Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Amin inoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad Amin inoq
Muhammad Amin
Mansab davri
1761 – 1790 Inoqlik lavozimida
Vorisi Avaz Muhammad inoq
Mansab davri
1770 – 1790 Xonlik davri
Shaxsiy maʼlumotlari
Otasi Eshmuhammad Yorbiy

Muhammad Amin inoq (17301790. 14.4) – Xiva xonligini idora qilgan oʻzbek qoʻngʻirot sulolasi asoschisi. Inoqlardan. Muhammad amin inoq 1761 yil inoqlik lavozimiga koʻtarilgan.

Ichki siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

17—18-asrlarda Xiva xonligida asosiy siyosiy kuch oʻzbek qabilalari: qoʻngʻirotlar (oʻzbeklar), naymanlar, qiyotlar, mangʻitlar, nukuzlar, qanglilar va qipchoqlar edi[1]. Muhammad Amin inoq hokimiyatni qoʻlga olganda uni shahar va qishloqlarning zodagonlari qoʻllab-quvvatlaydi. Muhammad Amin inoq boshqaruvi davrida oʻzaro ichki kurashlar davrida mamlakatda siyosiy hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan turkman feodallariga qarshi, shuningdek Buxoro amiqligi igʻvosi taʼsirida boʻlgan Orol mangʻitlariga qarshi kurash olib bordi. Taxt uchun boʻlgan barcha oʻzaro kurashlar oqibatida mamlakatda ocharchilik va zulm hukmron edi; shaharlar tushkunlikka yuz tutadi. Qiyin ahvolda qolgan shahar aholisi shayboniylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Bu qoʻzgʻolonni yirik yer egalari qoʻllab-quvvatlagan shahar zodagonlari (xoʻjalar) uyushtirdi. Yirik yer egalari hokimiyatni markazlashtirish tarafdori edi. Chunki iqtisodiy hayotning izdan chiqib ketishi ularning hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan edi. Qoʻngʻirotlar bu kurashda Muhammad Amin inoqni qoʻllab-quvvatlaydilar. Natijada turkman sardorlari mamlakatdan quvib chiqariladi. Orol oʻzbeklari (mangʻitlar) ham uzoq vaqt davomida qarshilik koʻrsata olmaydilar. Chunki Orol qabilalari oʻrtasida ham oʻzaro ichki ixtiloflar boʻlgan.

Taxtga Abulxayrxonning oʻgʻli Boʻlakayxonni oʻtqazgan. Muhammad amin inoq xon avlodidan boʻlmagani uchun taxtga qoʻgʻirchoq xonlarni oʻtqazib, hokimiyatni ular nomidan boshqara boshlagan. Muhammad amin inoq 20 yil mobaynida 13-marta Xiva xonini almashtirgan.

Muhammad Amin 18-asr oʻrtalaridagi ogʻir inqirozdan keyin mamlakat iqtisodiyotini tiklash siyosatini olib bordi. Uning hukmronligi davrida Xorazmda yirik irrigatsiya ishlari olib borildi. Qattiq ichki siyosat yuritib, dastlab katta qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirgan boʻlsa-da, asta-sekin davlatda nisbatan tinchlik va siyosiy barqarorlikni oʻrnatishga muvaffaq boʻldi[2]. Tarixchi Ogahiyning yozishicha, Muhammad Amin qoraqalpoqlarning katta guruhiga Koʻkoʻzak qirgʻoqlaridan tortib, Orol dengizigacha boʻlgan yerlarda yashash uchun rasmiy ruxsat bergan[3].

Tashqi siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Amin inoq hukmronligi yillarida turkmanlarning yovmut va chovdur kabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin mu-vaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga Gʻoyibxonning oʻgʻli Jahongirxonni koʻtarganlar. Uning davrida (176970) besh qalʼa (Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shohobod)da ocharchilik va vabo tarqalib oʻzbeklar Orol va Buxoroga ketganlar. 1770-yil Muhammad amin inoq Buxorodan qaytib kelib yovmutlarni Xorazmdan quvgʻin qilgan.

1778-yilda Orol mangʻitlaridan Jonmurod inoq Qorabayli kanalining gʻarbiy tomonida joylashgan Mangʻit qal’asini egallab, Sulton Abdurahmonni xon etib koʻtaradi. 1779-yilga kelib u Xorazmning eng muhim strategik shaharlari – Xoʻjayli, Hazorasp va Vazir shahrini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻladi. 1787-yilda mangʻitlar ustidan uzil-kesil gʻalaba qozoniladi. Aholisi Jonmurod inoq bilan birgalikda Muhammad Amin inoqning farmoniga muvofiq Otaliq arna kanaliga koʻchiriladi[4].

Madaniy, maʼrifiy islohotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

M.Muhammad amin inoq davrida Xiva shahrida Muhammad Amin inoq madrasasi qurildi (1765), shaharning Nodirshoh bosqinida vayron boʻlgan devori va darvozalari qayta tiklandi (1785), Xivaning Jome masjidi qayta qurilib, uning yonida chiroyli minora qad koʻtargan (1789). Xorazmlik tarixchilar (Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar) M.Muhammad amin inoq xususida ancha iliq fikr biddirganlar.

Muhammad Amin inoq 1790-yil 14-aprelda vafot etadi va Xivaga dafn etiladi.

Uning vafotidan keyin hokimiyat oʻgʻli Avaz Muhammad inoq (1790-1804) qoʻliga oʻtadi.

  1. Yu.Bregel, Inak in Encyclopedia of Islam, Second Edition. Volume XII, Edited by: P. Bearman, Th. Bianquis, C.E. Bosworth, E. van Donzel and W.P. Heinrichs. Brill: 1982, p.419
  2. „ХИВИНСКОЕ ХАНСТВО. МУХАММАД АМИН-ИНАК. ДВАДЦАТЬ ВОСЬМОЙ ПРАВИТЕЛЬ“. ziyoratga.uz. Qaraldi: 21-oktabr 2023-yil.
  3. Гулямов Я. Г., История орошения Хорезма с древнейших времён до наших дней. Ташкент. 1957, с.212
  4. „ХИВИНСКОЕ ХАНСТВО И ПРИНЦИПЫ ЕГО УПРАВЛЕНИЯ. Приход к власти представителей династии Кунград и их мероприятия по укреплению институтов государственности“. xorazmiy.uz. Qaraldi: 22-oktabr 2023-yil.
  • Kamolov S. K., Karakalpaki v XVIII-XIX vv., T., 1968; Yoʻldoshev M. I., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; Xudoyberganov K., Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.[1]






  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil