Sergey Mixaylov
Sergey Mixaylov | |
---|---|
Tavalludi |
3-may 1976-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston va SSSR |
Mukofotlari |
Sergey Mixaylov (ruscha: Михайлов, Сергей Егорович; 1976-yil 3-may, Oʻsh shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (2002), „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ (2000). Andijon shahar respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida oʻqigan (1989—92). Andijon universitetni tugatgan (2002). „Dinamo“ sport jami-yatining boks yoʻriqchisi (2003). Oʻzbekiston chempioni (1997—2001), 3 karra Osiyo chempioni (1997, Bangkok; 1999, Toshkent; 2002, Serembran), 2-marta Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1998, Bangkok; 2002, Pusan), 2000-yil Sidney shahrida boʻlgan olimpiadada 81 kg vaznda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Doʻstlik ordeni (2001) bilan mu-kofotlangan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yilda Oʻsh viloyatida (Qirgʻiziston SSR, SSSR) tugʻilgan. 13 yoshida Andijon Respublika olimpiya zaxiralari maktabida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustalari Aleksandr Razmaxov va Mars Qoʻchqorovlar qoʻl ostida boks bilan shugʻullana boshlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yili Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlib, boks boʻyicha milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Shu yilning oʻzida Osiyo chempionati va Markaziy Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqgan.
1998-yilda Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan. 1999-yilda yana Osiyo chempioni boʻlgan.
2000-yilgi Olimpiada natijalari
- Klaudiu Raskoni (Ruminiya) 15:6 hisobida magʻlub etgan.
- Ali Ismoilovni (Ozarbayjon) 23:18 hisobida magʻlub etgan.
- Oljas Orazaliev (Qozogʻiston) magʻlub etgan.
- Aleksandr Lebziak (Rossiya) yutqazgan
U 201 funtgacha koʻtarildi va 2002-yilda Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan. 2002-yilda Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan. 2003-yilgi jahon chempionatida u chorak finalda (30:35) Shteffen Kretschmanga yutqazgan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000)[2]
- „Doʻstlik ordeni“ (2001)[3]
- „Oʻzbekiston iftixori“ (2002)[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 24 avgust 2001 года № УП-2921 «О награждении в связи с десятилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации, общественных сфер
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 iyul 2002 года № УП-3110 «О награждении группы спортсменов, добившихся высоких результатов на чемпионате Азии по боксу Andoza:Проверено
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sergey Mixaylov 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
- Sergey Mixaylov 2002-yilgi Osiyo oʻyinlari
- Sergey Mixaylov Olimpiadada Sports-Reference.com saytida
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 3-mayda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Oʻshda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak bokschilar
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchilar
- Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar
- Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari