Toʻlqinboy Turgʻunov
Qiyofa
Toʻlqinboy Bulturaliyevich Turgʻunov (1977.6.2, Qorasuv shahri) — bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (1999), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon davlat universitetni tugatgan (2000). 1997-yildan „Dinamo“ sport jamiyatida yoʻriqchi. 57 kg vaznda Oʻzbekiston chempioni (1997— 2000), ikki karra Osiyo chempioni (1997, KualaLumpur; 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon kubogi (1998, ChongGing) va jahon chempionatida (1999, Xyuston) ikkinchi oʻrinni egallagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |