Kontent qismiga oʻtish

Asad Toshtemirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asad Toshtemirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 16-fevral 2002-yil (2002-02-16) (22 yosh)
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport Para taekvondo
Murabbiy(lar)i Bobur Qoʻziyev

Asad Toshtemirov (2002-yil 16-fevralda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para taekvondochi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari sovrindori, Jahon chempioni. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi.

2022-yilda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa Chempionatida -80 kg vazn toifasida kumush medal sovrindori boʻlgan.

2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida -80 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida -80 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].

2024-yilning 16—21-may kunlari Vyetnamning Danang shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida +80 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan.

Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra +80 kg vazn toifasida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Murabbiyi — Bobur Qoʻziyev.

2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan[2].