Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Geynrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aleksandr Genrixdan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Rudolfovich Geynrix
Tavallud sanasi 6-oktyabr 1984-yil (1984-10-06) (40 yosh)
Tavallud joyi Angren Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan.
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Doʻstlik
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001 Oʻzbekiston Doʻstlik 12 (0)
2002 Oʻzbekiston Paxtakor 23 (9)
2003-2004 Rossiya SSKA 2 (1)
2005 Oʻzbekiston Paxtakor (Ijara) 12 (5)
2006 Rossiya Torpedo 21 (0)
2007-2011 Oʻzbekiston Paxtakor 94 (49)
2011 Janubiy Koreya Suvon Samsung 19 (3)
2012 Birlashgan Arab Amirliklari Emirates 6 (2)
2012-2014 Qozogʻiston Aktobe 52 (15)
2014 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 11, (7)
2015-2017 Qozogʻiston Ordabasi 58 (13)
Milliy terma jamoa
2002-2017 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 98 (31)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Rudolfovich Geynrix (1984-yil 6-oktyabrda tugʻilgan, Angren, Toshkent viloyati) — Asli nemis oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2018-yildan Qozogʻistonning „Aktobe“ klubini boshqarib kelmoqda. Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston chempioni. U 2002-2017-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan (108 o‘yin va 36 gol).

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatini 2001-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida boshlagan. 2002-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif etilgan boʻlib, 23 oʻyinda 9 ta gol urdi va 18 yoshida Oʻzbekiston chempioni boʻldi, shuningdek, 2001/02-yilgi Oʻzbekiston Kubogida gʻolib chiqdi.

2003-yilda u Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Moskvaning SSKA klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, 2003-yilda Rossiya chempioni boʻldi, garchi u atigi ikkita oʻyin oʻtkazgan boʻlsa-da, kumush medal sovrindori „Zenit“ darvozasiga gol urdi. Shuningdek, u Premer-liga kubogi, Rossiya kubogi va Rossiya Superkubogi bahslarida ishtirok etgan. Ammo 2003-yilgi Superkubok Moskvaning „Lokomotiv“iga penaltilar seriyasida yutqazilgan edi.

Keyinroq yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijara asosida yoʻl oldi[1] va 2005-yilda u bilan yana Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2006-yilgi mavsumni Moskvada „Torpedo“da oʻynagan.[2]

2007-yilda vataniga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida besh mavsum toʻp surdi. U klubi bilan uchinchi marta mamlakat chempioni, 2007 va 2009-yillarda yana ikkitadan Oʻzbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2011-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogidan soʻng 2011-yilning 26-fevralida Toshkentning „Paxtakor“ klubi Geynrix Janubiy Koreyaning K-Ligadagi „Suvon Blyuvings“ klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida o‘tganini eʼlon qildi.[3] U Suvon uchun K-ligadagi debyutida, 2011-yil 6-mart kuni „Seul“ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda gol urdi.[4][5] Aleksandr Suvon tarkibidagi debyut oʻynini 2011-yil 6-mart kuni K-League vakili FC Seoulga qarshi oʻtkazdi[6] va 2012-yil boshida u Amirliklarning „Emirates“ klubida oʻynadi.

2012-yil 14-iyunda Aktobe Geynrix bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[7] Geynrix ikki kundan soʻng „Aktobe“ning „Sunkar“ga qarshi oʻyinida (2:1) debyut qildi. „Aktobe“ bilan ikki yildan soʻng Geynrixning shartnomasi 2014-yilning 11-iyunida bekor qilindi.[8][9][10] Mavsumning ikkinchi qismida Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazdi.

