketken“ mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan boʻlib, X hamda XIV asrlarga tegishlidir.

Qusxana dingi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[2].

Qabriston hududida, shuningdek, milodiy IIIII asrlaridan boshlab to XIV asrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan arxeologik ashyolar topilgan. IXXIV asrlarda ham foydalanilgan qorovul minorasi qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Qabriston hududida olib borilgan izlanishlar davomida XVIII—XIX asrlarga tegishli masjid ham aniqlangan boʻlib, bu masjid minoraning sharqiy qismidan 30 metr uzoqlikda joylashgan[3].

Qadimgi ossuariylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumaniga qarashli maydonida joylashgan Qusxana tepaligida zardushtiylik madaniyatiga tegishli boʻlgan ossuariylar qarovsiz qolib ketayotgani haqida ma’lum qilingan. Kelib tushgan xabarda, shuningdek, shu yerlik aholi orasidan ba’zi bir kishilar ming yillik tarixga ega boʻlgan ossuariylarni qazib olib ketayotgani yoki ushbu joyning oʻzida ularni maydalab har tomonga sochib tashlayotgani ham aytilgan. Mahalliy aholi tomonidan qoramol va qoʻylarning bu atrofda boqilishi ham zarar beruvchi omillardan biri sifatida sanab oʻtilgan.

Mahalliy aholi odamlarni qadimgi zaroastrizm dini odatlariga koʻra dafn etiladigan qabristonni „Kapir auliye“ deb atashgan. Zardushtiylik diniga binoan odam vafot etgandan keyin, uni yerga koʻmmay, dastlab suyagini etidan ajratib olishgan. Jasaddan qolgan etni esa qushlarga yedirilib, suyaklar ettan tozalanganidan soʻng uni alebastrdan tayyorlagan quti — ossuariyga solib yerning ustiga qoʻyishgan. Har bir ossuariyning toʻrtta oyogʻi boʻlgan. Zardushtiylik dinida yer muqaddas hisoblanganligi sababli oʻlgan odamning, hattoki suyagini ham yerga tekkizmaslik uchun toʻrtta oyoqli ossuariyga solib yerning ustiga qoʻyish odati mavjud boʻlgan.

Olimlarning fikriga koʻra, Qusxana tepaligidagi ossuariylar 6,5—7 gektar maydonda joylashgan boʻlib, tepalikda har qadamda ossuariylar chiqib turadi. Ossuariylar koʻpincha saksovul oʻsimliklarining tubidan topiladi[4].

Sulton Uvays bobo maqbarasi

Shibliy ota maqbarasi

Toqmaq ota maqbarasi

Murat shayx maqbarasi

Tugʻon Turk maqbarasi

Kechirmas bobo maqbarasi