Taldiqoʻrgʻan
Taldiqoʻrgʻan qoz. Талдықорған | |
---|---|
shahar | |
45°1′0″N 78°22′0″E / 45.01667°N 78.36667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Almati viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Alpisov Yermek Amantaevich |
Asos solingan | 1868 |
Avvalgi nomlari | Gavrilovka / Gavrilovskoe, Taldi-Qoʻrgʻan |
Maydon | 74 km2 (29 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
157,646[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 64,96 % ruslar 25,47 % koreyslar 3,61 % tatarlar 1,94 % olmonlar 1,10 % ukrainlar 0,75 % uyg'urlar 0,67 % [2][3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7282[4] |
Pochta indeks(lar)i | 040000[5] |
Avtomobil kodi | B, 05 |
|
Taldiqoʻrgʻan — (qozoqcha: Талдықорған) Almati viloyatining markazi. Aholisi 130 797 kishi. Qozogʻiston Respublikasi janubiy-sharqida Jetisuv Olatogʻining gʻarbida joylashgan. Markaziy Osiyo, Rossiya davlatlariga qatnaydigan aeroport, temir yoʻl stansiyasi bor. Taldiqoʻrgʻan shahridan Astana shahrigacha oraliq masofa 758 km, Almatigacha 279 km. Taldiqoʻrgʻanda akkumulyator, meva, konserva zavodlari; tikuvchilik, poyabzal, mebel fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, pedagogika institut, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, teatr bor. Aeroport, avtovokzal ishlab turibdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]19-asrning 2-yarmida Gavrilovka qishlogʻi (1920-yildan Taldiqoʻrgʻan) oʻrnida vujudga kelgan. 1930-yildan Qozogʻistonning Olmaota okrugi, Toldiqoʻrgʻon tumani markazi. 1967-yildan — 1998-yilgacha Toldiqoʻrgʻon viloyati markazi boʻlgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharning milliy tarkibi 2010 yil 1-yanvargi.[2][3]
- qozoqlar — 93 157 kishi (64,96 %)
- ruslar — 36 532 kishi (25,47 %)
- koreyslar — 5 172 kishi (3,61 %)
- tatarlar — 2 783 kishi (1,94 %)
- olmonlar — 1 581 kishi (1,10 %)
- ukrainlar — 1 071 kishi (0,75 %)
- uyg'urlar — 962 kishi (0,67 %)
- chechenlar — 354 kishi (0,25 %)
- oʻzbeklar — 302 kishi (0,21 %)
- beloruslar — 177 kishi (0,12 %)
- ozarbayjonlar — 130 kishi (0,09 %)
- polyaklar — 123 kishi (0,09 %)
- qirg'izlar — 102 kishi (0,07 %)
- boshqalar — 962 kishi (0,67 %)
- umumiy — 143 407 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madaniyat va maorif sohasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda S.Seyfullin nomli shahar kutubxonasi, shahar bolalar kutubxonasi, V.Mayakovskiy nomli kutubxona, M. Tinishpaev nomli muzeyі, І. Jansugirovning adabiy muzeyi, І. Jansugirov nomli madaniyat uyi. Shuningdek, І. Jansugirov nomli Jetisuv davlat universiteti, tibbiyot kolledjі, Q. Bayseitov nomli musiqa kolledji, iqtisodiy-texnik kolledj, 3 kasbiy-texnik litsey va maktablar, umumiy bilim beruvchi 22 maktab faoliyat yuritadi.
Tibbiyot sohasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar shifoxonasi, shahar kordiologiya markazi, sanitar-epidemiologik stansa, viloyat onkologiya dispanserі, ayollarga shifokorlik yordam beruvchi markaz, viloyat kasalxonasi, viloyat bolalar kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, tuberkulez dispanserі, viloyat narkologiya dispanserі, shahar tez yordam stansasi, shahar qon markazi va boshqalar aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqlimi kontinental, Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −11 — 13 °C, iyulda — 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori — 350 — 400 mm. Uning asosiy qismi mart-may va noyabr-dekabr oylariga toʻgʻri keladi. Yiliga 50 kungacha qurgʻoqchilik boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Almati viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана