Kontent qismiga oʻtish

Qandahoriy begim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qandahoriybegimdan yoʻnaltirildi)
Qandahori Begim
قندهاری‌ بیگم
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1593-yil
Qandahor, Afg'oniston
Vafoti Agra, Boburiylar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Shohjahon, 1610-yildan
Bolalari Parhezbonu Begim
Otasi Sultan Muzaffar Husain Mirza Safaviy
Dini shia, islom
Dafn etilgan joyi Qandahor bogʻi, Agra

Qandahori Begim (1593 — ?; Qandahori Mahal sifatida ham tanilgan. Fors, urdu: قندهاری‌ بیگم‌; „Qandahorlik xonim“ degan maʼnoni anglatadi) — Boburiylar imperatori Shoh Jahonning birinchi xotini va podshoning birinchi farzandi malika Parxez Bonu Begimning onasi.

Qandahori Begim Eronning (Fors) hukmron sulolalaridan biri boʻlgan taniqli Safaviylar sulolasining malikasi boʻlgan. U Qandahordagi shimoliy togʻlardan kelgan fors Sulton Muzaffar Husayn Mirzo Safaviy qizi bo'lgan. Uning otasi, Shoh Abbos I ning avlodi va Eron hukmdorining amakivachchasi edi[1].

Muzaffar Mirzo Safaviylar hukmronligi davrida baʼzi siyosiy muammolarga duch keldi. Qandahorni qoʻlga kiritish uchun oʻzbeklar bilan kurashib oxiri uni Boburiylarga topshirish sharti bilan taslim boʻlishga majbur boʻldi. Shu bois, Qandahorni egallash uchun har qanday imkoniyatni intiqlik bilan kutayotgan Akbar Bangash hokimi Shohbekxon Argʻunni darhol Qandahorni egallab olish uchun yuboradi. Ammo Muzaffar oʻzining barcha oldingi qilmishlarida boʻlgani kabi soʻnggi lahzada ikkilanib qoldi va hiyla-nayrang yoʻliga oʻtdi. Shohbekxonning qatʼiy va ehtiyotkor xatti-harakati tufayli u Qandahorni topshirishga majbur boʻldi. Shu tariqa Qandahori Begim otasi bilan birga Hindistonga tashrif buyurish uchun vatanini tark etishga majbur boʻldi va Akbar hukmronligi davrida, taxminan 1595-yilning oxirlarida, otasi va toʻrt ukasi Bahrom Mirzo, Haydar Mirzo, Alqos Mirzo va Tahmasp Mirzo shuningdek, 1000 qizilboshi askarlari bilan birga Hindistonga yetib kelishdi. Muzaffarxon Akbardan Farzand (oʻgʻli) unvonini oldi va besh ming askarga qoʻmondon etib tayinlandi va Sambhalni Jogir (mulk) sifatida oldi, bu „butun Qandahordan qimmatroq“ edi.

Mirzo Muzaffar Husayn Qandahor hukmdorligini imperator Akbar xizmatida yuqori martaba va ajoyib maoshga almashtirgan edi. Uning ukasi Mirzo Rustam ham Akbar davrida Hindistonga hijrat qilib, Jahongir davrida yuksak martabaga erishgan. Boburiylar imperatorlari Eron qirollik oilasi bilan ittifoq tuzib, quda-andachilik imkoniyatidan unumli foydalanganlar. Muzaffarga Hindistonda hech narsani yoqmagan va goh Eronga, goh Makkaga borishga qaror qilardi. U 1603-yilda vafot etdi. Uning maqbarasi Dehlidagi Humoyun qabrining shimolida (hozirgi gumbazi qulab tushgan tosh va gʻishtli inshoot, eshigi janubga qaragan, forscha nastaliq xattotlik uslubida bezatilgan. Maqbarasi yer ostida) hozirda Bharat Scouts & Guides Dehli Jamboree bogʻ majmuasidagi boshqa xarobalar orasida joylashgan.

Shoh Jahon bilan turmush qurish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikoh kelishuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahongir 1609-yil oxirida Eron masalasini qayta koʻrib chiqqach, siyosiy maydonga Shoh Abbos I chiqqanidan xabar topdi. Bunday qudratli shaxsga dushmanlik qilish aqldan ozish boʻlardi, chunki Agra va Isfaxon oʻrtasida ochiq adovat eʼlon qilinishi Shoh Abbos Ini uchta Dekan hokimligidagi shia ittifoqchilariga qurol-yarogʻ, odam va pul yuborishga undashi mumkin edi. Qandahorning Eronga nisbatan ikkiyuzlamachiligini chetga surib, munosabatlarni yumshatish zarur edi. Har doimgidek, siyosiy maqsadga muvofiq nikoh bu savolga javob beradi va uning toʻngʻich oʻgʻli Xusrav Mirzo zindonda va Parvez allaqachon Burhonpur va janubiy hududlarda qolgan, uchinchi oʻgʻli Sulton Xurram mantiqiy jihatdan to'g'ri tanlov edi. Ushbu sof strategik ittifoqni shakllantirish qarori Xurram uchun yangilik boʻldi. Bir tomondan, u keyinchalik Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur boʻlgan Arjumandbonu Begimni sevar. u bilan ahdlashgan nikoh rishtasini bog'lamaslikka sabab bo'lishi mumkin edi. Otasining izmi va hozirgi siyosatdagi mavqeini mustahkamlash uni siyosiy nikohga rozilik berishga undadi.

