Kontent qismiga oʻtish

Chanticleer (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Chanticleer tuxumi Fabergé tuxumi

Chanticleer tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1904
Mijoz Alexander Kelch
Qabul qiluvchi Barbara Kelch-Bazanova
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Viktor Vekselberg, Sankt-Peterburgdagi Fabergé muzeyi, Rossiya
Sotib olish yili 2004-yil
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar oltin, olmos, zeb-ziynat buyumlari
Boʻyi -
Eni -
Oʻziga xos xususiyati tuxumining yuqori qismidagi olmos to'plami bilan qoplangan kokerel

Chanticleer tuxumi 1904-yilda rus zargar Peter Carl Fabergé rahbarligida Michael Perkhin tomonidan yasalgan marvaridli, sirlangan Pasxa tuxumi hisoblanadi[1]. Chanticleer tuxumi rossiyalik sanoatchi Alexander Ferdinandovich Kelch uchun tayyorlangan. Alexander Kelch Chanticleer tuxumini rafiqasi Barbara Kelch-Bazanovaga sovgʻa qilgan.

Oʻziga xos xususiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir soatga bong urilganda, Chanticleer tuxumining yuqori qismida olmos toʻplami bilan qoplangan kokerel paydo boʻladi. Shundan soʻng, kokerel qanotlarini toʻrt marta qoqib, uch marta bosh irgʻiydi va ovozi boricha qichqiradi. Bu harakat oʻn besh soniya davom etadi. Undan soʻng soat bongi chalinib, vatq nechi boʻlganligini bildiradi[2].

Rothchild tuxumi bilan oʻxshashliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chanticleer tuxumining naqshlari hayratlanarli darajada chiroyli tarzda tasvirlangan. Bunday turdagi tuxumlar toʻrttani tashkil qiladi va ularning hammasida soat mavjud. Shu tufayli Chanticleer tuxumi 1902-yilda yaratilgan Rothchild tuxumi bilan oʻxshashliklar ega hisoblanadi[3].

Chanticleer tuxumi 1906-yilgi Moskva Kremli tuxumi bilan birga Fabergéning eng katta Imperial Pasxa tuxumlaridan biri hisoblanadi[4]. Chanticleer tuxumi uzoq vaqt davomida imperator tuxumi sifatida qabul qilingan. Chanticleer tuxumi 1966-yilda A La Vieille Russie egasi Malcolm Forbes tomonidan sotib olingan.

Chanticleer tuxumi haqidagi aniq dalillar 1979-yilda aniqlandi (1920-yilgi fotosuratda tasvirlangan oltita Fabergé tuxumining egasi Alexander Ferdinandovich Kelchga tegishli boʻlgani haqidagi maʼlumotlar topilganidan keyin). Shundan soʻng Chanticleer tuxumi imperator uchun emas, balki Alexander Kelch uchun tayyorlanganligi aniqlandi. Bunday turdagi tuxumlarga ilgari imperator tuxumi deb hisoblangan bir nechta tuxum (jumladan, qaragʻay konusi tuxumi va Chanticleer tuxumi, shuningdek, Barbara Kelchning (BK) ismning birinchi bosh harflari bilan yozilgan yana uchta tuxum: 1898-yilgi Kelch tovuq tuxumi, 1902-yilgi Rocaille tuxumi va 1903-yilgi Kelch Bonbonnier tuxumi) kirar edi[5].

2004-yilda Chanticleer tuxumi Forbes toʻplamining bir qismi sifatida Viktor Vekselbergga sotilgan. Vekselberg toʻqqizta imperator tuxumini deyarli 100 million dollarga sotib olgandi[6]. Chanticleer tuxumi hozigi kunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Vekselbergning Fabergé muzeyida saqlanmoqda.

  1. „The Kelch Chanticleer Egg, Chapter 14“. Fabergé: Treasures of Imperial Russia. The Link of Times Foundation (2005). 2007-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2008-yil.
  2. „The Kelch Chanticleer Egg, Chapter 14“. Fabergé: Treasures of Imperial Russia. The Link of Times Foundation (2005). 2007-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2008-yil.
  3. Wintraecken. „Two eggs“. Mieks Fabergé Eggs (29-may 2016-yil). 2008-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2008-yil.
  4. „The Kelch Chanticleer Egg, Chapter 14“. Fabergé: Treasures of Imperial Russia. The Link of Times Foundation (2005). 2007-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2008-yil.
  5. „The Kelch Chanticleer Egg, Chapter 14“. Fabergé: Treasures of Imperial Russia. The Link of Times Foundation (2005). 2007-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2008-yil.
  6. Economides, Michael. „Energy Security from Russia“. Energy Tribune (23-mart 2006-yil). 2007-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2007-yil.