Kontent qismiga oʻtish

Sherzod Husanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sherzod Alimovich Husanov (1980. 27.1, Fargʻona shahri) — bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2001), „Oʻzbekiston iftixori“ (2002). H. 69 kg vazn toifasida Oʻzbekiston chempioni (2000, 2001, 2005), Osiyo chempionatining kumush, (2004, Puerto-Prinsesa) va bronza (2002, Seremban), Osiyo oʻyinlarining bronza (2002, Pusan), jahon chempionatining kumush (2003, Bang-kok) va bronza (2001, Belfast) medallari sovrindori. H. Fargʻona universitetini tugatgan (2005). 2000-yildan Markaziy harbiy sport klubida boks boʻyicha yoʻriqchi.