Kontent qismiga oʻtish

Ikrom Berdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikrom Berdiyev
Statistikasi
Vazn toifasi 81 kg
Boʻyi 183 sm
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 23-iyun 1974-yil (1974-06-23) (50 yosh)
Chirchiq, Oʻzbekiston SSR

Berdiyev Ikrom Nugmonovich (23-iyun 1974, Chirchiq) – oʻzbekistonlik bokschi, 2002-yil „Oʻzbekiston iftixori“ va xalqaro miqyosdagi sport ustasi unvoni sohibi boʻlgan. 81 kg vazn toifasida Oʻzbekistonning 2000-yil va 2001-yilgi chempioni, Boks boʻyicha 1997-yilgi Osiyo Chempionati chempioni hamda Boks boʻyicha 2002-yilgi Osiyo Chempionati kumush medal sohibi, Pusanda tashkil etilgan 2002-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni, 2003-yilgi Afri-Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori. 1997-yilda Oʻzbekiston Jismoniy Tarbiya Institutini tugatgan, 1997-yildan Chirchiq shahri ichki ishlar boʻlimining inspektori lavozimida ishlagan. 2004-2006-yillarda professional bokschi sifatida faoliyat yuritgan.