Foydalanuvchi:Yagonam
Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Tojikiston Respublikasi hamda Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,408,300 kishi (3-oʻrin) (2022). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan) Tarkibida 14 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Koʻkdala tumani), Mirishkor, Muborak, Nishon, Qamashi, Qarshi, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz, Chiroqchi, 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).
viloyat | |
---|---|
Tarkibida | 14 ta tuman, 1 ta shahar |
Maʼmuriy markazi | Qarshi |
Yirik shaharlari | Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Gʻuzor, Yakkabogʻ |
Hokim | Murodjon Azimov |
YAIM | 49 trln. 520,8 mlrd. so'm |
Rasmiy tili | oʻzbekcha |
Aholi | 3,408,300
(9,7 % , (3-oʻrin) |
Zichligi | 109 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 28,6 km² |
Balandligidengiz sathidan Baland choʻqqisi | 4643 metr m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-QA |
Telefon kodi | +998 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 70 |
Rasmiy sayti | Qashqadaryo viloyat hokimligi rasmiy veb sayti |
Xaritada | |
Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga qarang: masalan, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar.