Kontent qismiga oʻtish

Avliyo Jorj ordeni (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avliyo Jorj ordeni Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1916
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Maria Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Viktor Vekselberg Sankt-Peterburgdagi Fabergé muzeyi Rossiya
Sotib olish yili 2004
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Henrik Wigström
Foydalanilgan materiallar emal, zeb-ziynat buyumlari
Boʻyi -
Eni -
Oʻziga xos xususiyati Imperator va uning oila a'zolari portretlari

Avliyo Jorj ordeni tuxumi, shuningdek, Avliyo Jorj xochi tuxumi deb ham ataladi. Avliyo Jorj ordeni tuxumi 1916-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida[1] Rossiya podshohi Nikolay II uchun tayyorlangan sirlangan Pasxa tuxumi hisoblanadi. Rossiya podshohi Nikolay II Avliyo Jorj ordeni tuxumini onasi Maria Feodorovnaga sovgʻa qilgan.

Avliyo Jorj ordeni tuxumi Maria Feodorovna olgan oxirgi tuxum edi, chunki u uchun tayyorlangan keyingi Kareliya qayini tuxumi unga etib bormagan[2].

Birinchi jahon urushi davrida yaratilgan Avliyo Jorj ordeni tuxumi imperator Nikolay II va uning oʻgʻli Buyuk Gertsog Alexei Nikolaievichga berilgan Avliyo Jorj ordeni xotirasiga bagʻishlangan[3]. Avliyo Jorj ordeni tuxumi va u bilan bir davrda yaratilgan Chelik Harbiy tuxumiga Birinchi jahon urushining tejamkorligiga mos ravishda kamtarona dizayn berildi[4].

Fabergéga ikkita tuxum uchun 13347 rubl toʻlangan[5].

Qirolicha 1916-yil may oyida Kiyevga qochib ketganida oʻzi bilan Avliyo Jorj ordeni tuxumini olib ketdi. Maria Feodorovna 1928-yilda Daniyada vafot etdi va uning zargarlik buyumlari RG Hennel & Sons zargarlari tomonidan 100 000 funt sterlingga baholangan.

Bir nechta zargarlik buyumlarini qirolicha Mery sotib oldi va savdo 136 624 funt sterlingni tashkil qildi. Avliyo Jorj ordeni tuxumi rossiyalik Buyuk gertsog Xenia Alexandrovnaga meros boʻlib oʻtgan va 1960-yilda Xenianing vafotidan keyin Sotheby auksionida 30 910 dollar ekvivalentida Fabergé kompaniyasiga sotilgan[6].

2004-yilda Avliyo Jorj ordeni tuxumi Forbes toʻplamining bir qismi sifatida Viktor Vekselbergga sotilgan. Vekselberg toʻqqizta imperator tuxumini deyarli 100 million dollarga sotib olgan. Avliyo Jorj ordeni tuxumi hozirda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Fabergé muzeyida saqlanmoqda[7].

  1. „Faberge - Treasures of Imperial Russia“. 2007-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-dekabr.
  2. „Mieks Fabergé Eggs“. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  3. „Faberge - Treasures of Imperial Russia“. 2007-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-dekabr.
  4. „Mieks Fabergé Eggs“. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  5. „Faberge - Treasures of Imperial Russia“. 2007-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-dekabr.
  6. „Faberge - Treasures of Imperial Russia“. 2007-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-dekabr.
  7. „Faberge Museum in St. Petersburg - Tour!“. Guide-guru.com. 2016-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.