Dilshod Muxtorov
Dilshod Tohirovich Muxtorov (1975-yil 1-aprel, Toshkent, OʻzSSR) – mergan, xalqaro miqiyosdagi sport ustasi (1997). „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Atlanta (AQSH)da boʻlib oʻtgan jahon kubogi musobaqasida (2001) kichik kalibrli toʻpponcha (MP)dan 50 m masofada oʻq uzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Muxtorov Oʻzbekiston milliy universitetining amaliy matematika fakultetini tugatgan (1997). 1997-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi institutining ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. Muxtorov Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni (1990-1992, 1994, 1997, 1999-2002), 1995-1999-yillarda Markaziy Osiyo oʻyinlari gʻolibi, 1998-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida kumush medali sovrindori. Bundan tashqari, bir necha xalqaro turnirlarda (1991, Lvov, 1-oʻrin; 1991, Minsk, 2-oʻrin; 1999, Atlanta, 2-oʻrin), Olimpiada musobaqalarida (2000, Sidney, 5-oʻrin) muvaffaqiyatga erishgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |