Kontent qismiga oʻtish

William Arthur Lewis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyuis Uilyam Artur (1925.23.1, Sent-Lyusiya oroli, Britaniya Vest-Indiyasi — 1991) — iqtisodchi olim, iktisodiyot doktori (1940), Manchester universiteti professor (1948); BMTning rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari boʻyicha eksperti va BMT maxsus fondi ijrochi direktorining oʻrinbosari (1951 — 73); Prinston universiteti professor (1968), Barbadosda Karib taraqqiyot banki prezidenti (1970—73). Lewisning ilmiy ishlari rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat siyosati va iqtisodiyoti muammolariga bagʻishlangan. U rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlanib boruvchi zamonaviy sanoat va anʼanaviy agrar sektorlardan iborat "ikkiyoklama iktisodiyot" modelini ("Lyuis modeli") yaratdi.

Lyuis anʼanaviy agrar sektordan cheklanmagan resurelarni, ishchi kuchini jalb kilish orqali ishlov beruvchi sanoat va savdoning rivojlanishini, olingan foydaning reinvestitsiya qilinishini asoslab berdi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi isheizlik modelini taklif qildi (1954). Asosiy asarlari: "Iqtisodiy oʻsish nazariyasi" (1955), "Rivojlanishni rejalashtirish. Iktisodiy siyosat asoslari" (1966). Nobel mukofoti laureati (1979; Theodore Schultz bilan hamkorlikda).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil