Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmad Ubaydullaevdan yoʻnaltirildi)
Ahmad Ubaydullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev
Tavallud sanasi 18-oktyabr 1954-yil (1954-10-18) (70 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1971—1976 Paxtakor 0 (0)
1976—1977 Dinamo Samarqand - (1)
1978—1979 Paxtakor 42 (0)
1981 Boʻston Jizzax 6 (0)
1981—1982 SKA-Khabarovsk 38 (2)
1983 Zvezda Jizzax 23 (0)
1987 Umid Keles 17 (-)
Boshqargan klublari
1991 Umid Toshkent (texnik direktor)
1992–1993 Paxtakor (yordamchi)
1994–1996 Dinamo Samarqand
1999 Paxtakor (yordamchi)
2007–2009 Oʻzbekiston U-20
2010 Oʻzbekiston U-23
2011 Dinamo Samarqand
2013-2016 Metallurg (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-mart uchun)

Ahmadjon Inoyatovich Ubaydullayev (1954-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2009-yil Oʻzbekiston U20 terma jamoasi murabbiyi sifatida 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubaydullayev professional faoliyatini 1971-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida boshlagan. Patxakor klubida olti mavsum davomida oʻynagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 1976-yilgi mavsumning yozida Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1978-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qaytgan va ikki mavsum davomida 42 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1981-yilda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1981—1982-yillarda SKA Xabarovsk klubi safida oʻynagan. 1983-yilda Ubaydullayev Jizzax klubiga qaytgan va bu orada jamoa oʻz nomini Zvezda Jizzax deb oʻzgartirgan edi. 1984-yilgi mavsumni Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubida boshlagan va oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1991-yilda Toshkentning „Umid“ klubi texnik direktori lavozimida ishlagan. 1992-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida yordamchi murabbiy sifatida qatnashgan. 1994-yildan 1996-yil iyunigacha Toshkent MHSK jamoasini boshqargan.

1999-yil boshida „Paxtakor“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va 1999-yilning may oyigacha boshqargan. 2007-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif qilingan[1], 2007-yilgacha jamoani boshqargan. U boshchiligidagi jamoa 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Osiyo vitse-chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini boshqargan[2]. 2011-yil 25-iyun kuni Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[3].

Oʻzbekiston U-19
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008