Kontent qismiga oʻtish

Dilshod Mansurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dilshod Ismatovich Mansurov (1983.12.12, Toshkent viloyati, Keles shahri) — erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Mansurov 9 yoshidan boshlab Nurlan Jaqsilikov murabbiyligida erkin kurash bilan shugʻullanadi. Toshkent iqtisodiyot universiteti talabasi (2003). Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari gʻolibi (1998, Moskva), yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni (2001, Dexli), ikki karra jahon chempioni (2000, Nansi; 2001, Toshkent). 55 kg vazn toifasida Osiyo chempioni oltin medalini qoʻlga kiritdi (2002, Pusan)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil