Kontent qismiga oʻtish

Urugvay

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yn Ooraguaydan yoʻnaltirildi)
Urugvay Sharqiy Respublikasi
República Oriental del Uruguay
ShiorLibertad o Muerte
(Ispancha: Ozodlik yoki Oʻlim)
Madhiya: Himno Nacional de Uruguay
Ispancha: Urugvay Davlat Madhiyasi
Location of Urugvay
Poytaxt Montevideo
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Xose Muxika
Mustaqillik (Braziliyadan)
• Sana
25-avgust 1825
Maydon
• Butun
176,220 km2 (90-oʻrin)
• Suv (%)
1.5
Aholi
• 2011-yilgi roʻyxat
3,318,535 (130-oʻrin)
• Zichlik 18,65/km2
YIM (XQT) 2011-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$ 50,908 mil. (72-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$ 15,656
Pul birligi Peso Uruguayo (UYU)
Vaqt mintaqasi UTC−3
• Yoz (DST)
UTC−3
Qisqartma UY
Telefon prefiksi 598
Internet domeni .uy

Urugvay (ispancha: Uruguay), Urugvay Sharq Respublikasi (ispancha: República Oriental del Uruguay) – Janubiy Amerikaning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat hisoblanib, maydoni 181,034 km². Aholisi esa 3,5 mln, ularning deyarli 2 mln ni Urugvayning poytaxti va metropoliten (eng katta) hududi boʻlgan Montevideo da istiqomat qiladi. Maʼmuriy jihatdan 19 ta departamentga boʻlinadi. Shuni eslatib oʻtish joizki, Urugvay tarixdagi 1-jahon chempioni boʻlgan davlat.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urugvay – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1967-yil kuchga kirgan va 1997-yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident, u toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni vakillar palatasi va senatdan iborat boʻlgan Kongress (yoki Bosh Assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi. Prezident Vazirlar kengashini tayinlaydi.

Mamlakat janubiy va janubi-sharqda Atlantika okeani bilan oʻralgan. U. qirgʻoqlari kam parchalangan, past, laguna tipli. Yer yuzasi, asosan, sertepa tekislik. Mamlakat chekka sharqining aksariyati (Atlantika okeani sohili) botqoqlashgan pasttekislik. U.ning eng baland nuqtasi – chekka janubidagi Pande-Asukar togʻi (501 m). Foydali qazilmalardan temir, marganets, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, talk, qimmatbaho tosh, granit, marmar, qoʻngʻir koʻmir bor. Iqlimi subtropik, nam iqlim. Oʻrtacha temperatura iyulda 10°—12°, yanvarda 22°— 24°. Yiliga 1000–1200 mm yogʻin yogʻadi. Katta daryolari – Urugvay va RioNegro. Preriyalarning qizilqora tuproqlarida oʻtli subtropik savanna, daryo boʻylarida doim yashil oʻrmon; janubida butali savanna, sharqda palmazorlar bor. Hayvonlardan zirhlilar, nutriya, kalamush, puma, amerika tuyaqushi, tapir, bugʻu, yovvoyi mushuk, tulki, chumolixoʻr; parrandalardan oqqush, qarqara, turna, kolibri, sudralib yuruvchilardan shaqildoq ilon, qora ilon, alligator koʻp. KaboPolono, SantaTeresa va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.

U.ning aksariyat aholisi – urugvayliklar (kreollar, ispan kolonistlari va 19-asrda koʻchib kelgan italyanlarning avlodlari). 19-asrning 2-yarmida fransuzlar, nemislar, slavyanlar ham koʻchib kela boshlagan. Rasmiy til – ispan tili. Dindorlarning aksariyati xristiankatolik. Shahar aholisi 88,7%. Yirik shaharlari – Montevideo, Salto.

U. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, ular dehqonchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugullangan. 16-asrning boshlarida bu yerda ispan mustamlakachilari paydo boʻldi. 1750-yil Ispaniya bu hududni butunlay egallab oldi va 1776-yil Sharqiy sohil (mustamlaka davrida U. shunday deb nomlangan) Ispaniyaga qarashli LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kiritildi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakachilarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Sharqiy sohil aholisi 1815-yil mustaqillik eʼlon qildi. 1816-yil Portugaliya qoʻshinlari Sharqiy sohilga bostirib kirib, 1817-yil uni batamom egallab oldi. 1821-yil Sharqiy sohil Braziliya tarkibiga qoʻshib olindi. 1825-yil U. vatanparvarlari X. A. Lavalyexi rahbarligida kurash boshladilar va Sharqiy sohil Portugaliya bilan Braziliyadan ozod qilinib, mustaqil deb eʼlon qilindi (1825-yil 25 avgust), ammo tez orada Argentinaga qaram boʻlib qoldi. Toʻla mustaqillik uchun ozodlik kurashi avj oldi. 1828-yil Braziliya bilan Argentina oʻrtasidagi sulh shartnomasida U. mustaqil davlatini tuzish nazarda tutildi. 1830-yil U. Sharq Respublikasi deb eʼlon qilindi. 19-asr oxirida urugvay millati shakllanib boʻldi.

Birinchi jahon urushida U. betaraflik eʼlon qildi. 1933-yil oʻng kuchlar mamlakatda toʻntarish uyushtirib, diktatura rejimini oʻrnatdi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillari U. „oʻq“ pakti davlatlari (Germaniya, Yaponiya, Italiya) bilan aloqasini uzdi (1942). 1945-yil Germaniya bilan Yaponiyaga urush eʼlon qildi. 1951-yil konstitutsiyani isloh qilish yuzasidan oʻtkazilgan plebissit natijasida davlat idora usuli oʻzgardi: Milliy hukumat kengashi davlat boshligʻi vazifasini bajara boshladi. 1966-yil konstitutsiya islohoti yakunida yana prezident lavozimi tiklandi. 1973-yil qurolli kuchlarning oʻng qanoti davlat toʻntarishi oʻtkazib, parlamentni tarqatib yubordi, siyosiy partiya va kasaba uyushmalarining faoliyatini taqikladi. 1976-yil iyuldan harbiylar A. Mendesni prezident lavozimiga tayinladilar. 1981-yil sent, da hokimiyat tepasiga kelgan hukumat vazmin siyosat yuritdi. U. – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan. Milliy bayrami – 25 avgust – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Kolorado" partiyasi, 19-asrda tuzilgan; Milliy partiya („Blanko“), 19-asrda tashkil etilgan; Fuqarolik ittifoqi, 1917-yil asos solingan; U. sotsialistik partiyasi, 1910-yil tuzilgan; Xristiandemokratik partiya, 1962-yil tashkil etilgan. Mehnatkashlarning kasaba uyushmalariaro plenumi, 1966-yil asos solingan.

Urugvay – industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 26%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik ulushi 8%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 66%.

Sanoatida oz miqdorda grafit, granit, marmar, qurilish materiallari qazib olinadi. Ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmoqlari – oziq-ovqat (goʻsht, vino, konserva), toʻqimachilik (asosan, jun gazlama) sanoati. Metallurgiya, avtomobil yigʻuv, neftni qayta ishlash, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika, sement, rezina, kunpoyabzal sanoati korxonalari bor. Yogoch tayyorlanadi. Yiliga oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi goʻshtbop qoramol va jun olinadigan qoʻychilik. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning koʻp qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Dehqonchilikda bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, yemxashak ekinlari, texnika ekinlaridan yeryongʻoq, shakarqamish, kungaboqar, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.

