Kontent qismiga oʻtish

Akmalxoʻja Mavlonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akmalxuja Mavlonovdan yoʻnaltirildi)
Akmalxoʻja Mavlonov
Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov
Oʻzbekiston Davlat Bojxona Qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan boshlab
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Murodjon Azimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1975-yil (1975-01-01) (49 yosh)
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Mukofotlari
Unvoni General-mayor

Akmalxuja Yusupovich Mavlonov (1975-yilda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-yil 18-noyabrdan Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi, bojxona xizmati general-mayori[1].

2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Shu yili Namangan shahar Davlatobod tumani prokuraturasida ish boshlagan, keyinchalik Namangan viloyati prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan. 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, soʻng Qoʻshtepa tumani prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari va Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan[2].

2018-yil 25-fevralda u Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, keyinroq Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi etib tayinlangan edi. 2018-yil avgustidan 2019-yil iyuligacha Oʻzbekiston Bosh prokurori oʻrinbosari lavozimida ishlagan[3]. 2019 yil iyul oyida u Namangan viloyati prokurori etib tayinlangan[4]. 2020-yil noyabr oyida u yana Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimini egalladi[5].

Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi etib tayinlangan va unga bojxona xizmati general-mayori unvoni berilgan[6]. 2024-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[7].