Shunday qilib, Xurram fors qiziga uylanishga majbur boʻldi. Boburiylar oilasining keyingi yozuvchilari va tarjimai hollari malikaga shunchaki Qandahori Mahal deb nom berishdi, bu uning saroydagi mavqeyi pastligidan dalolat beradi. Nikohni tartibga solish jarayoni biroz vaqt talab qilgan boʻlishi mumkin. Imperator Jahongir oʻz xotiralarida bir-biriga bogʻliq boʻlgan ikkita yozuvni deyarli bir yil farq bilan yozib qoldirgan.

1609-yil 12-dekabr, yakshanba kuni Jahongir Qandahori Begimning uyiga toʻy sovg'asi sifatida ellik ming rupiya yuboradi. Jahongir oʻzining „Tuzuk“ asarida shunday yozadi: „Avval men Qandahor hukmdori Sulton Husayn Mirzo Safaviyning oʻgʻli Muzaffar Husaynning qizi oʻgʻlim Sulton Xurramga unashtirilgan edi va shu bois nikoh toʻyi boʻlib oʻtgan edi“.

Qandahori Begim 1610-yil 8-noyabrda Agra shahrida shahzoda Xurramga turmushga chiqqan[2]. Ularning oilasi oʻrtasida bir nechta sulolaviy nikohlar mavjud edi. Xurramning rasmiy tarjimai holini yozgan Muhammad Amin Qazviniy nikoh haqidagi taʼrifida ancha taʼsirli fikrlarni bildirgan.

Toʻy tantanasi anʼanaviy tarzda hukmron imperatorning beva onasi saroyida o'tkazish belgilangan va saroy Davlat uyiga tutash Agra qal’asining qalin devorlari ichida joylashgan chiroyli tarzda bezatilgan qasrda bo'lib o'tgan. Munajjimlar qulay soatda nikoh toʻgʻrisida tegishli ravishda maslahatlashganlar[1].

1611-yil 21-avgustda[1] er-xotinning birinchi farzandi, qizini dunyoga keldi, unga bobosi imperator Jahongir „Parhez Bonu Begim“ deb ism qoʻygan. Biroq, „Maasir-i Olamgiri“da u Purhunar Bonu Begim deb ataladi[3]. U otasining toʻngʻich qizi, lekin onasining yagona farzandi bo'lgan[4].

U Agra shahrida, Qandahori Bogʻ deb nomlangan (tax. 1628 — 50) keng bogʻning markazida dafn etilgan. Shuningdek, u Agra shahrida Qandahari Bogʻining gʻarbiy tomonida uchta kamarli, bir gumbazli masjid qurdirgan. Ammo u hozirgi kunda mavjud emas. Uning qabri ustidagi bino 1707-yilda Avrangzeb vafotidan keyin anarxiya davrida vayron qilingan. Ushbu bino turar-joyga aylantirib yuborilgan. Uning qabri endi yoʻq edi, faqat u joylashgan majmua, kirish darvozalaridan biri, devorning bir qismi va devorning bir nechta burchak gumbazlari bilan birga mavjud. Britaniyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasi bu yerni Bharatpur Rojasiga sotgan. Roja u yerda zamonaviy binolarni qurgan. Mustamlakachilik davrida bu hudud Bharatpur hukmdorlarining mulkiga aylangan va maqbara oʻrniga qasr qurilgan. Oʻshanda u „Bharatpur uyi“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Asl bogʻning darvozasi va bir nechta burchak chhatrilari bugungacha saqlanib qolgan.

1. Qandahori Begim — Sonja Chandrachudning „Tojdagi muammo“ (2011) tarixiy romanidagi bosh qahramon.

2. Qandahori Begim — Ruchir Guptaning „Taxt bekasi“ (2014) tarixiy romanidagi bosh qahramon.

3. Negar Xon 2005-yilda Bollivudda suratga olingan „Toj Mahal: Abadiy sevgi hikoyasi“ filmida Qandahori Begim rolini o'ynagan[5].

  1. 1,0 1,1 1,2 Nicoll 2009.
  2. Emperor of Hindustan, Jahangir. The Jahangirnama : memoirs of Jahangir, Emperor of India. Washington, D. C. & New York: Freer Gallery of Art, Arthur M. Sackler Gallery, Smithsonian Institution & Oxford University Press, 1999 — 114-bet. 
  3. Sarker, Kobita. Shah Jahan and his paradise on earth : the story of Shah Jahan's creations in Agra and Shahjahanabad in the golden days of the Mughals, 1. publ., Kolkata: K.P. Bagchi & Co., 2007 — 187-bet. ISBN 9788170743002. 
  4. Findly, Ellison Banks. Nur Jahan, empress of Mughal India. New York: Oxford University Press, 1993 — 98-bet. ISBN 9780195360608. 
  5. Khan. „Taj Mahal: An Eternal Love Story“. IMDb (1-may 2006-yil). Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.