Nodirabonu begim
Nodirabonu begim (1618-yil 14-mart — 1659-yil 6-iyun) — Boburiylar malikasi va valiahd shahzoda Dara Shikoning rafiqasi[1]. Dara Shiko Shoh Jahonning toʻngʻich oʻgʻli va merosxoʻri[2]. Avrangzeb hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng, Dara Shikoning yaqin oilasi va uning barcha tarafdorlari jiddiy xavf ostida qolgan. Nodira 1659-yilda, erining qatl etilishidan bir necha oy oldin vafot etdi va uning ortida ikki oʻgʻil va bir qiz qoldi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nodirabonu begim boburiylar sulolasi malikalaridan boʻlib, Sulton Parvez Mirzoning qizi bo'lgan[3][4]. Sulton Parvez Mirzo imperator Jahongirning xotini Sohibjamol Begimning ikkinchi oʻgʻli edi[5]. Nodiraning onasi esa Jahonbonu Begim ham podsho Akbarning ikkinchi oʻgʻli Sulton Murod Mirzoning qizi boʻlgan [6]. Nodiraning otasi Dara Shikoning amakivachchasi edi, chunki malikaning otasi Sulton Parvez Mirzo Daraning otasi Shoh Jahonning katta akasi boʻlgan[7].
Nikoh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dara Shikoning onasi, Mumtoz Mahal 1631-yilda oʻn toʻrtinchi farzandi Gavhar Begimni dunyoga keltirayotganda vafot etadi. Oʻshanda Boburiylar imperiyasi motamga botgani va Shohjahonning chuqur qaygʻusi sababli toʻy marosimlari toʻxtab qoldi. Koʻpchilik, jumladan, sevimli qizi Jahonora Begim koʻnglini koʻtarganidan soʻng, Shohjahon yana odatdagidek hayotini davom ettirdi va unga to'xtab qolgan toʻyni o'tkazishga ruxsat berdi[8].
Nodira 1633-yil 11-fevralda Agra shahrida oʻzining amakivachchasi Dara Shikoga turmushga chiqdi. Ularning toʻyi katta bayramlar, dabdaba va ulugʻvorlik bilan boʻlib oʻtdi. Nikoh marosimi yarim tunda oʻtkazildi. Umuman olganda, Nodira va Dara ikkalasi ham bir-biriga sadoqatli edilar va Daraning Nodiraga boʻlgan muhabbati Shohjahonning Mumtoz Mahalga boʻlgan muhabbatidan ham sodiqroq edi — chunki u otasidan farqli oʻlaroq, hech qachon boshqa nikoh tuzmagan[8]. Nodirabegim umr boʻyi eriga sodiq qolgan. U turmush oʻrtogʻiga sakkiz farzand tugʻib berdi. Ikki oʻgʻli Sulaymon Shiko, Sipihr Shiko va bir qizi Jahonzebbonu Begim kelajakdagi tarixiy voqealarda muhim rol oʻynashgan. Nodira va Shiko turmush qurganlaridan ikki yil oʻtmay, 1635-yilda Sulaymon Shiko tugʻildi; 1644-yilda yana bir oʻgʻli Sipihr Shikoh va qizi Jahonzeb unga ergashadi; Jani Begim nomi bilan tanilgan qiz farzandlari esa oradan ancha vaqt oʻtgach tugʻilgan[8].
Nodirabegim erining haramida katta taʼsirga ega boʻlib, farmonlar chiqarish huquqiga ega edi. Bu imtiyozga faqat podsho haramida eng yuqori martabaga ega boʻlganlarga ruxsat berilgan. Bu huquqqa Nodiradan boshqa yagona ayol uning amakivachchasi va kelini Jahonorobegim edi[9].
Aytishlaricha, Nodira va Jahonoro yaxshi til topishgan. Bu, ehtimol, Jahonorning toʻyidagi ishtiroki va ukasi bilan yaqinligidan kelib chiqqan.
Afsonaga koʻra, Avrangzeb oʻsmirlik davrida kasal boʻlib qolganida, u Jahonaraga murojaat qilib, taxt uchun kurashda uni qoʻllab-quvvatlashini soʻradi. Jahonoro rad etdi. Bu uning koʻz oʻngida qanchalik yoqimsiz boʻlsa ham, u Avrangzeb saroyida haram boshligʻi boʻlib qoldi.