2015-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubini tark etib, Geynrix oʻsha yilning fevral oyida „Ordabasi“ klubi bilan shartnoma imzolab, Qozog‘iston Premer-ligasiga qaytdi.[11][10]

2012-yilning yozida u qozogʻistonlik „Aktobe“ lageriga koʻchib oʻtdi.[12] Uch mavsumda u 52 oʻyin oʻtkazdi, 15 gol urdi va toʻliq medallar toʻplamini toʻpladi, 2014-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Yevropa ligasining 2013/14-yilgi mavsumida Kiyevning „Dinamo“siga qarshi o‘yinda u har bir o‘yinda bittadan gol urdi. Ammo 2014-yilning iyun oyida klub futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi.[13] Balki bunga Geynrix klubning eng koʻp maosh oluvchi legionerlari uchligidan joy olgani (yiliga 800 000 evro) va „Aktobe“ning endi bunday xarajatlarga klub budjeti toʻgʻri kelmagani sabab boʻlgandir.[14]

2015-yilning fevralida Geynrix Qozogʻistonning boshqa bir klubi „Ordabasi“ bilan shartnoma imzoladi.[15] 2017-yilgi mavsumda Geynrix bilan klub oʻz tarixida birinchi marta chempionat bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Lekin noyabr oyida oʻzbekistonlik futbolchi jamoani tark etdi.[16] Ammo yakunda uning ortidan murabbiy bo‘lish taklifi tushdi. 2018-yilning 15-mart kuni o‘zbekistonlik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Geynrix futboldagi faoliyatini yakunlab, Qozog‘istonning „Aktobe“ klubi murabbiy-seleksioneriga aylandi.[17][18]

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 17 yoshu 7 oy 8 kunligida O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi va jamoa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U 2002-yildan 2017-yilgacha terma jamoada oʻynagan.[19] U terma jamoa tarixida Maksim Shatskixdan (34 gol) keyin ikkinchi toʻpurar (32 gol) hisoblanadi. Shuningdek, oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha (98 oʻyin) kuchli beshlikka kirdi.[20]

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[21]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Umumiy
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Doʻstlik 2001 Oʻzbekiston Superligasi 12 0 - - - 12 0
Paxtakor Toshkent 2002 Oʻzbekiston Superligasi 23 9 - - 23 9
CSKA Moskva 2003[22] Rossiya Premer-ligasi 2 1 1 0 1 0 0 0 1 0 5 1
2004[22] 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
2005[22] 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
Umumiy 2 1 1 0 1 0 0 0 1 0 5 1
Paxtakor Toshkent (Ijara) 2005 Oʻzbekiston Superligasi 12 5 - - 12 5
Torpedo Moskva 2005 Rossiya Premer-ligasi 11 0 - - - 11 0
2006 10 0 - - - 10 0
Umumiy 21 0 - - - - - - 21 0
Paxtakor Toshkent 2007 Oʻzbekiston Superligasi 26 16 - - 26 16
2008 25 12 - - 25 12
2009 21 13 - 2 0 - 23 13
2010 22 11 1 1 - 3 1 - 26 13
Umumiy 94 49 - - - - 94 49
Suwon Samsung Bluewings (Ijara) 2011 K League 19 3 1 0 - 3 0 - 23 3
Emirates Club 2011-12 UAE Pro-League 6 2 1 1 - - - 7 3
Aktobe 2012 Qozog‘iston Premer-ligasi 13 6 4 1 - 5 1 - 22 8
2013 26 6 3 0 - 7 1 - 36 7
2014 13 3 2 0 - 0 0 - 15 3
Umumiy 52 15 9 1 - - 12 2 - - 73 18
Lokomotiv Toshkent 2014 Oʻzbekiston Superligasi 11 7 1 0 - 0 0 - 11 7
Ordabasy 2015 Qozog‘iston Premer-ligasi 22 3 1 0 - 2 0 - 25 3
2016 20 10 2 0 - 2 1 - 24 11
2017 16 0 2 0 - 0 0 - 18 0
Umumiy 58 13 5 0 - - 4 1 - - 67 14
Umumiy faoliyat 310 104 - - - - 310 104

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2002 2 0
2003 5 2
2004 7 4
2005 6 2
2006 6 2
2007 9 3
2008 8 1
2009 4 2
2010 7 4
2011 14 6
2012 9 2
2013 7 0
2014 0 0
2015 3 2
2016 7 1
2017 4 0
Umumiy 98 31

2017-yil 5-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[21]

Milliy terma jamoa uchun gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2 April 2003 Dinamo Stadium, Minsk, Belarus  Belarus 2-2 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 20 August 2003 Skonto Stadium, Riga, Latvia  Latviya 3-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 22 July 2004 Chengdu Longquanyi Football Stadium, Chengdu, Xitoy  Saudiya Arabistoni 1-0 1-0 2004 AFC Asian Cup
4. 30 July 2004 Chengu Longquanyi Football Stadium, Chengdu, Xitoy  Bahrayn 1-0 2-2 (3–4 p) 2004 AFC Asian Cup
5. 13 October 2004 King Abdullah II Stadium, Amman, Iordaniya  Iroq 2-0 2-1 2006 FIFA World Cup qualification
6. 17 November 2004 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Xitoy Taypeyi 1-0 6-1 2006 FIFA World Cup qualification
7. 25 March 2005 Al-Sadaqua Walsalam Stadium, Al-Quvayt, Quvayt  Kuvayt 1-2 1-2 2006 FIFA World Cup qualification
8. 30 March 2005 Seoul World Cup Stadium, Seul, Koreya Respublikasi  Janubiy Koreya 1-2 1-2 2006 FIFA World Cup qualification
9. 22 February 2006 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Bangladesh 1-0 5-0 2007 AFC Asian Cup qualification
10. 4-0
11. 11 March 2007 Hojimuqon Munaitpasov nomidagi markaziy stadion, Astana, Qozogʻiston  Qozogʻiston 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
12. 18 July 2007 Shah Alam Stadium, Shah Alam, Malaysia  Xitoy 3-0 3-0 2007 AFC Asian Cup
13. 22 August 2007 Valeriy Lobanovskyi Dynamo Stadium, Kyiv, Ukraine  Ukraina 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
14. 7 June 2008 MHSK stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Singapur 1-0 1-0 2010 FIFA World Cup qualification
15. 14 November 2009 JAR Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Malayziya 2-0 3-1 2011 AFC Asian Cup qualification
16. 3-0
17. 25 May 2010 Vazgen Sargsyan Republican Stadium, Yerevan, Armenia  Armaniston 1-3 1-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
18. 7 September 2010 A. Le Coq Arena, Tallinn, Estonia  Estoniya 2-1 3-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
19. 12 October 2010 Bahrain National Stadium, Manama, Bahrain  Bahrayn 2-0 4-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
20. 25 December 2010 Zabeel Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Bahrayn 1-0 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
21. 16 January 2011 Thani bin Jassim Stadium, Doha, Qatar  Xitoy 2-1 2-2 2011 AFC Asian Cup
22. 28 January 2011 Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar  Janubiy Koreya 1-3 2-3 2011 AFC Asian Cup
23. 2-3
24. 23 July 2011 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Qirgʻiziston 1-0 4-0 2014 FIFA World Cup qualification
25. 11 October 2011 Yanggakdo Stadium, Pyongyang, Shimoliy Koreya  Shimoliy Koreya 1-0 1-0 2014 FIFA World Cup qualification
26. 15 November 2011 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Tojikiston 3-0 3-0 2014 FIFA World Cup qualification
27. 7 September 2012 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Kuvayt 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
28. 3-0
29. 3 September 2015 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Yaman 1-0 1-0 2018 FIFA World Cup qualification
30. 12 November 2015 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Shimoliy Koreya 2-1 3-1 2018 FIFA World Cup qualification
31. 1 September 2016 Milliy stadion, Toshkent, Oʻzbekiston  Suriya 1-0 1-0 2018 FIFA World Cup qualification
2017-yil 25-avgust holatiga koʻra toʻgʻri[23][24]
Paxtakor
  • O‘zbekiston chempioni : 2002, 2005, 2007
  • O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008, 2009, 2010
  • O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
  • O‘zbekiston kubogi sohibi : 2002, 2005, 2007, 2009
CSKA
  • Rossiya chempioni : 2003-yil [25]
Suvon Blyuvings
  • Koreya liga kubogi sohibi : (1) 2011-yil
Aktobe
  • Qozogʻiston chempioni : 2013-yil
  • Qozogʻiston chempionatining kumush medali sovrindori : 2014-yil
  • Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori : 2012-yil
  • Qozog‘iston Superkubogi sohibi : 2014-yil
Ordabasi
  • Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori : 2017-yil


