Rahimqulixon
xon Xiva xonligi | |
---|---|
Mansab davri 1845 – 1842 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1804 Xiva |
Vafoti |
1845 Xiva |
Bolalari | Muhammad Aminxon |
Otasi | Olloqulixon |
Raximqulixon – (1804—1845), 1842—1845-yillarda Xorazmda (Xiva xonligida) hukmronlik qilgan oʻzbeklarning qoʻngʻirotlar sulolasining oltinchi hukmdori[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukmronlik Murgʻobning chap qirgʻogʻida yashovchi Eron qabilasi boʻlgan Jamshidlar bilan kurashdan boshlandi, ulardan 10 mingga yaqini Xorazmga koʻchirilib, Qilijboy yaqinidagi Amudaryo boʻyida mustamlaka sifatida tashkil etildi. U Marv hududida qarorgoh qurgan Sariq turkmanlariga qarshi ham jang qilgan. Inoq boʻlgan ukasi Muhammad Amin 15 ming askar bilan ularga qarshi yuborilgan, biroq ular Xiva va Marv oʻrtasidagi hududlarda ogʻir ahvolda qolgan. Buxoro bilan qozoqlar ustidan hukmronlik qilish uchun urush davom etar ekan, Buxoro amiri Hazoraspni qamal qilib, soʻngra inoq qoʻshinni bosqinchilarga qarshi boshlab, ularni yengib, tinchlik oʻrnatgan. XIX asrning 50-yillarida Xiva xonligida ichki siyosiy vaziyat keskinligi bilan davom etdi. Ayniqsa, Raximquli hukmronligi yillarida Xiva-buxoro munosabatlarining doimiy keskinligi va harbiy harakatlarning tez-tez amalga oshirib turilishi natijasida Raximqul vafot etganiga qadar Xivaliklar Buxoro yerlariga, buxoroliklar esa xivaliklar yerlariga qayta – qayta harbiy bosqinichiliklar qiladilar[2].
1842-yilning noyabrida Olloqulixon vafot etganidan keyin, uning oʻgʻli Raximquli hokimiyatga keldi.
Raximqulixon davrida Dilavar, Said Mirzo Junaid, Mirza Masiho kabi shoirlar Xivada ishlagan. Tarixchi Ogahiy Xorazm tarixini yozgan.
Ogahiyning „Zubdatut-tovorix“ asarida Raximqulixon hukmronligi (1843—1846) vaqtidagi voqea-hodisalar aks ettiriladi[3].
Ichki siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahimqulixon davrida mamlakatda siyosiy barqarorlik saqlanib qoldi. U mamlakat iqtisodiyotini tiklash siyosatini davom ettirdi.
Tashqi siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahimqulixon davrida Rossiya, Usmonlilar imperiyasi, Eron va Afgʻoniston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilgan.
1842-yil 27-dekabrda Rahimqulixon Rossiya bilan „majburiy akt“ga muhr bosdi. Bu harakat oʻz mohiyatiga koʻra Rossiya imperiyasi bilan Xiva xonligi oʻrtasidagi birinchi va yagona kelishuv edi[4].
1843-yil may oyida Xiva xoni Muhammad Amin Avaz Berdiyevning elchisi Peterburgga imperator Nikolay I saroyiga keldi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahimqulixon vafotidan keyin Xorazmda hokimiyat uning oʻgʻli Muhammad Aminxonga (1845 – 1855) oʻtadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Veselovskiy N. I., Ocherk istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve. Spb, 1877,s.244
- ↑ XIX asr ikkinchi yarmida Xiva xonligida siyosiy jarayonlar (O'zbek) A.Asqarov: . ISBN 978-9943-5488-3-1.
- ↑ „Рахимкули“. peoplelife.ru. 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
- ↑ Gulomov X. G., Diplomaticheskie otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiey v XVIII – pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005, s.252-253
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII – pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
- Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
- Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
- Istoriya Uzbekistana v istochnikakh. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990
- Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976