Yuklarning 3/4 shemi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻlari uz. 51 ming km, temir yoʻl uzunligi 2,1 ming km. Dengiz savdo flotining hajmi 172,5 ming t dedveyt. Asosiy dengiz porti – Montevideo. U. chetga chorva mol, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq, jun, teri va kunchilik xom ashyosi, sabzavot, toʻqimachilik mollari chiqaradi, chetdan mineral xom ashyo (jumladan, neft), kimyoviy mollar, qora metall, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Braziliya, Argentina, AQSH, XXR, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi – urugvay pesosi.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholiga, asosan, xususiy tibbiy muassasalar xizmat koʻrsatadi. Tibbiyot xodimlari Montevideodagi untning tibbiyot fakulteti va 2 ta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha tipdagi oʻquv yurtlarida taʼlim bepul. Boshlangʻich maktab – 6 yillik, oʻrta maktab ham 6 yil (3+3). Boshlangʻich va kichik oʻrta maktablarda oʻqish – majburiy. Davlat maktablari bilan bir katorda xususiy umumiy taʼlim oʻquv yurtlari ham bor. Oʻrta maktabning 1bosqichi negizida 3 yillik xunartexnika va pedagogika bilim yurtlari ishlaydi. U.da diniy seminariya kuts. Oliy taʼlim, asosan, Montevideodagi Urugvay universitetida (1849-yilda tashkil etilgan) olinadi. Uning xuzurida konservatoriya, kutubxonachilik maktabi, ijtimoiy yordam maktabi, texnologiya va kimyo instituti, nafis sanʼat maktabi bor. Montevideodagi Mehnat universiteti yuqori tipdagi maxsus oʻquv yurti hisoblanadi. Sanʼat va hunarmandchilik kolleji va boshqa oʻquv yurtilari bor. Ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi mamlakatdagi ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Geografiya va tarix instituti (1843), Kimyo farmatsevtika uyushmasi (1888), Meteorologiya bosh boshqarmasi (1912), Qishloq xoʻjaligi tadkiqotlari markazi (1914), astronomiya rasadxonasi (1928), biologiya instituti (1923), kimyo sanoati instituti (1935), Atom energiyasi milliy komissiyasi (1955), onkologiya instituti (1960), Milliy muhandislik akademiyasi (1963) bor. Yirik kutubxonalari: Montevideodagi Milliy kutubxona (1816), Kongress milliy kutubxonasi (1929), Markaziy pedagogika kutubxonasi (1888). Muhim muzeylari: Montevideodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi (1811), Milliy tarix muzeyi (1900), Tabiattarixi milliy muzeyi (1837), pedagogika muzeyi (1888), Takuarembodagi indeyslar muzeyi, Zoologiya muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy gaz. va jurnallari: „Diario ofisyel“ („Rasmiy kundalik gazeta“, 1905-yildan), „Manyana“ („Tong“, kundalik gazeta, 1917-yildan), „Ora popular“ (kundalik gaz, 1989-yildan), „Aki“ („Shu yerda“, siyosiy haftanoma, 1983-yildan), „Buskeda“ („Izlanish“, ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1972-yildan), „Demokrasia“ („Demokratiya“, haftanoma, 1981-yildan), „Kronikas ekonomikas“ („Iqtisodiy yangiliklar“, haftanoma, 1981-yildan), „Estudios“ („Tadqiqotlar“, oylik jurnal, 1956-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Milliy aloqa boshqarmasi – ANTEL davlat mahkamasi 1974-yil tuzilgan boʻlib, mamlakatdagi radioeshittirish va tele kursatuvlarni nazorat qiladi. Telekursatuvlar 1956-yildan ishlaydi.

Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki qoʻlyozma yodgorliklari mustamlaka davrida yaratilgan. Peres Kastelyanoning „Memorial“ asari (1779-yil yozilgan, 20-asr boshlarida nashr qilingan) maktub tarzidagi tarixiy nasr namunasidir. X. Prego de Oliver, K. Vilyademoros sheʼriyati va X. P. Martinesning „Begʻubor sadoqat“ pyesasi (1808) badiiy adabiyotga asos soldi. Mustakdllik uchun kurash davrida gaucholar (dasht aholisi)ning xalq ogʻzaki ijodiyoti negizida gaucho adabiyoti vujudga keldi. Uning mashhur namoyandasi B. Idalgo (1788— 1822) sheʼrlari ispan mustamlakachilarini fosh etadi va ijtimoiy adolatsizlikni laʼnatlaydi. Yevropa klassitsizmi anʼanalariga tayanuvchi „akademik adabiyot“ning sheʼriy namunalari „Sharqiy Parnas“ antologiyasiga jamlangan. Shu adabiyotning atoqli vakili F. Akunya de Figeroa U. milliy madhiyasining muallifidir. 19-asrning 30—40-yillaridan U. adabiyotida romantizm oqimi hukmron boʻldi. Zamonaviy U. nasrining asoschisi E. Asevedo Dias (1851 – 1924) „Ismael“, „Shuhrat nidosi“ tarixiy romanlarida gaucholarning ayanchli hayotini tasvirladi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida shoirlardan X. AlonsoiTrelyesa, F. Silva Valdes, Delmira Agustini, Xuana de Ibarburu, adib X. E. Rodo, dramaturg F. Sanches, qissanavis O. Kiroga ijod qildilar. 30-yillar oxiri va, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin adabiyotda ijtimoiy illatlarni fosh qiluvchi asarlar koʻplab yaratildi. E. Amorim, A. D. Gravina, M. Benedettining shu ruxdagi romanlari nashr etildi. 70—80-yillarda falsafiy sheʼriyat rivoj topib, insonparvarlik va milliylik gʻoyalarini tarannum etdi. Ayniqsa, X. Kunya, A. Berenger, M. Bianchi, X. Medina Vidal va boshqa shoirlarning asarlari ilgʻor ijtimoiy joʻshqinligi bilan ajralib turadi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U.da charrua indeyslari sanʼatidan odam, hayvon va qushlar qiyofasi tasvirlangan tosh va sopol buyumlar bizgacha yetib kelgan. Mustamlaka davridagi meʼmorlik turli istehkomlar, cherkovlar, barokko va klassitsizm uslubida barpo etilgan shahar binolaridan iborat (Montevideodagi Munitsipal nafis sanʼat muzeyi, 1804—08, meʼmori T. Toribo). 19-asr oʻrtalaridan shaharlar yevropacha eklektizm ruxida, 20-asr boshlaridan modern uslubida kurila boshladi. 20-asr oʻrtalarida Montevideo qayta qurildi, koʻpgina osmonoʻpar binolar (shahar ratushasi, banklar, mehmonxonalar), kurortlar va savdo majmualari qad koʻtardi. 20-asrning 2yarmida jamoa turar joylari va savdojamoat markazlari (bozor, doʻkon, klub, restoran, pochta, poliklinika, maktab, bolalar bogʻchasi, kutubxona) boʻlgan shaharchalar qurishga kirishildi. U.ning mashhur meʼmori X. Vilamaxo binolarning tevarakatrofdagi tabiiy manzara bilan uygʻun boʻlishiga va ularni qurishda mahalliy materiallardan foydalanishga alohida eʼtibor berdi. U BMTning NyuYorkdagi bosh binosi qurilishida maslahatchi sifatida qatnashdi.

U. tasviriy sanʼatida 19-asrning 2yarmida, asosan, ajnabiy rassomlar ijod qildilar. U. milliy rangtasvir maktabining shakllanishida X. M. Montevideo shahri.

Blanesning ijodi muhim urin oladi. Uning moʻyqalamiga mansub koʻpgina tarixiy kompozitsiyalar, urush manzaralari, portretlar, gaucho siymolari mamlakat tarixi va xalq hayotining yaxlit qiyofasini gavdalantiradi. Milliy haykaltaroshlik sanʼati rivojlandi (J. Livi, D. Mora va boshqalar). 20-asrning 1yarmida D. Ekket, keyinroq K. M. Errera va K. A. Kastelyanos kabi rassomlar yetishib chikdi. Shaklning nozik jihatlarini idrok etuvchi haykaltarosh B. Michelena mehnat va madaniyat axlining siymolarini gavdalantiruvchi asarlar yaratdi. 1927-yil „Teseo“ guruhiga birlashgan koʻpgina rassomlar ilgʻor ijtimoiy gʻoyalarni modernizm anʼanalari bilan bogʻlab tasvirladilar. R. Peres Barradas, X. Kuneo Perinetti, P. Figari va boshqa rassomlar birbiridan goʻzal sanʼat asarlarini yaratdilar, X. Torres Garsia esa abstrakt sanʼatning faol targʻibotchisi boʻldi. 20-asr oʻrtalaridan „Gravyura klubi“ (L. Gonsales va boshqalar) sanʼatda xalq hayoti va tashvishlarini keng aks ettirish yoʻlidan bordi. X. T. Garsia, I. Dyukas, K. Federiko Saes, P. Figari, R. Barrades, X. Koneo, V. Barkala, M. Espinola, 20-asrning 2yarmidagi mashhur rassomlardir. 1970—80-yillarda K.Lara, X. Gamarra kabi rassomlar postmodernizm gʻoyalarini mahalliy anʼanalar bilan yuksaltirishga harakat qildilar. Zamonaviy rassomlar orasida A. Ernandes, K. Paes Vilaro, G. Lasarini, L. Massey, E. Dias Yepes, N. Berdiyalar bor. 1957-yil Nafis sanʼatlar milliy maktabiga asos solindi.

Tango raqsi
Cumparsita musiqasi

Indeys musiqasining asosiy shakllari mehnat, urush va marosim qoʻshiqlari hamda raqslaridan iborat boʻlgan. Cholgʻu asboblari: yogʻoch baraban, hayvon shoxi va suyagidan yasalgan bugʻ, qamish nay (pinkilo), dengiz chigʻanogʻi, shaqildoq (maraka), ksilofon (marimba) va boshqalar Ispan folklori namunalari sayyor qoʻshiqchilar – payadoralar ijodi orqali 16-asrdan tarqalgan. Milliy (kreol) qoʻshiq janrlari – triste, vidala, estilo, milonga; raqs turlari – gato, sʼyelito, perikon, kuando, ranchera. 18-asrdan Yevropa professional musiqa turlari, jumladan, diniy musiqa shakllaridan – xoral, organ ijrochiligi va bosqalar, dunyoviy musiqa janrlaridan musiqali teatr (tonadilya, melodrama) va raqs musiqa (menuet, gavot, vals va boshqalar) namunalari kirib keldi. 19-asrning 20—50-yillarida 6 ta filarmoniya jamiyati, 1910-yil Montevideoda konservatoriya, kamer musiqasi uyushmasi tuzildi. 20-asr boshidan milliy kompozitorlik maktabi tashkil topdi. Zamonaviy musiqa arboblari: kompozitorlar E. Tosar, L. Birioti, R. Shtorm, K. Estrada, S. Serveti; dirijyor X. Protasi; pianinochilar U. Baltso, N. Marino; gitarachi X. Oyanguren; xonanda V. Kastro. Musiqa taʼlimi sohasida shahar musiqa maktablari tizimi mavjud. Montevideodagi Respublika universiteti xuzurida Milliy konservatoriya ochilgan.

Dastlabki teatr tomoshalari Montevideoda 18-asr oxirlarida koʻrsatildi. 1793-yil bu yerda ochilgan Komediya uyida vaqtivaqti bilan B. Idalgo, E. Faxardo, F. X.de Acha kabi dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1856-yil „Solis“ teatri qurildi. Milliy teatrning ravnaqtopishida dramaturglar F. Sanches va E. Errera ijodining ahamiyati katta boʻldi. 20-asrning 30—40 yillarida „mustaqil teatrlar“ harakati boshlandi. „Komediya nasonal“, „El Galpon“, „Teatro uno“, „Teatro universitario“ kabilar tijorat teatrlaridan farkli oʻlaroq milliy va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnaga olib chiqdilar. Tanikli teatr arboblari – S. Korriyeri, X. Savala Munis, A. del Chopo, X. Ortis, F. Volf, A. Lorreta. 1949-yildan Drama sanʼati maktabi ishlaydi.

1898-yil dastlabki qisqa metrajli „Arrayo Seko velodrom idagi velopoyga“ filmi suratga olindi. „Mushtlar va oliyhimmatlik“ (1919, rejissyor X. Borxes) – birinchi toʻla metrajli film boʻldi. 1936-yildan, asosan, hajviy mazmundagi ovozli filmlar chiqarila boshladi. 1950-yil kinematografiya instituti tashkil etildi. 60—70-yillarda „Urugvaydek mamlakatni topib boʻpsiz“ (1960, rejissyor U. Olive), „Pragada“ (1964), „Karlos“ (1966), „Menga talabalar yoqadi“ (1968, hammasining rejissyor M. Andler), „Saylovlar“ (1967, rejissyor U. Olive va M. Andler) kabi siyosiy yoʻnalishdagi filmlar, turli rejissyor larning novellalaridan iborat „Oh, Urugvay“ (1971) toʻla metrajli film yaratildi.

Urugvay Sharqiy Respublikasi Janubiy Amerika qitʼasining janubiy-sharqiy tarafidada joylashgan. Atlantika okeani qirgʻogʻi yoqasida. Shimol tarafidan Braziliya bilan, gʻarb tarafida Argentina, sharq tarafinida Atlantika okeani Qirgʻoqlik chegarasini hisoblaganda – 1564 km, suv bilan chegarasi – 660 km.

Siyosiy tuzulishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urugvay Respublika hisoblanadi. Davlat boshi – prezident, xalq tarafidan 5-yil muddatga saylanadi (ikkinchi marta saylanishga xaqqi yoʻq).

Parlament – ikki palatali Bosh assambleyasi. Yuqori palata – Senat (30 oʻrin). Proportsional sistemasi boʻyicha deputatlar saylaydi. Quyi palata – Vakillar palatasi (99 oʻrin). Proportsional sistemasi boʻyicha deputatlar saylaydi, buning uchun Urugvayning har bir departamenti palataga kam deganda 2 aʼzosini taklif qilishi shart. Bosh assambleyaning yil muddati – 5 yil.

Sputnik orqali tushurilgan Urugvayning maydoni

Iqlimi subtpopikalik, muxitli. Oʻrtacha harorati yanvar 22—24 °C, iyul 8-9 °C. janubiy shamollarning kirishi natijasida, tunda qisqa muddat sovuq boʻladi harorati boshlanishi −5 °C, bunday vaqtda qirov ham tushushi mumkin.

Urugvay – iqtisodi rivojlangan davlatlarning biridir.(Lotin Amerikasi) YaIM jon boshiga hisoblaganda 2009-yili – 12,7 ming dollar. (6-oʻrinda Lotin Amerikasi boʻyicha, jahonda 88-oʻrinda).

Urugvay iqtisodi eksportga yoʻnaltirilgan asosiy eksport mahsulotlari: qishloq xoʻjaligi va baliq mahsulotlari. Qishloq xoʻjaligi bilan 9 % shugʻullanadi, ishlab chiqarish bilan 15 %, hizmat koʻrsatish sohalarida 76 %.

75 % ga yaqin korxonalar poytahti yani Montevideo shahariga qarashli.

Eksport – 7,1 mlrd doll. 2008-yilgi – goʻsht, guruch, teri mahsulotlari, junli, baliq, xalva, mevalar(apelsin). Asosiy haridorlari – Braziliya 18,7 %, Xitoy 8,5 %, Argentina 7,3 %, Olmoniya 6,5 %, Meksika 4,9 %, Niderlandlar 4,5 %, Rossiya 4,4 %.

Import – 8,8 mlrd doll. 2008-yilgi – neft mahsulotlari, korxona mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, avtomabillar, qogʻozlar, plasmassalar. Asosiy sotuvchilar – Argentina 19,6 %, Braziliya 17,9 %, Xitoy 11,0 %, AQSh 9,7 %, Paragvay 6,5 %, Nigeriya 4,5 %.

Urugvay futboli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urugvay milliy futbol terma jamoasi (erkaklar terma jamoasi) Urugvay futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Terma jamoani odatda La Celeste (moviy osmon) deb atashadi.

Barcha zamonlarning eng buyuk futbol davlatlaridan biri deb hisoblangan Urugvay Copa America (Amerika kubogi) ning 15 karra chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, Urugvay 4 marotaba Jahon chempionati mezbonligini qoʻlga kiritishgan. Jamoa Jahon chempionatlari tarixida 2 marotaba shohsupaning birinchilaridan boʻlgan, shu jumladan 1930 yil ilk marotaba oʻtkazilgan Jahon chempionati finalida Urugvayliklar Argentina terma jamoasini magʻlub etib futbol tarixida birinchi Jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻlishdi. shuningdek 1950 yilda Braziliya maydonlarida oʻtkazilga mundialda Urugvayliklar finalda mezbon jamoani magʻlubiyatga uchratib 2 kuboklarini qoʻlga kiritishgan. Urugvay, shuningdek, 1924 va 1928 yillarda ikki marta Olimpiya futbol turnirida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Aholi soni – 3,5 mln (2010)

Yillik oʻshish – 0,4 %

Oʻrtacha umr koʻrish muddati – 73 yosh erkakalr, 80 yosh ayollar

Shahar aholisi – 92 % (2008)

Savodi – 98 % (2003)

Tillari – ispancha (rasmiy), Braziliya chegarasidagilarning – asosiy qismi ispan va portugal dialektida gapiradilar.

Etnik irqlar tarkibi:

  • oq tanlilar 88 %
  • metislar 8 %
  • mulatlar 4 %
  • katoliklar 47,1 %
  • boshqa xristianlar 11,1 %
  • noʻmalum dindagilar 23,2 %
  • iudaistlar 0,3 %
  • boshqa dindagilar 1,1 %
  • ateis va agnostiklar 17,2 %