Tarixda sanʼat homiysi Dara Shikohning ajoyib rassom ekanligi aytilgan va uning koʻplab asarlari deyarli professional darajada boʻlgan. Uning baʼzi asarlari toʻplanib, „eng aziz va yaqin doʻsti“[10] Nodirabonuga sovgʻa qilingan va xotini uni oʻlimigacha asrab-avaylagani, soʻng muzeyga qoʻyilgani eriga boʻlgan mehrining belgisi edi. Albom keyin „Dara Shikoh albomi“ nomi bilan mashhur boʻldi[11].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nodira Begim 1659-yil 6-iyunda Pokistonning Bolan dovonida eri va oilasi bilan birga yurganida dizenteriyadan vafot etgan. U erining hayotining ogʻir kunlarida sodiq va sadoqatli boʻlib, uning barcha sarguzashtlariga sherik boʻlgan. Uning oʻlimi Darani qattiq qaygʻuga solgan[12].
Nodiraning oxirgi istagi Hindistonda dafn etilishi edi va uning iltimosi oqibatlarini oʻylamasdan, Dara vafot etgan xotinining jasadini oʻz askarlari bilan dafn etish uchun Lahorga bordi[13]. Malika qabri Pokistonning Lahor shahridagi Mian Mir qabri yonida qurilgan. Mian Mir Dara Shikoning maʻnaviy ustozi boʻlgan[14].
Shajarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]8. Jaloliddin Muhammad Akbar, Boburiy hukmdor | ||||||||||||||||
4. Nuriddin Muhammad Jahongir, Boburiy hukmdor | ||||||||||||||||
9. Maryam-uz-Zamoniy | ||||||||||||||||
2. Parvez Mirzo | ||||||||||||||||
10. Xoʻja Hasan | ||||||||||||||||
5. Sohibjamol Begim | ||||||||||||||||
1. Nodirabonu Begim | ||||||||||||||||
12. Jaloliddin Muhammad Akbar, Boburiy hukmdor | ||||||||||||||||
6. Murod Mirzo | ||||||||||||||||
3. Jahon Bonu Begim | ||||||||||||||||
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Nodirabonubegim Indu Sundaresanning „Soya malikasi“ (2010) tarixiy romanidagi bosh qahramon.
2. Nodirabonubegim — Ruchir Guptaning „ Taxt bekasi“ (2014) tarixiy romanidagi qahramon ayol.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Encyclopaedia of Muslim biography : India, Pakistan, Bangladesh. A.P.H. Pub. Corp, 2001 — 218-bet. ISBN 9788176482349.
- ↑ Vogel, J. Hutchison, J. Ph. History of the Panjab hill states. New Delhi, India: Asian Educational Services, 1994 — 257-bet. ISBN 9788120609426.
- ↑ Koch, Ebba. The complete Taj Mahal and the riverfront gardens of Agra (en). Bookwise (India) Pvt. Ltd., 2006 — 46-bet.
- ↑ Robinson, Annemarie Schimmel ; translated by Corinne Attwood ; edited by Burzine K. Waghmar ; with a foreword by Francis. The empire of the Great Mughals : history, art and culture, Revised, Lahore: Sang-E-Meel Pub., 2005 — 48-bet. ISBN 9781861891853.
- ↑ The city in the Islamic world Jayyusi: . Leiden [u.a.]: Brill, 2008 — 574-bet. ISBN 9789004171688.
- ↑ Bhavan's Journal (en). Bharatiya Vidya Bhavan., 1979 — 78-bet.
- ↑ Koch, Ebba. The complete Taj Mahal and the riverfront gardens of Agra (en). Bookwise (India) Pvt. Ltd., 2006 — 46-bet.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Hansen, Waldemar. The Peacock Throne : The Drama of Mogul India., 1. Indian ed., repr., Motilal Banarsidass, 1972 — 121-bet. ISBN 9788120802254.
- ↑ Misra, Rekha. Women in Mughal India, 1526-1748 A.D. (en). Munshiram Manoharlal, 1967 — 67-bet.
- ↑ India-Myanmar relations, 1886-1948. K.P. Bagchi & Co — 165-bet. ISBN 9788170743002.
- ↑ India-Myanmar relations, 1886-1948. K.P. Bagchi & Co — 165-bet. ISBN 9788170743002.
- ↑ Edwardes, S. M.. Mughal Rule in India. Atlantic Publishers and Distributors, 1995 — 96-bet. ISBN 9788171565511.
- ↑ Bernier, Francois. Travels in the Mogul Empire. Asian Educational Services, 1996 — 103-bet. ISBN 8120611691.
- ↑ Schimmel, Annemarie. Gabriel's Wing: A Study Into the Religious Ideas of Sir Muhammad Iqbal. Brill Archive, 1963 — 9-bet.