Xalqaro

  • OFK Osiyo Kubogi 4-oʻrin : 2011-yil
  • O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (1-raqam): 2002-yil[26]
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2-son): 2004, 2006-yil
  • O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (3-son): 2003-yil

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Millati nemis. Uylangan. 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi vaqtida Aleksandr Geynrix oilasida qiz tugʻildi.

  • Viktor Xoxlyuk: "Bizning futbol afsonalari. Sobiq SSSRning xorijdagi futbol janglarida gol mualliflari". — Moskva. — 2018. — 42-bet. ISBN 978-5-604-10716-4.
  1. „ru:ГЕЙНРИХ ПЕРЕЙДЕТ ИЛИ В ТОРПЕДО, ИЛИ В КРЫЛЬЯ“ (ru). sport-express.ru. Sport Express (2005-yil 19-iyul). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  2. „ru:ГЕЙНРИХ ПЕРЕШЕЛ В ТОРПЕДО“ (ru). sport-express.ru. Sport Express (2005-yil 4-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  3. „Suwon sign Geynrikh, 26 February 2011“. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  4. „Seoul vs. Suwon Bluewings 0 - 2“. Soccerway (2011-yil 6-mart).
  5. „Suvon Geynrixni xarid qildi, 26-fevral 2011“. 2015-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  6. „Aleksandr Geynrix“. Soccerway.
  7. „ru:Актобе пополняется старыми и новыми знакомыми“ (ru). sports.kz (2012-yil 14-iyun). Qaraldi: 2012-yil 15-iyun.
  8. „ru:Александр Гейнрих: "Хорошие годы я провел в "Актобе"“ (ru). sports.kz. Sports.kz. Qaraldi: 2014-yil 17-iyun.
  9. „ru:Дальше – без Гейнриха и Нарзикулова“ (ru). fc-aktobe.kz/. FC Aktobe. 2014-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-iyun.
  10. 10,0 10,1 „Александр Гейнрих: «Хорошие годы я провел в „Актобе“»“ (ruscha). sports.kz. Sports.kz. Qaraldi: 17-iyun 2014.
  11. „arxiv nusxasi“ (ru). fcordabasy.kz. FC Ordabasy (2015-yil 26-fevral). 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
  12. „Aktobe“ popolnyaetsya starimi i novimi znakomimi 14-06-2012
  13. „Десять самых дорогих футболистов чемпионата Казахстана“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  14. „Осталась обида на руководство «Актобе» — Александр Гейнрих“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  15. „Александр Гейнрих подписал контракт с ФК «Ордабасы»“. 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  16. „Экс-нападающий сборной Узбекистана покинул «Ордабасы»“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  17. „Гейнрих завершил карьеру и стал тренером-селекционером «Актобе»“. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  18. „ru:Гейнрих завершил карьеру и стал тренером-селекционером Актобе“ (ru). sports.kz. Sports KZ (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  19. „Статистика игроков сборной Узбекистана“. 2008-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-iyun.
  20. „Профиль на сайте «Тransfermarkt.com»“. 2020-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
  21. 21,0 21,1 „Aleksandr Geynrih“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  22. 22,0 22,1 22,2 „Гейнрих Александр Рудольфович“. pfc-cska.com. PFC CSKA Moscow. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
  23. Alexander Geynrikh Player info at uzfootball.uz
  24. „Aleksandr Geynrikh - Goals in International Matches“.
  25. Klub nashix chempionov www.klisf.info, 15 yanvarya 2008
  26. Uzbekistan — Footballer and Coach of the Year. rsssf.com, 16 maya 2008